B a-vertitsilium, b-zang, s-qorakuya
Download 0.62 Mb.
|
5-sinf test 16-sen (2)
5-sinf test 1. O’simlikning o’tkazuvchi qismida (a), bargida (b) va boshog’ida (s) parazitlik qiluvchi eukariotlarni juftlang . a) a-qorakuya, b-bakteriofag, s-vertitsilium b) a-vertitsilium, b-zang, s-qorakuya s) a-tamaki mozaikasi, b-vabo, s-sil d) a-vertitsilium, b-qorakuya, zang 2.Qaysi usulda oq gulli o’simliklarni turli rangdagi bo’yoq eritmasiga solib, 2 soatdan so’ng gul rangining o’zgarishi aniqlanadi ? a) tarixiy b) kuzatish s) taqqoslash d) tajriba 3.Paleontologlarning fikricha, otlar qadimda tulkidek keladigan yirtqich hayvonlar bo’lgan. Keyinchalik oyoqlari uzunlashib, tuyoqlar bilan himoyalangan, tez yuguradigan va o’t bilan oziqlanadigan jonzotga aylangan. Bu ma’lumotlar qaysi usul bilan aniqlan-gan. a) taqqoslash b) tarixiy s) tajriba d) kuzatish 4.Qaysi usulda tekshirayotgan odam sezgi organlari orqali tabiiy holatga ta’sir etmay ma’lumot to’playdi a) taqqoslash b) tarixiy s) tajriba d) kuzatish 5.O’simlikda ham hayvon hujayrasida ham qaysi qismlar bo’ladi ? a) sitoplazma, yadro, sitoplazmatik membrane b) plastida, vakuola, yadro s) yadro, sitoplazma, sellulozali qobiq d)sitoplazmatik membrana, plastida 6.Faqat o’simlik hujayrasiga xos qismlarini belgilang a) sitoplazma, yadro, sitoplazmatik membrana b) plastida, sellulozali qobiq, kattalashuvchi vakuola s) hazm vakuolasi, yadro d) sitoplazma, yadro, qisqaruvchi vakuola 7.Plastidalarni ranglarini juftlang ? 1.qizil, 2.rangsiz, 3.ko’k, 4.yashil, 5.sariq a-xloroplast. b-xromoplast, s-leykoplast a) 1-a, 2-b, 3-s, 4-s b) 1-s, 2-s, 3-b, 5-a s) 1-b, 3-b, 4-a, 5-b d) 2-s, 3-b, 4-a, 5-b 8. Yadrosi shakllangan parazitlarni aniqlang . a) vertitsil, zang, qorakuya b) o’lat, vabo,qoqshol, sil s) zang, o’lat, qoqshol, gerpes d) gerpes, poliomiyelit, vabo 9.Faunaga tegishli ma’lumotni toping ? a) erkin harakat qila olmaydigan eukariot organizmlar, geterotrof usulda oziqlanadi b) asosan geterotrof oziqlanuvchi prokariot organizmlar. Ularni faqat mikroskop yordamida o’rganish mumkin. s) Erkin harakatlana olmaydigan eukariot organizmlar. Ular avtotrof usulda oziqlanadi d) Ular erkin harakatlana oladigan eukariot organizmlar bo’lib, oziqlanishi geterotrof usulda 10. Assimilyatsiyaga xos xususiyat berilgan qatorni toping, a) parchalanish reaksiyalari, masalan, ovqat hazm qilish b) sintez reaksiyalari, masalan, oqsil biosintezi, fotosintez s) bunda energiya hosil bo’ladi. d) glevodlarning o’z tarkibiy qismlarigacha parchalanishi 11.Prokariotlarga xos xususiyat berilgan qatorni toping a) yadrosi yaxshi shakllangan organizmlar hisoblanadi b) ularga zamburug’lar, o’simliklar va hayvonlar misol bo’ladi s)yadrosi shakllanmagan organizmlar bo’lib, ularga bakteriyalar va ko’k-yashil suvo’tlar kiradi d) yadrosi shakllanmagan organizmlar bo’lib, ularga hayvonlar kiradi 12.Jigar hujayrasida (b), lab epiteliysida (a), nafas yo’llari shilliq qavatida (d) yashaydigan viruslarni belgilang.a) a-gripp, b-gerpes, d-koronavirus b) a-gerpes, b-gepatit A va B, d-gripp s) a-gepatit A va B, b-koronavirus, d-gepatit C d) a-gerpes, b-gepatit A va B, d-bakteriofag 13.Hayotning hujayrasiz shaklini ko’rsating. a) o’lat qo’zg’atuvchisi b) vertitsilum s) gerpes d) muxomor 14.Yadrosi shakllanmagan parazitlar berilgan qatorni toping. a) vertitsil, zang, qorakuya b) o’lat, vabo,qoqshol, sil s) zang, o’lat, qoqshol, gerpes d) qorakuya, poliomiyelit, vabo 15. O’simliklar oziqlanishida (b), nafas olishida (a) qaysi gazlarni yutadi ? a) a-kislorodni, b- karbonat angiridni b) a-azotni, b-vodorodni s) a-karbonat angidridni, b-kislorodni d) a-karbonat angidridni, b-azotni 16.Bakteriyalar shakliga ko’ra necha xil bo’ladi. a) 3 xil b) 4 xil s) 2 xil d) 5 xil 17. Qaysi organizm boshoqdoshlar oilasi vakillarida parazitlik qiladi va donni puch bo’lishiga sababchi bo’ladi ? a) vertitsilium b) tamaki mozaikasi s) zang zamburug’i d) qorakuya 18.Qaysi organizmlar har 20-30 daqiqada bo’linib ko’payadi ? a) vertitsilium b)qorakuya s) o’lat qo’zg’atuvchisi d) bakteriofag 19.Organizm yashashi uchun harorat, ozuqa kerak bo’ladigan guruh (a) va harorat, namlik, ozuqa (b) kerak bo’ladigan guruhlar to’g’ri berilgan qatorni aniqlang ? a) a-qorakuya, b-bakteriofag b) a-sil tayoqchasi, b-achitqi zamburug’i s) a-quturish qo’zg’atuvchisi, b-tamaki mozaikasi d) a-achituvchi bakteriya, b-vabo qo’zg’atuvchisi 20. Matnni davom ettiring. Xamirturush shakarli iliq suvga solinsa, achitqi zamburug’lari …… ko’payib, ko’pchib chiqadi. a) vegitativ b) kurtaklanib s) jinsiy d) a va b 21.Non yopishda (a) va antibiotik tayyorlashda (b) foydalaniladigan organizmlarga xos ma’lumotlar noto’g’ri berilgan qatorni belgilang ? a) a-hujayrasi ovalsimon, b-ayrimlar zararli b) a-bir hujayrali, b-spora orqali ko’payadi s) a-ko’p hujayrali, b-uning bakteriofag turi bor d) a-kurtaklanib ko’payadi, b-har 20-30 daqiqada bo’linadi 22.Zamburug’lar ichidan ham zararli ham foydali vakillari bo’lgan turini belgilang ? a) achitqi b) mog’or s) qorakuya d) zang Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling