ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

To‘yxonada esa o‘yin-kulgi, ashula yanada avjiga 
chiqadi.    
«Qiz bolaga tosh otmang» — «Õurshida» telefilmi 
haqida
To‘rt qismli «Õurshida» telefilmining bosh qahramoni 
balog‘at yoshidagi did-farosatli, shaharning manaman 
degan qizlaridan sira qolishmaydigan, hayotda o‘z 
yo‘lini topib olgan qishloq qizi. U ot minadi, traktor hay-
daydi, dala-tuzga dehqon nigohi-la boqadi. Õurshida — 
ishning ko‘zini biladigan tadbirkor, hisob-kitobni to‘g‘ri 


341
oladigan fermer. Taniqli yozuvchi Õudoyberdi To‘xtabo-
yev va bosh rejissyor Shavkat Junaydullayev qizning 
g‘aroyib sepi — fermerligi, tadbirkorligi, izlanuvchi aqli 
orqali uning ruhiy-ma’naviy olamini yoritib berishni ma-
qsad qilib qo‘yganlar. G‘isht zavodi boshlig‘i Beksulton 
(aktyor Àlisher Hamroyev) Õurshidani sevadi. Fermer 
qiz  (aktrisa Tamara Hazratqulova) ham unga befarq 
emas: yigitning qo‘llab-quvvatlashlarini, o‘ziga beg‘araz 
yordam berayotganligini yurakdan his qiladi. Yigit ham, 
qiz ham mulkdorlik jabhasiga endi-endi kirib kelyapti: 
bu sohada ularga na ota-onalari va na qishloqdoshlari 
yordam bera oladi. Izlanish, o‘rganish, tadbirkorlik 
mashaqqatlari ularni o‘zaro yaqinlashtiradi. Õurshida 
va Beksulton uzukka ko‘z qo‘yganday bir-biriga mos. 
Lekin olam olam bo‘libdiki, sevishganlar, maslakdosh-
lar osonlikcha murod-maqsadlariga yetmaganlar...
Sho‘ro zamonida rahbar bo‘lib shakllangan, amaln-
ing huzur-halovatiga ko‘nikkan sobiq rais Shokalon 
ham Õurshidaga, to‘g‘rirog‘i, uning bebaho sepi — fer-
masiga, tadbirkorlik uquviga befarq emas. U bir nar-
sani aniq biladi: ertangi kun Õurshida singari uquvli, 
tadbirli, epli yoshlar inon-ixtiyorida. Shokalon sirtdan 
tuppa-tuzuk yigit bo‘lsa-da, aqlan-ruhan notavon, bola-
lik pallasida qotib qolgan, Àbdulla Qahhor iborasi bilan 
aytganda, «boshsiz odam» — o‘g‘li Shoumarni Õurshi-
daning oshiq-u beqarori qiyofasida maydonga kiritadi. 
Shoumar (aktyor Bahodir Mirmaqsudov) filmga tragik 
— komik holatlarni olib kirgan. Raisning erkatoy o‘g‘li 
o‘zi singari bekorchi, bo‘z bolalarni gijgijlab  Beksultonni 
do‘pposlatadi. Zo‘raki oshiq rolini otasi rejissyorligida 
pala-partish va bachkana holda «o‘ynay boshlaydi».
Àktyor B.Mirmaqsudov o‘z personajida tadbirkorlik 
farosati, mulkdorlikka olib boriladigan aql, uquvdan  
boshqa xususiyatlar — o‘jarlik, jangarilik, bachkanalik 
borligini ko‘rsata olgan. Shokalon makkor, odamni bir 


342
ko‘rishda bilib oladigan xislatga ega emasmi, o‘g‘lidan 
hech narsa chiqmasligini yaxshi biladi. Lekin u sho‘ro 
davri rahbari sifatida taslim bo‘lishni xayoliga ham 
keltirmaydi. Àvtoulovlar to‘qnashuvini uyushtirib, Bek-
sultonning hayotiga suiqasd qiladi. Ssenariy puxtaligi, 
rejissyor mahorati shundaki, maydonda Beksulton va 
Shoumar kurashyapti-yu, aslida bu yovuzliklar ortida 
Shokalon turganligi, Õurshida ro‘y berayotgan hodis-
alarni yurak-yurakdan his etayotganligi aniq-ravshan 
seziladi. Boshqacha aytganda, kurashning g‘irrom 
usuli — olovni o‘zganing qo‘li bilan tutish namoyon 
bo‘ladi. Àfsuski, ommaviy sahna ishtirokchilari, xusu-
san, O‘nboshi (M.Miraliyev), Inoyat aya (À.Êimsanova), 
Bahrom (I.Muhammadibrohimov), Umida (M.Àshur-
boyeva), Àmma, Shofyor, Guvoh singarilar ro‘y be-
rayotgan murakkab hodisalarni personajlari ruhiyatida 
yetarli darajada aks ettira olmaydilar. O‘ylab ko‘rilsa, 
avvallari bizning hayotimizda mulkdorlik yo‘lidagi 
xatti-harakatlar bo‘lmagan, tadbirkorlik qo‘llab-quvvat-
lanmagan. Sho‘ro tuzumi odamlardan faqat ishlashni, 
qora kuch sifatida faoliyat yuritishni talab qilgan. 
Êatta-katta kashfiyotlar qilgan olimlar iste’dodi, ilmi 
yetarli baholanmagan. «Õurshida» filmida tadbirkorlik 
uquvining shakllanishi, mulkdorlik yo‘lidagi ilk intilish-
lar ko‘rsatilgan. 
Filmning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida kurash, 
asosan, Õurshida va Shokalon o‘rtasida davom etadi. 
Ta’kidlash joizki, bu kurashda rahbarlik, yetak chilik-
ning ikki — bir-biriga zid uslubi namoyon bo‘ladi. 
Shokalon (artist Muhammadjon Uzoqov) — sho‘ro 
boshqaruvini o‘zida mujassamlashtirgan rahbar. U 
hamisha omma orasida bo‘ladiki, o‘zini xalqparvar, 
mehribon qilib ko‘rsatadi. Àslida u baayni zamonaviy 
Yago: kishilar orasida gumon, ishonchsizlik paydo 
qiladi. Sobiq rais Õurshidani ham, Beksultonni ham 


343
osmon-u falakka ko‘tarib maqtaydi. Mohiyatan esa 
u ishbilarmon yoshlar payini qirqishga intiladi. Uning 
rahbarlik uslublaridan biri yolg‘onchilikka asoslan gan. 
Bu jabhada u mashhur  Õlestakovni ham yo‘lda qoldirib 
ketadi. Mana, tumonat odam yig‘ilgan. Hammaning 
diqqati Shokalonga qaratilgan. Sobiq rais yonidan 
telefonini chiqaradi-da, raqamlarni teradi, odamlarga 
mamnun jilmayib turib, viloyat hokimi ism-familiyasini 
tilga oladi, suhbatni boshlaydi. Yig‘ilganlar hang-mang 
bo‘lib qoladilar: raisbuva kimsan, viloyat hokimi bi-
lan to‘ppa-to‘g‘ri gaplashyaptilar. Vaholanki, telefon 
yoqilmagan, hokim bilan suhbat qalbaki edi. Bu sirni 
Õurshidagina biladi, ensasi qotadi. Shokalon zinhor 
haqiqiy qiyofasini ko‘rsatmaydi: yig‘lab turib kuladi, 
yengilib turib g‘oliblikni da’vo qiladi, ichidan qirindi 
o‘tadi-yu shox tashlab, sho‘x-sho‘x raqs tushadi. O‘zaro 
suhbatlarning birida raisning xotini (G.Qalandarova):
— Siz uch qavatli uyga o‘xshaysiz. Qirq yil siz bilan 
yashab arang bitta qavatingizni sal-pal o‘rgandim, — 
deydi. Rais xaxolab kuladi. U na xudoga, na bandaga, 
na oxiratga ishonadi. Barcha raqiblari bilan shu dun-
yoda orani ochiq qilib olishni maqsad qilib yashaydi. 
Shokalon xarakteri yozuvchi Õudoyberdi To‘xtaboyev, 
aktyor Muhammadjon Uzoqov ijodining ulkan yu-
tug‘i. Mana shu xarakter filmdagi hodisa-voqealarni 
umumlashtirib turadi, Õurshida, Beksulton singari 
qahramonlarni ogoh bo‘lishga undaydi. Õurshida o‘zi 
sezmagani holda sobiq raisdan kurashchanlikni, ma-
qsad sari intilishni o‘rganadi. Shokalon bilan kurash-
da chiniqqanligi bois, yo‘l-yo‘lakay kelgan taftishchi 
tekshiruvchilar kavushini to‘g‘rilab qo‘yadi. Darvoqe, 
filmda tadbirkorlar yo‘lidagi katta to‘siq — bank, pul ol-
di-berdisi masalalari sal-pal ko‘rsatiladi. Imkoni bo‘lsa, 
shu ziddiyatni chuqurroq yoritish joiz edi.


344
«Õurshida» telefilmida Tagob qishlog‘i ahli, «Êo‘k- 
dala» fermasi, g‘isht zavodi ishchilari faoliyati tasvirlan-
gan. Demoqchimizki, filmda hayot aslicha: g‘ala-g‘ovuri, 
murakkabliklari, yetishmovchiliklari bilan aks ettiril-
gan. To‘y sahnasi, askiyachilar payrovi tabiiyligi bilan 
e’tiborga molik. Lekin, afsuski, ba’zi personajlar ruhi-
yati, betakror o‘zligi yetarlicha ochilmagan. O‘nboshi 
– filmdagi jiddiy timsollardan biri. Qolaversa, kimsan 
Shokalon rais ikki gapning birida: «Do‘stim O‘nboshi, 
Qadrdonim O‘nboshi», deb turadi. Beksultonday tad-
birkor yigit O‘nboshining farzandi. Lekin O‘nboshidagi 
o‘ziga xoslik, betakrorlik fazilatlari yoritilmagan. Inoyat 
aya timsolida ham aniqlik ko‘rinib turmaydi. 
Filmda Õurshida-yu Beksultonlar izidan kelayotgan 
avlod — Umida, Bahromlar timsoli berilgan. Muborak 
Àshurboyeva, Ilhom Muhammadibrohimov o‘z qahra-
moni ruhiyatini yoritishga harakat qilgan. Ijro etilgan 
qo‘shiqlar (D.Omonullayeva musiqasi, Usmon Qo‘chqor 
she’ri) film jozibasini oshirgan. Film ning yutug‘ida oper-
ator Àbduhakim Qoriyev, bastakor Vladimir Baromikov 
va boshqa ijodiy xodimlarning xizmati katta. 
Õullas, «Õurshida» zamondoshimiz hayotini, intilish-
larini, qalbini ishonarli tasvirlab bergan film sifatida 
elga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.
Àbdug‘afur Rasulov, 
filologiya fanlari doktori, professor


345

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling