Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
“Covid-19 pandemiyasi sharoitida inqirozga qarshi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar”-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- KORONAVIRUS PANDEMIYASI VA GLOBAL INQIROZ HOLATLARINING IQTISODIYOT TARMOQLARIGA SALBIY TA’SIRINI YUMSHATISH BO‘YICHA
Mavzu:
“Covid-19 pandemiyasi sharoitida inqirozga qarshi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar”
Guruh: 53-20 MT Bajardi: Kamolov Nodirbek
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
KORONAVIRUS PANDEMIYASI VA GLOBAL INQIROZ HOLATLARINING IQTISODIYOT TARMOQLARIGA SALBIY TA’SIRINI YUMSHATISH BO‘YICHA BIRINCHI NAVBATDAGI CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, shu jumladan insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to„xtatish orqali misli ko„rilmagan choralar ko„rilmoqda. Bu esa eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ishlab chiqarish va iste‟mol hajmlarining keskin qisqarishi, global ishlab chiqarish zanjirlari va savdo aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya bozorlarida xomashyo tovarlari narxining pasayishi va konyunkturaning yomonlashuvini keltirib chiqardi. Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo„lgan O„zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta‟sir qilmoqda, bu esa o„z navbatida ushbu holatning salbiy ta‟sirlarini yumshatish bo„yicha samarali oldini oluvchi choralar ko„rishni talab qiladi. Bunda turizm, transport, farmatsevtika va to„qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo„llab- quvvatlash va ularning barqarorligini ta‟minlashga alohida e‟tibor qaratish zarur. Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta‟minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni rag„batlantirish, aholini samarali ijtimoiy qo„llab-quvvatlash, mamlakat aholisi daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish maqsadida: 1. O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda, 10 trln so„m miqdoridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg„armasi (keyingi o„rinlarda — Inqirozga qarshi kurashish jamg„armasi) tashkil etilsin. Quyidagilar Inqirozga qarshi kurashish jamg„armasi mablag„laridan foydalanishning asosiy yo„nalishlari etib belgilansin: a) koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish bo„yicha quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish, shu jumladan: davolash va boshqa muassasalarni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun zarur bo„ladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar, himoya vositalari va test tizimlari bilan ta‟minlash; xavf-xatar ostida bo„lgan yoki virus yuqtirganlar bilan muloqotda bo„lgan shaxslarni karantinda saqlash bilan bog„liq xarajatlarni qoplash; koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlarini moddiy rag„batlantirish, respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan himoya choralarini amalga oshirish xarajatlari uchun qo„shimcha mablag„lar ajratish; yuqumli kasalliklarni aniqlash, profilaktika qilish va davolash bo„yicha tadbirlarga jalb etilgan davolash va boshqa muassasalarni qurish, ta‟mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash; b) quyidagilar orqali tadbirkorlikni va aholi bandligini qo„llab-quvvatlash: Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirishni qo„llab-quvvatlash davlat jamg„armasi tomonidan birinchi navbatda ijtimoiy ahamiyatga ega iste‟mol tovarlarini ishlab chiqarish, sotib olish va sotish uchun berilgan kreditlar bo„yicha foiz xarajatlarini qoplashga kafillik hamda kompensatsiya taqdim etishni kengaytirish; respublika hududlarida iqtisodiy faollikni va bandlikni kengaytirishga qaratilgan qo„shimcha infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, eng avvalo, kichik sanoat zonalarida muhandislik kommunikatsiyalarini qurish; v) aholini ijtimoiy qo„llab-quvvatlashni kengaytirish, shu jumladan quyidagilar uchun qo„shimcha mablag„lar ajratish: kam ta‟minlangan oilalarni qo„llab-quvvatlash bo„yicha choralarni kuchaytirish va nafaqa oluvchilar sonini oshirish, shu jumladan O„zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi orqali; O„zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg„armasiga jamoat ishlarini kengaytirish;
“Ishga marhamat” monomarkazlarini va kasbga tayyorlash markazlarini tashkil qilish, shuningdek, mehnat migrantlarini kasbga va tilga o„rgatishni tashkillashtirish orqali ularni qo„llab- quvvatlash; g) quyidagilar orqali iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini ta‟minlash: O„zbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida jalb etilgan kreditlarni so„ndirish, shuningdek, birinchi darajali xarajatlarni amalga oshirish uchun foizsiz budjet ssudalari ajratish yo„li bilan strategik korxonalarni davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash choralarini ko„rish; tashqi savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish; koronavirus infeksiyasi tarqalishining salbiy ta‟siriga eng ko„p uchraydigan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini, shuningdek, kredit portfeli sifati yomonlashgan hollarda tijorat banklarini qo„llab-quvvatlashning qo„shimcha choralarini taqdim etish; uch yilgacha bo„lgan muddatga foizsiz budjet ssudalarini ajratish orqali soliq to„lash muddatlari bo„yicha kechiktirish taqdim etilishi hamda tadbirkorlik faolligining sustlashishi munosabati bilan Qoraqalpog„iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarida olinmay qolinadigan daromadlar o„rnini to„ldirish. 2. Inqirozga qarshi kurashish jamg„armasi manbalari etib O„zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag„lari (shu jumladan xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga), xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: O„zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Inqirozga qarshi kurashish jamg„armasini moliyalashtirishni ta‟minlash maqsadida 2020-yilda budjetni qo„llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va boshqa manbalar hisobidan 1 mlrd AQSh dollari miqdorigacha tashqi qarz mablag„larini, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari, eksport qiluvchilar va tijorat banklarini qo„llab-quvvatlash bo„yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun qo„shimcha mablag„larni jalb qilish choralarini ko„rsin; ikki hafta muddatda soliq va bojxona ma‟murchiligini takomillashtirish orqali ishga solinmagan zaxiralarni izlab topish, hisoblangan soliqlar to„liq to„lanishini ta‟minlash, “yashirin” iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliq va bojxona ma‟murchiligining yangi samarali shakllarini joriy etish bo„yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin. O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har oyda kompleks chora-tadbirlar ijrosi hamda Inqirozga qarshi kurashish jamg„armasi mablag„laridan foydalanilishi to„g„risidagi ma‟lumotlarni O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 3. O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yil 1-iyunga qadar yuzaga kelayotgan makroiqtisodiy vaziyatni, shuningdek, quyidagilarni hisobga olgan holda 2020-yil uchun O„zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini aniqlashtirish bo„yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin: Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta‟minlash, jumladan kichik sanoat zonalariga muhandislik kommunikatsiyalarini o„tkazish uchun imkoniyatlarni taqdim etuvchi yanada ustuvor bo„lgan infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga mablag„larni qayta yo„naltirgan holda Investitsiya dasturini qayta ko„rib chiqish; Inqirozga qarshi kurashish jamg„armasini tashkil etish hamda tadbirkorlikni va aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qo„llab-quvvatlash uchun xarajatlarni oshirish; Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2020-yilda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzlarining chegaraviy hajmlarini qayta ko„rib chiqish; qo„shimcha xarajatlarni maqbullashtirish va cheklash yuzasidan aniq takliflarni kiritgan holda qat‟iy budjet intizomi. 4. Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi ilovaga
muvofiq tarkibda tashkil etilsin. Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta‟minlash, aholini ijtimoiy qo„llab-quvvatlash bo„yicha yuzaga
keladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal qilish va qo„shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilansin. Vazirlar Mahkamasi ikki kun muddatda tegishincha Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari boshchilik qiladigan Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining hududiy shtablarini ularning aniq funksiya va vazifalarini belgilagan holda tashkil etsin. Barcha darajadagi rahbarlarning idoraviy mansub tashkilotlarda aholi va tadbirkorlik subyektlarining yuzaga kelgan muammo va qiyinchiliklarni hal etish maqsadida qilgan murojaatlariga alohida e‟tibor qaratish, rasmiyatchilik, sansalorlik va byurokratiyaga yo„l qo„yilmasligi yuzasidan shaxsiy javobgarligi ko„rsatib o„tilsin. 5. Belgilansinki: a) 2020-yil 1-apreldan 1-oktabrgacha bo„lgan davrda: yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning oylik eng kam summasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiziga qadar kamaytiriladi; alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug„ullanuvchi korxonalarning ajratmalari miqdori 5 foizdan 3 foizga pasaytiriladi; umumiy ovqatlanish korxonalari uchun alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig„imlar miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga kamaytiriladi; b) 2020-yil 1-apreldan 1-iyulgacha bo„lgan davrda turistik (mehmonxona) yig„imini hisoblash va to„lash to„xtatiladi; v) qishloq xo„jaligidagi yerlarni sug„orish uchun foydalaniladigan hajmlar bo„yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020-yilda o„rnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytiriladi; g) 2019-yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to„g„risidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020-yil 1-avgustga qadar uzaytiriladi; d) jismoniy shaxslarning mol-mulk solig„i va yer solig„ini to„lash muddati 2020-yil 15- oktabrga qadar uzaytiriladi. 6. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldan jismoniy shaxslar tomonidan xayriya tashkilotlaridan moddiy naf tarzida olinadigan daromadlarni soliqqa tortishdan ozod qilish to„g„risidagi taklifiga rozilik berilsin. O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda mazkur bandda belgilangan imtiyozni 2020-yil 1-apreldan amalga kiritishni nazarda tutuvchi “O„zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o„zgartirish va qo„shimchalar kiritish to„g„risida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. O„zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli soliqlarni to„lash muddatlarini o„zgartirish, shuningdek, ularning stavkalarini kamaytirish to„g„risida qarorlar qabul qilish vakolati berilganligi ma‟lumot uchun qabul qilinsin. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga faoliyati turizm sohasiga bevosita yoki bilvosita bog„liq bo„lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig„ining qat‟iy belgilangan summalarini 30 foizga kamaytirish tavsiya qilinsin. Mahalliy davlat hokimiyati organlari xo„jalik yurituvchi subyektlarga mol-mulk solig„i, yer solig„i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to„lash bo„yicha foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirish (bo„lib-bo„lib to„lash) taqdim etsin. Bunda, ko„rsatib o„tilgan soliqlarni to„lashni kechiktirish (bo„lib-bo„lib to„lash) soliq to„lovchilarning arizasi, shuningdek, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi hududiy boshqarmalari rahbarlarining xulosalari asosida, boshqa hujjatlarni talab qilmagan holda taqdim etiladi. 8. Belgilab qo„yilsinki, 2020-yil 1-oktabrgacha bo„lgan davrda: tashqi savdo operatsiyalari bo„yicha muddati o„tgan debitor qarzdorlik uchun xo„jalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qo„llash to„xtatiladi; soliq organlari vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan xo„jalik yurituvchi subyektlarga mol-mulk solig„i, yer solig„i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo„yicha penyalar hisoblanishini to„xtatib turadi, shuningdek, soliq qarzini majburiy undirish choralarini ko„rmaydi.
9. O„zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo„mitasi: zamonaviy axborot texnologiyalarini qo„llash hamda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalarni jalb qilish yo„li bilan soliq hisobotlarini tayyorlash va taqdim etishda “Soliq xizmati” DUK orqali soliq to„lovchilarga yordam ko„rsatish; soliq to„lovchilarning davlat soliq xizmati organlariga tashrif buyurmasdan soliq majburiyatlarini bajarishi uchun ularga masofadan xizmat ko„rsatishni kengaytirish choralarini ko„rsin. 10. 2021-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini soliq auditidan o„tkazish to„xtatilsin, jinoyat ishlari doirasida va yuridik shaxsni tugatish munosabati bilan soliq auditidan o„tkazish bundan mustasno. Vazirlar Mahkamasi O„zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo„yicha vakil bilan birgalikda davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga qat‟iy rioya etilishi ustidan nazorat o„rnatsin. 11. Tadbirkorlik subyektlariga: bojxona rasmiylashtiruvi sanasiga qadar 12 oy davomida amalga oshirilgan tovarlarning umumiy eksportiga nisbatan 10 foizdan oshmagan muddati o„tgan debitor qarzdorligi mavjud bo„lgan taqdirda, kafolatlangan to„lovni ta‟minlamasdan tovarlar eksportini amalga oshirishga; Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling