Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#227325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
“Covid-19 pandemiyasi sharoitida inqirozga qarshi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar”-1

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV 


Toshkent sh., 

2020-yil 29-avgust, 

526-son 

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 526-son 

qaroriga

 

1-ILOVA 



O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishni tiklash va tizimli tarkibiy o‘zgarishlarni davom 

ettirish bo‘yicha 2020-2021-yillardagi amaliy harakatlar rejasi 

I-bob. Koronavirus pandemiyasi tarqalishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari 

O„zbekistonda  koronavirus  infeksiyasi  tarqalishinining  oldini  olish  bo„yicha  amalga 

oshirilgan  samarali  chora-tadbirlar  yordamida  dunyoning  ko„plab  mamlakatlarida  kuzatilgan  eng 

yomon holatlar chetlab o„tildi. 

1  million  kishiga  to„g„ri  keladigan  infeksiya  va  o„lim  darajasi  (mos  ravishda  110  va  0,5) 

dunyo bo„yicha o„rtacha ko„rsatkichdan 9-10 baravar past (mos ravishda 848 va 50). 

Infeksiya bilan zararlanganlarni  tibbiy ko„rikdan  o„tkazish,  profilaktika qilish, davolash va 

tibbiy  xodimlarni  moliyaviy  rag„batlantirishga  to„g„ridan  to„g„ri  sanitariya-gigiyena  va  tibbiy 

xarajatlar 651 milliard so„mni (65 million dollar ekvivalentida), karantin markazlarining qurilishiga 

uzoq  muddatli  sarmoyalar  va  tibbiy  asbob-uskunalar  sotib  olish  —  1,2  trillion  so„mni  (120  million 

dollar ekvivalentida) tashkil etdi. 

Shu bilan birga, asosan, joriy  yilning II choragidagi majburiy karantin choralari iqtisodiyot 

va ijtimoiy sohalarga o„z salbiy ta‟sirini ko„rsatdi. Xususan: 

1)  hisob-kitoblarga  ko„ra,  joriy  yilning  I  yarim  yilligida  YIMning  o„sishi  100,2  foizni 

(dastlabki  prognozga  nisbatan  105,8%),  sanoat  —  98,1  foizni  (105,9%),  xizmatlar  —  102,6  foizni 

(107,3%), qishloq xo„jaligi — 102,8 foizni (103,3 %) tashkil etdi. 

Ma‟lumot uchun: eng og„ir karantin (aprel) oyida sanoatning pasayishi taxminan 22,8 foizga 

(2019-yil aprelga nisbatan), xizmatlar 37,5 foizga; eksport 9,6 foizga baholanmoqda. 

Joriy  yilning  may  oyi  o„rtalaridan  boshlab  sanoat  va  qurilish  korxonalarining  karantin 

choralaridan  bosqichma-bosqich  olib  chiqiilishi  YIM,  sanoat  va  qurilishni  chuqur  pasayishining 

oldini  oldi.  Shu  bilan  birga,  O„zbekiston  iqtisodiyotda  pasayish  bilan  emas,  balki  iqtisodiy  o„sish 

sur‟atlari pasayishi bilan pandemiyaning salbiy oqibatlarini chegaralaydigan sanoqli davlatlardan biri 

bo„ldi. 

2)  davlat  budjeti  daromadlari  qimmatbaho  metallarning  qulay  narxlari  hisobiga  sezilarli 

darajada pasaymadi. 

Biroq,  2020-yilning  birinchi  yarim  yilligida  konsolidatsiyalashgan  budjet  taqchilligi 

Inqirozga  qarshi  kurashish  jamg„armasining  shakllanishi,  shuningdek,  Buxoro  va  Sirdaryo 

viloyatlaridagi  favqulodda  vaziyatlarning  oqibatlarini  bartaraf  etish  hisobiga  ikkinchi  darajali 

xarajatlarni sekvestrlashtirishga qaramasdan, YIMning 4,1 foizni (reja — 0,5 %) tashkil etdi. 

Shu  bilan  birga,  karonavirus  pandemiyasi  davrida  aholi,  iqtisodiyot  tarmoqlari  va 

tadbirkorlik  subyektlariga  bir  qator  soliq  imtiyozlari  va  preferensiyalar  taqdim  etishni  nazarda 

tutuvchi chora-tadbirlar doirasida davlat budjeti daromadlari 2,8 trillion so„m yoki YIMning 0,4 foiz 

miqdorida kamayadi. 

3)  o„tgan  yilning  birinchi  yarim  yilligiga  nisbatan  investitsiyalar  hajmi  va  o„sish  sur‟atlari 

biroz  pasaydi  (prognoz  qilingan  108,2  foizga  nisbatan  87,2  foiz),  lekin  iqtisodiyot  uchun  muhim 

bo„lgan  39  ta  yirik  loyihalar  obyektiv  sharoitlar  tufayli  belgilangan  muddatidan  kech  ishga 

tushiriladi. Bu nafaqat 2020-yilda, balki 2021-yilda YIMning o„sish sur‟atlariga salbiy ta‟sir qiladi. 

4)  xomashyo  va  butlovchi  qismlarni  yetkazib  berishda  transport-logistika  cheklovlari, 

korxonalarning vaqtincha yopilishi, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda qo„llangan karantin choralari 

nafaqat importning 15 foiz qisqarishiga ta‟sir qildi, balki eksport hajmiga ham salbiy ta‟sir ko„rsatdi. 

Joriy  yilning  birinchi  yarmida  eksportdagi  yo„qotishlar  2019-yilning  shu  davriga  nisbatan 

1,8  milliard  dollarga,  jumladan,  tabiiy  gaz  eksporti  735  million  dollar,  turizm  xizmatlari  —  399,1 

million  dollar,  aviatsiya  xizmatlari  —  150,3  million  dollar;  meva-sabzavot  mahsulotlari  —  215,5 

million dollar; mis va rux mahsulotlari — 106 million dollarga baholanmoqda. 




5) turizm, transportning barcha turlari, umumiy ovqatlanish, nooziq-ovqat tovarlari savdosi, 

barcha  turdagi  ta‟lim  xizmatlari,  madaniy  va  ko„ngilochar  muassasalar  xizmatlari  koronavirus 

pandemiyasidan eng ko„p zarar ko„rgan tarmoqlar hisoblanadi. 

Vaziyat  shunday  murakkablashmoqdaki,  ushbu  tarmoqlarning  inqirozgacha  faoliyatini 

tiklash nafaqat O„zbekiston Hukumatining choralari, balki dunyoda infeksiya tarqalishining umumiy 

holati bilan bog„liq. 




Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling