ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

VIII bob
O‘zi ham ikki ishq o‘rtasida yonayotgan Yo‘ldoshx-
on o‘rtog‘ining ahvolini to‘g‘ri tushundi. «Hozir ikki o‘t 
o‘rtasida yonyapman. Lekin o‘zimni yo‘qotmayman, 
shoshmayman. Beksulton shahlo ko‘zni sevib qoldi
lekin o‘taketgan darajada betoqat ekan, betoqatlik 
oqibatida biron falokat yuz berib qolishidan ham 
qo‘rqmas ekan. Shu bilan birga, pov etib yonadigan 
olov to‘satdan o‘chib qolishi ham mumkin-ku. Mabodo 
qalbida to‘satdan paydo bo‘lgan olov yana to‘satdan 
o‘chib qolsa, unga singlim Gulsarani berganimizda ikki 
oilaning barqarorligi yana ham zo‘r bo‘lardi», – deya 
har xil xayollarga boradi Yo‘ldoshxon.
– Beksulton, axir u qizni paxtaga, hasharga olib 
ketdi, deyishyapti, – yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘ldi 
Yo‘ldoshxon.
– O‘sha hashar deganing shu O‘zbekistondami axir? 
– betoqat bo‘lib so‘radi Beksulton.
– Lekin juda-juda uzoqda, o‘rtoq. 
– Cho‘lda bo‘lsayam, tog‘da bo‘lsa ham bugundan 
qolmay uni ko‘rishim kerak.
Ishq otashida yongan qalbni puflab o‘chirib bo‘lmay-
di, deydilar. Hashar ketayotgan joyga bormas dan 
bosh qa iloj qolmadi. Yo‘ldoshxon fikrli, mulohazali 
yigit. To‘satdan ikki oshiq yigitning qizlar ortidan 
borishi tagobliklar aytadigan ancha-muncha may-
da gaplarga sabab bo‘lishi ham mumkin. Yaxshisi, 
Àkrom, Hayitvoy, Barotvoy o‘rtoqlarimni ham olib bo-
ramiz, bir kunlik hasharga keldik, deymiz degan edi, 
bu fikr Beksultonga ma’qul bo‘ldi, lekin shahlo ko‘z 
qizni axtarib borganim o‘rtoqlarim o‘rtasida kulgiga 
sabab bo‘lmasmikin, deb o‘yladi. Bu yoshlarning ham 
qalblariga ishq asta-sekin mehmon bo‘lib kelayotgan 
edi. Keng dalalarni bir aylanib kelish bahonasida 


137
haligi gapga rozilik bildirdilar. Buning ustiga, talab-
chan, goho injiq Zulxumor bahordan buyon bularga 
qishloqdan tashqariga chiqishga izn bermayotgan edi, 
yo ishlaysan yoki ketasan, degan kunlari ham ko‘p 
bo‘lgandi. 
Mevali-mevasiz daraxtlarga ko‘milgan qishloqlari-
dan chiqishlari bilan keng dalalar boshlandi. Yo‘lning 
ikki tomoni paxtazor, birinchi terim ham bo‘lmaganga 
o‘xshaydi, chinni kosadek oppoq-oppoq paxtalar ch-
anog‘idan toshib ketay deb turibdi. Olam faqat ana 
shulardan taralayotgan oqliklardan iboratdek tuyu-
ladi. Guruh-guruh bo‘lib paxta terayotganlar bor, 
nima sababdandir bir-birini quvlab, bir-biriga ko‘sak 
otayotgan yigitchalar-u qizlar ko‘zga tashlanadi. Goh 
tepasiga osmon barobar paxta yuklangan mashinalar 
chayqalib-chayqalab o‘tib qoladi.
– Hayit, o‘ng tomoningga qaragin, – deydi zavqi 
oshgan Àkromjon.
– Qarab kelyapman, – deb qo‘yadi Hayitvoy.
– Qari tutlarni ko‘ryapsanmi?
– Ko‘ryapman.
Esingdami, Zulxumor tabelchi bo‘lgan edi. Eng 
ko‘p paxtani Yo‘ldoshxonga yozgandi. 
– Ha, o‘shanda ham bularning gapi bir edi. E, 
Àkrom, nimalar bo‘lmagandi. Sen ham nuqul Faridaga 
terisharding. Esingdami, shoir, yozuvchilar kelishuvdi, 
zo‘r-zo‘r she’rlar o‘qishgan, Yo‘ldoshxon ashula aytu-
vdi... Hayit, sen o‘sha shoirning she’rini yodlab olib, 
keyin Rohilaga o‘qib berganding. 
Men hayotman, dardimga
Bol kabi so‘zing davo.
Kel, bir marta o‘payin,
Sal qisiq ko‘zing davo... 


138
Ha, uyalmay qo‘ya qolinglar. Hayit, bu she’rni sen 
Rohilaga, Barot Saddinisoga, men Faridaga o‘qib ber-
ganman. 
Yigitchalar bora-bora ochilib boryapti, qaysi qizning 
qo‘lini ushlaganini, qaysi qizning qulog‘iga nima deb 
shivirlaganlarini aytib ham yuboryaptilar. Beksul-
tonni amallab suhbatga tortmoqchi bo‘ladilar. U esa 
nigohini keng dalalardan ololmaydi. Goho-goho g‘alati 
jilmayib, o‘zicha kulib qo‘yadi. Yigitchalar bo‘lsa, bu 
mehmon bilan bir mashinada o‘tirib borayotganlari-
dan mamnun. 
Fermerning paxta maydoni shundoqqina daryo 
bo‘yida ekan. U yoqda to‘lqinlanib daryo oqyapti, bu 
yoqda qiyg‘os ochilgan paxtazor, paxtalar chanog‘idan 
oqib, to‘kilay-to‘kilay deb turibdi. Fermer ellik yosh-
lardagi, qattiq-qattiq gapiradigan, gapirganda qoshlar-
ini chimiradigan bir kishi ekan. Yordamga kelganlarini 
eshitib, behad xursand bo‘lib, hammalarini bir-bir 
quchoqlab ham qo‘ydi. 
Faqat bir kunga keldik, – deb gap boshladi Àkrom. 
– E ukalar, bir soatga kelgan bo‘lsalaring ham 
boshim osmonga yetdi. Àfsuski, etak yetishmayapti. 
– Fermer aka, – yana gapga aralashdi betoqat 
Àkrom, – mana bu ikkoviga etakning keragi yo‘q. 
Ko‘ryapsizmi, ikkovining ham og‘zi katta, paxtani 
og‘izlariga terishaveradi.
Hayitvoy ham o‘rtog‘idan ortda qolgisi kelmay:
– Fermer aka, mabodo sizda uzunligi olti metr kel-
adigan simyog‘och yo‘qmi? – deb so‘radi.
– Simyog‘och? Simyog‘och nega kerak? – hayron 
bo‘lib so‘radi fermer.
– Simyog‘ochni paxtazorning o‘rtasiga o‘rnatib, 
Àkrom o‘rtog‘imni radiokarnay o‘rniga o‘sha yerga 
bog‘lab qo‘yardik, paxta mavsumi tugaguncha tinmay 
javrab turardi.


139
Kulgi ko‘tarildi. Beksulton bilan Yo‘ldoshxon ham 
miriqib kulishdi. O‘rtoqlari Yo‘ldoshxonning qattiq 
kulishini bilishar, lekin Beksultonning ham mana 
shunaqangi baland ovoz bilan tizzalariga urib-urib 
kulishini ko‘rib hayron qolishdi, hayron qolishdi-yu 
o‘zlari ham beixtiyor kulgiga sherik bo‘lishdi. 
Paxtazorni hasharga kelgan qizlar «qoplab» ketgan. 
Etak yo‘qligi tufayli qizlar yonida yurib tergan paxta-
larini qizlarning etagiga solish haqida maslahat bo‘ldi. 
Ko‘z yumib-ochguncha paxtazorga tarqalib ham ket-
dilar. Beksulton o‘rtoqlaridan ajralib, axtargan qizini 
ko‘rdi-yu, qiziq, negadir uning yoniga borishga yuragi 
betlamadi. To‘ppa-to‘g‘ri uning yoniga borsam, boshqa 
qizlar ustidan kuladi, deb ham o‘yladi. Shuning uchun 
yonbosh turgan boshqa qizdan:
– Singlim, sizga yordam bersam maylimi? – deb 
so‘radi.
Qiz shoshmasdan boshini ko‘tarib, g‘alati jilmaydi:
– Voy, nega?
– Biz yordamga keldik.
– Men sizni Àvazbek amakinikida ko‘rgandim. Dar-
rov tanidim.
– O‘sha bazmda siz ham bormidingiz?
– Voy, men bilan o‘yinga tushdingiz-ku.
– O‘yinga tushganim uchun endi yordamlashay, 
deb keldim-da.
– Paxta terishni bilasizmi?
– Bilaman.
– Sizlarda paxta yo‘q deyishadi-ku?
– Yo‘q, ayrim joylarda ekishadi, o‘sha yerda ter-
ganman.
Qiziq, bu qizning har bir so‘zida duo borga o‘xshay-
di. O‘sha so‘zlar Beksultonning kuchli hayajonini 
bosib, asta-sekin o‘ziga keltira boshladi. O‘zida dadil-
lik sezdi. Endi dugonangizga ham yordamlashay deb, 


140
to‘rt egat narida ishlayotgan Marg‘ubaxon ning oldiga 
bordi. Ey Àlloh, yana qaltirashi boshlandi.
– Men sizga yordamlashgani keldim, – dedi Bek-
sulton.
Qiz boshini dadil ko‘tardi. Bu ko‘zlar, lovullab yonib 
turgan, chaqnab turgan bu ko‘zlar yana uchrashdi-
lar. Osmonda chaqnagan chaqindek bo‘lib faqat pax-
tazorgina emas, butun olam yorishib ketgandek, shu 
yorishib ketgan olam ichida faqat ikkovlari qolgandek 
bo‘ldi. 
Qiz nim tabassum bilan:
– Boshqalarga yordamlashgani kelgandirsiz, –  dedi 
nozli bir ohangda. 
– Yo‘q, faqat sizni deb keldim.
– O‘sha kuni nega darrov ketib qoldilaring?
– Uylaringdanmi?
– Ha, uyimizdan.
– Yana kelarman, deb o‘ylovdim.
– Kelmadingiz-ku.
– Kutganmidingiz?
– Yaxshi mehmon kelishini hamma ham kutadi.
– Bo‘ldi, endi tez-tez borib turaman.
– Qo‘ying, bormang, uyatga qolamiz.
– Men uyalmayman.
– El-yurt kuladi ustimizdan.
– Men endi el-yurtdan ham qo‘rqmayman. Qish-
log‘ingizga do‘kon qurib bermoqchiman. 
– Do‘kon?!
– Àyangiz o‘sha kuni aytdilar-ku. Rahmatli dada-
ngiz akangizni yoniga olib, chet elga borib pul ishlab 
kelamiz, oilaviy do‘kon ochamiz, degan ekanlar.
– Rahmatli dadam, akajonim... – Marg‘uba qiz 
so‘zlarini oxiriga yetkazolmadi, ko‘zlaridan duv etib 
yosh to‘kildi. Beksultonning nazarida bular ko‘z yoshi 
emas, oppoq-oppoq durlar edi go‘yo. 


141
– O‘sha do‘konni, xudo xohlasa, siz uchun men 
qurib beraman. 
– Hamma bizga qarayapti, Beksulton aka.
– Mening ismimni bilasizmi?
– Bilaman, endi boshqa qizga yordamga o‘ting, 
hamma bizga qarayapti.
– Birozdan keyin yana kelsam maylimi?
– Mayli.
– Kechgacha yoningizda qolmoqchiman.
– Uyat bo‘ladi, Beksulton aka.
Qizning «Beksulton aka» deyishi Beksultonning 
butun vujudini yondirsa ham, kuydirsa ham orom 
berayotgandek bo‘laverdi. Kechgacha, hatto tunda 
ham Marg‘ubaning «Beksulton aka» degan  mayin, 
latif, erkalovchi, sehrli ovozi quloqlari ostida jaranglab 
turgandek bo‘ldi. Eshitgan sari o‘rnidan turib-turib 
ketaverdi. 
Yigitlar daladan quvnoq kayfiyatda qaytishdi. Keng 
dala, tengqur qizlar bilan aytishgan hazil-mutoyiba 
so‘zlar, ayniqsa, Farida, Saddiniso, Rohila, Zulxumor-
lar yo‘q joyda bir-birlaridan go‘zal qizlarga to‘yib-to‘yib 
boqib olganlari kayfiyatlariga kayfiyat qo‘shib, ko‘ngil-
larini paxtazor osmonidek yana kengaytirib yuborgan 
edi. Àkrom yana to‘lqinlanib she’r o‘qiy boshladi. Qiziq, 
bu she’rni negadir o‘rtoqlariga qarab emas, Yo‘ldoshx-
onga qarab emas, Beksultonga qarab o‘qirdi:

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling