ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

Õonaga qo‘lida bir dasta gul ko‘tarib Shoumar kirib 
keladi. 
SHOUMÀR  (xursand): — E, xayriyat-e, seniyam 
topadigan kun bor ekan-a, bir kun bog‘da, bir kun 
tog‘da bo‘lasan (gulni uzatadi).
ÕURSHIDÀ: — Voy, buni nima qilaman?
SHOUMÀR: — Àyam sevgan qizing zo‘r mukofotlar 
oldi, quruq borma, gul olib borgin, dedi. Qalay, yax-
shimi? Àtaylab shaharga borib olib keldim... Àyam 
Õurshidaga ayt, u judayam go‘zal qiz, deb tayinladi.
ÕURSHIDÀ: — Buni o‘zim ham yaxshi bilaman, 
nima gaping bor, ayt, shoshib turibman.
SHOUMÀR: — Maslahatli gapim bor, shunga kelu-
vdim.
ÕURSHIDÀ: — Qanaqa maslahat?
SHOUMÀR (butunlay dovdirab): — Mana men fer-
mer, sen fermer, sen Gollandiyada o‘qib, aqlli bo‘lib 
kelgansan. Meni dadam, qarindoshlarim qo‘llab tu-
ribdi, bilasan, pochcham hokim muovini, bitta opam 
zags mudiri, yana bittasi direktor.
ÕURSHIDÀ  (beozor kulib): — Pesning pochchasi, 
moxovning tog‘asi ko‘p bo‘larkan.
SHOUMÀR: (pichingni tushunmay) — To‘g‘ri ayta-
san, ikkita pochcham ham bor. Bittasi militsiyadan 


240
ketgan bo‘lsayam, vositachilik qilib rosa pul topa-
di-da... Endi mening o‘rikzorlarim ham bor, birgalik-
da fermangning bo‘linmasini ochsak, devdim... Rosa 
xashak olsa bo‘ladi-da.
ÕURSHIDÀ: — Mening xashagim yetarli.
SHOUMÀR: — Yo‘q, ferma ochaylik, deyapman. 
ÕURSHIDÀ: — Fermam ham yetarli (chiqib keta 
boshlaydi).
SHOUMÀR: — Molxonagami? Menam molxonangni 
bir ko‘ray. Ja maqtashadi, dadam raislikdan ketgandan 
beri hech kirganim yo‘q. Birga o‘qigandik, birga katta 
bo‘lgandik, bunday kelib fermamni tomosha qil ham 
demaysan, nuqul delegatlarga ko‘rsatasan.
Molxonaga ketaverishda birgalashib sog‘in sigirlar
novvoslar, buzoqlar boqilayotgan xonalardan o‘tishadi. 
Shoumar to‘xtamay o‘rinli-o‘rinsiz savollar ber yapti.
MOLBOQÀR: — Bu maxsus jadvallar.
SHOUMÀR: — Juda chiroyli yozilgan ekan. 
MOLBOQÀR: — Bularda novvoslar kuniga qancha 
yem, qancha xashak, qancha suv ichishi kerakligi 
yozilgan.
SHOUMÀR: — O‘zingiz yozganmisiz?
MOLBOQÀR: — Yemchimiz yozadi, Õurshida muhr 
bosadi.
SHOUMÀR: — Bay, bay, bay, mana bu mollarning 
kattaligini-ya, emchagi naq pechkaning karnagiday 
keladi-ya, Gollandiyadan kelgan buzoqlar shunaqa 
bo‘p ketibdi-da, 30 litrdan sut beradi, deganlaricha bor 
ekan. Novvoslari bir tonnadan go‘sht berar, deyman?
MOLBOQÀR: — Yaxshi boqsa beradi. 
SHOUMÀR: — Mana bu buqalarning onasi mabodo 
fildan qochgan emasmi?
MOLBOQÀR (kulib): — Gollandiyada sigir bilan filni 
chatishtirib yangi zot olisharkan.


241
SHOUMÀR  (zavqi oshib): — Õurshida, yanagi gal 
borganingda so‘ragin-chi, o‘rik bilan mandarinni 
chatishtirib, yangi nav yaratsa bo‘larmikin?
Emchi Bahrom paydo bo‘ladi. Õurshidadan ni-
manidir so‘ramoqchi, botinolmay bir nafas orqasidan 
ergashadi. 
SHOUMÀR: — E, Bahromiy, haliyam kampirlar ning 
diydiyosini-yu qizlarning voy balosini tasvirga tushirib 
yuribsanmi, she’rlarniyam yozib turibsanmi?
BÀHROM  (quvnoq): — Êechasi-yu kunduzi yoza-
man, aka.
SHOUMÀR: — Qani, bittasini o‘qi-chi.
BÀHROM: — Õafa bo‘lasiz-da, aka.
SHOUMÀR: — Êim she’rga xafa bo‘lsa, boshini 
olaman. 
BÀHROM: — O‘qiganimdan keyin quvlab qolmay-
sizmi?
SHOUMÀR: — Quvlagan o‘g‘il bola emas. 
BÀHROM: — Shoumarning o‘rigi xo‘p pishgan em-
ish,
O‘rigidan ko‘p yeb qorni ham shishgan emish.
Shish balosidan qutulmoq oson emas,
Ortidan gum-gum zambarak otgan emish.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling