ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang
kini qo‘zg‘atmoqchi bo‘ladi): — Àgar bilsang, men u
yoqqa o‘qishga emas, qizlar bilan o‘ynagani boraman, bittasi, ayniqsa, meni juda yaxshi ko‘rib qolgan. Oppo- qqina, voy-voy, momaqaymoq deysan, sochlari silliq, tovlanib turadi, qora ko‘z, qora qosh, qo‘llari yumshoq, barmoqlari xuddi yangi o‘ralgan pilladek mayin, etdan emas, nurdan bo‘lgandek, astagina o‘paman desam... UMIDÀ (tutoqib ketib ikki qo‘llab Bahromning yuzlar- iga, duch kelgan joyiga mushtlab yig‘laydi): — Mana, mana, yo‘qoling! BÀHROM: — Umida, hazillashdim, bilmadingmi, senga qarab gapirdim-ku, bu – sensan. UMIDÀ: — Yo‘qoling o‘sha shaharlik kalta sochning oldiga (yig‘lab tashqariga chiqib ketadi). Bahrom afsus ichida o‘y surib qoladi. O‘zi ko‘rinmay- di, lekin uning uzoqdan she’r o‘qiyotgan ovozi eshitiladi. OVOZ: — Bir bo‘saga bergumdir yemxona-yu molx- onani, Totli bo‘sa bezagay ushbu go‘zal zamonani. Oy qizlar bo‘sasi-yu, mard yigitlar jur’ati, Oh, visol oqshomida bas qilar afsonani. Qasd qilib bir boqsami g‘amzali nigoh bilan, Shoh etib taxtga olar men kabi devonani. 248 * * * Bahromning yoniga Õabarxon keladi. ÕÀBÀRÕON: — Yosh qizni nega yo‘ldan uryapsan? Hozir Õurshidaga aytib, seni ishdan haydataman. Yo aytganimni qilasanmi? BÀHROM (chinakam qo‘rqib): — Opajon, nima de- sangiz hoziroq bajaraman. ÕÀBÀRÕON: — Sigirlarimga har kuni bir kilodan yem qo‘shib berasan, bo‘lmasa sharmandangni chiqa- raman. BÀHROM: — Mayli, opajon, lekin bir kilodan berol- mayman, yarim kilodan qo‘shaman. ÕÀBÀRÕON: — Àgar bu qilmishingni Inoyat ayam bilsalar... BÀHROM: — Mayli, opajon, mayli, aralash yemdan bir kilodan qo‘shib turaman. * * * Ufqqa tutashib ketgan past-baland yerlar, adirlar bora-bora baland tog‘larga qo‘shilib ketadi. O‘rk- ach-o‘rkach tog‘lar boshida hali qor erib bitmagan. Erta bahor pallasi. Bedalar ko‘kara boshlagan. Ho‘ nariro- qda qo‘ylar, mollar o‘tlab yuribdi. Hammasi «Êo‘kdala» fermasiga qarashli. Tepada qushlar sayrab, salanglab uchishyapti. Tog‘ tomondan qiyalab ariq tushib keladi. Qizaloqlar, o‘g‘il bolalar yalpiz, otquloq, jag‘-jag‘ terishy- apti. Bahromning tizzasida videokamera bor. O‘NBOSHI: — Shunday qilib bu voqeani suratga tushirib qutichamga joylab qo‘yay, debsan-da? BÀHROM: — Ha, bobojon, Õurshida opam har bir narsani hujjat qilib qo‘yishni yaxshi ko‘radi. O‘NBOSHI: — Lekin to‘g‘ri qilarkan. Yer taqsimoti masalasi hamisha serg‘alva, serjanjal bo‘lgan. Mana shu yerlarda qirq yildan ortiqroq brigadirlik qildimov. 249 BÀHROM: — Qirq yil? Men tug‘ilmasimdan yigirma yil oldinmi? O‘NBOSHI: — Ha, onang Hadicha buvi ham hali tug‘ilmagan edi bu yerda ish boshlaganimda. Êetmon- chi, suvchi, brigadir... Eh-e, qancha-qancha lavozim- larda bo‘lmadim, ne-ne janjallarni ko‘rmadim. Lekin Õurshida opang hujjat qilib qo‘yaman, deb to‘g‘ri qipti. BÀHROM: — Àytdim-ku, opam hujjatni yaxshi ko‘radilar. O‘NBOSHI: — Demak, «Êo‘kdala» fermasi bir gektar bedazor beradi? BÀHROM: — Õuddi shunday. O‘NBOSHI: — G‘isht zavodi to‘rt gektar sho‘rlangan yeridan beradi, shundaymi? BÀHROM: — Shunaqa bo‘lsa kerak. Àna, o‘zlari ham kelishyapti. Paykalning etak tomonidan bir necha kishilar qur- shovida asta-sekin suhbatlashib Õurshida chiqib kela boshlaydi. ÕURSHIDÀ: — O‘nboshi bobo, xayriyat erinmay kelibsiz, ishning boshida o‘zingiz turganingiz yaxshi. BEÊSULTON: — Bu yerlar asli changalzor bo‘lgan. Dadamlar ochishgan. ÕURSHIDÀ: — Bahromjon, bizni bir esdalikka tas- virga tushirib qo‘ygin. Àytganday, g‘isht zavodi ajrat- gan yerni tasvirga tushirib keldingmi? BÀHROM: — E, bo‘lmasam-chi, opajon, tarixiy voqea lar hech esimizdan chiqmaydi. ÕURSHIDÀ: — Bugun har ikki tomonning xursand- chilik kuni. Bobojoning haqidagi she’rlaringdan ham o‘qib ber. BÀHROM (O‘nboshini suratga tushira turib she’r Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling