ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

Inoyat ayaning uyi. Inoyat qizlari Õurshida, Umida, 
Zarifalarni yoniga olib, kechki ovqatga o‘tirishgan. 
Ovqat tugab, suhbatga berilishgan. 
INOYAT: — Bolaginam, sen qachon odam bo‘lasan?!
ÕURSHIDÀ: — Nima qilibman, odam bo‘lmay?
INOYAT: — Yuqoridan kelganlarga yaxshi muoma-
lada bo‘l, deb aytaverib charchadim.


317
ÕURSHIDÀ: — Yaxshi muomala qilganga men ham 
yaxshiman.
INOYAT: — Obro‘li tekshiruvchilarni quvib yuborib-
san-ku.
ÕURSHIDÀ: — O‘sha obro‘li komissiyangiz ishchi-
larim oldida mening obro‘yimni to‘ksa yaxshimi?
INOYAT: — Hoy bolam, ikkovlariyam chakana 
odamlar emas ekan.
ÕURSHIDÀ: — Mening yo‘g‘imda hisobxonamizni 
muhrlab, buzoqlarimni sanashibdi, yaxshi qilibsizlar
deb jim o‘tiraveraymi?!
INOYAT: — O‘ynashmagin arbob bilan, arbob urar 
har bob bilan. Bu hikmatni hech unutmagin, qizginam.
ÕURSHIDÀ: — Qonunni, tartibni eng oldin o‘sha 
«arbob»laringiz buzdi. 
INOYAT: — Ozgina go‘shtmi, tuxummi ta’ma qil-
ishgandir. Ular hamisha olgan, boshqa ilojimiz yo‘q. 
ÕURSHIDÀ: — Endi bermayman!
INOYAT: — Bermasang, ishlashing qiyin bo‘ladi, 
qizginam...
* * *
Inoyat ayaning hovlisi. Hovliqib, bir-birini itarib 
Dilbar amma, Usmon G‘ani, Àkromlar kirib kelishadi. 
DILBÀR: — Voy ammajoning o‘rgilsin, tag‘in nima 
gap chiqib qoldi?
ÕURSHIDÀ: — Qanaqa gap chiqibdi?
DILBÀR: — Fermangni komissiya bosibdi. Butun 
mahallada duv-duv gap.
INOYAT, ÕURSHIDÀ: — Voy, tavba!
DILBÀR: — Êomissiya ketaturib, bir haftaga 
qo‘ymay bu mahmadona qizni ishdan haydataman, 
debdi-ku.


318
ÕURSHIDÀ: — E, ammajon, ularni ishxonamdan 
men haydab chiqardim. 
USMON G‘ÀNI: — Õurshidaxon, bu xunuk gap 
g‘ishtxonaga ham yetib bordi. Meni vakil qilishib, 
mudiramizni ishdan oladiganning joni mingta, mana 
shu gapni borib aytgin, deyishdi.
ÀÊROM:  — Deputat singlimiz pulimizni undirib 
berdi. Bu kammikin? 
DILBÀR: — Voy Àkromjon, yana ichib kelganga 
o‘xshaysiz.
ÀÊROM:  — Àyajon, koreys sholi ekadi, tizzasiga-
cha suvda turadi. Men tizzamgacha suvda turib, loy 
qoraman. To‘g‘rimi?
DILBÀR: — To‘g‘ri, ishingiz og‘ir.
ÀÊROM:  — Êoreys qonni qizdirish uchun qalampir 
chaynaydi, men aroq ichaman. Ha-ha-ha!.. (Êuladi)
DILBÀR: — Endi bolalaringiz bor, yaxshi emas-da 
aylanay.
ÀÊROM:  — Êinodagi Husayn Boyqaro nima degan, 
bilmaysizmi? Àlamimdan ichaman, degan. Men ham 
bugun alamimdan ichganman.
DILBÀR: — Tag‘in nimani alami o‘tib qoldi?
ÀÊROM:  — Àyajonim, keliningiz yana ketib qolgan. 
Àgar yana bir marta yarashtirib qo‘ysangiz, komissi-
ya kelsa mana men gaplashaman. O‘rtaga chiq, zo‘r 
bo‘lsang, deyman.
Hovliqib Õabarxon kirib keladi.
DILBÀR: — Ha, namuncha, it quvgan soqovday 
harsillamasangiz?
ÕÀBÀRÕON: — Sog‘uvchimi, boquvchimi, xashak-
chimi hamma-hammasiga xabar qildim. Õurshidani 
ishdan oldirmaymiz, yakkalatib qo‘ymaymiz, deganlar 
ertalab fermaga boraversin, dedim. 


319
INOYAT, ÕURSHIDÀ: — Voy tavba, voy xudoyim, 
nimalar qilib yuribsiz o‘zi?!
ÕÀBÀRÕON: — Go‘shtni biz beramiz, sutni biz be-
ramiz, tuxumni biz beramiz! O‘sha komissiya degani 
mana biz bilan gaplashsin! Sen Õurshida, qoshingga 
o‘sma, ko‘zingga surma qo‘yib, to‘yingga tayyorgarlik 
ko‘raver.
ÕURSHIDÀ  (yer tepinib): — Tushuntirib ayting, 
nima gap o‘zi?!
ÕÀBÀRÕON: — Voy opaginang o‘rgilsin, o‘zingga 
aytishmadimi?
ÕURSHIDÀ: — Nimani aytishadi?
ÕÀBÀRÕON: — Êomissiya chiqib ketaturib, qorovul 
pochchaning qulog‘iga birovga aytmang-ku, Õurshi-
dani bir haftaga qolmay ishdan olib tashlay miz, debdi. 
INOYAT: — Endi bunisi yetmay turuvdi!
DILBÀR: — Jiyanim, kechikmay viloyat hokimiga 
qo‘ng‘iroq qil. 
ÕURSHIDÀ (kulib): — E, ammajonlar, e, opajonlar, 
o‘sha komissiyani aslida men haydab chiqarganman, 
alamidan shunday deyishgandir. Lekin kelganlaring 
yaxshi bo‘pti, xushxabar bor. Beksulton akam bugun 
oyoqqa turib hovliga chiqdi. 
ÀÊROM:  — Mana endi to‘yib-to‘yib ichadigan 
bo‘libmiz.
* * *

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling