Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#227325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
“Covid-19 pandemiyasi sharoitida inqirozga qarshi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar”-1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV 

Toshkent sh., 

2020-yil 19-mart, 

PF-5969-son 

 

 

O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.  Mirziyoyev  huzurlaridagi  Koronavirus 



pandemiyasining  O„zbekiston  Respublikasini  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishga  ta‟sirining  salbiy 

oqibatlarini  bartaraf  etish,  tadbirkorlik  faoliyati  subyektlarining  investitsiyaviy  va  tashqi  iqtisodiy 

faolligini  tiklash,  shuningdek,  iqtisodiy  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  uchun  shart-sharoitlar 

yaratish  maqsadida  o„tkazilgan  majlisdagi  topshiriqlardan  kelib  chiqib,  Vazirlar  Mahkamasi  qaror 

qiladi: 

1.  O„zbekiston  Respublikasi  Iqtisodiy  taraqqiyot  va  kambag„allikni  qisqartirish  vazirligi, 

Moliya  vazirligi,  Bandlik  va  mehnat  munosabatlari  vazirligi,  Axborot  texnologiyalari  va 

kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi,  O„zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan 

boshqa  vazirliklar,  idoralar  va  xo„jalik  birlashmalari  bilan  birgalikda  iqtisodiyot  tarmoqlari  hamda 

sohalarida tarkibiy o„zgarishlarni tiklash va davom ettirish bo„yicha quyidagilarga qaratilgan chora-

tadbirlar ishlab chiqilganligi ma‟lumot uchun qabul qilinsin: 

2020-yilda iqtisodiyot asosiy sektorlarining rivojlanishini saqlashga va 2021-yildan boshlab 

barqaror  iqtisodiy  o„sishni  5,0  —  5,5  foiz  darajasida  ta‟minlashga  yo„naltirilgan  makroiqtisodiy 

siyosatni amalga oshirish va bozor institutlarini isloh qilishni davom ettirish

birinchi navbatda, inqirozdan keyingi rivojlanish davrida banklarni transformatsiya qilish va 

bank xizmatlaridan foydalanish samaradorligini hamda ularning sifatini oshirishni ta‟minlashga doir 

chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan bank tizimini yanada isloh qilish

aholi bandligini ta‟minlash va daromadlarini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini birinchi marta 

amalga  oshirayotgan  shaxslarni  moliyaviy  qo„llab-quvvatlash  bo„yicha  dasturiy  chora-tadbirlarni 

kengaytirish orqali ichki talabni rag„batlantirish va kambag„allikni qisqartirish; 




sanoat  va  raqobat  siyosatini,  jumladan,  mahalliy  ishlab  chiqarish  mahsulotlariga  ichki 

talabni  rag„batlantirish, tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, sanoatning 

strategik tarmoqlari korxonalarida islohotlarni davom ettirish asosida takomillashtirish

investitsiya  jarayonlarini,  birinchi  navbatda,  mahalliy  investorlarning  infratuzilma 

loyihalarini  moliyalashtirish  va  qo„shilgan  qiymatning  ishlab  chiqarish  “zanjirlari”ni  yaratish 

bo„yicha  loyihalarni  amalga  oshirishdagi  ishtirokini  rag„batlantirish  uchun  ichki  manbalarni 

kengaytirish yo„li bilan faollashtirish

eksport  qiluvchi  korxonalarni  qo„shimcha  moliyaviy  qo„llab-quvvatlash  orqali,  shu 

jumladan savdoni moliyalashtirishning zamonaviy vositalaridan foydalanishni kengaytirish, mahalliy 

mahsulotlarni  yangi  eksport  bozorlariga  yetkazib  berishni  kengaytirishda  savdo-vositachilik 

tashkilotlarini rag„batlantirish hisobiga tashqi iqtisodiy faoliyatni rag„batlantirish va eksport qiluvchi 

korxonalarni qo„llab-quvvatlash; 

davlat  xaridlari  tizimida  xususiy  tadbirkorlik  subyektlarining  ishtirokini  kengaytirish, 

hududlardagi kichik sanoat zonalarini ularga ishlab chiqarish va transport infratuzilmasi obyektlarini 

o„tkazish uchun qo„shimcha moliyaviy resurslarni ajratgan holda rivojlantirish asosida ishbilarmonlik 

va raqobat muhitining qulayligini oshirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish; 

hududlarda  aholiga  kompleks  xizmatlar  ko„rsatadigan  savdo  tashkilotlari  tarmog„ini 

rivojlantirish,  mahalliy  mobil  aloqa  operatorlarining  davlat  aktivlarini  bosqichma-bosqich  sotish  va 

qishloq  joylarda  telekommunikatsiya  tarmoqlarini  rivojlantirishga  xususiy  investitsiyalarni  jalb 

qilish,  shuningdek,  2021-yilda  barcha  ijtimoiy  muassasalar,  qishloq  aholi  punktlari  va  mahallalarni 

yuqori  tezlikdagi  Internet  jahon  axborot  tarmog„iga  ulashni  yakunlash  hisobiga  xizmatlar  sohasi 

korxonalarini qo„llab-quvvatlash va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish. 

2. Quyidagilar: 

2020-2021-yillarda O„zbekiston Respublikasida iqtisodiy o„sishni tiklash va tizimli tarkibiy 

o„zgarishlarni  davom  ettirish  bo„yicha  amaliy  harakatlar  rejasi  (keyingi  o„rinlarda  —  Harakatlar 

rejasi) 


1-ilovaga

 muvofiq; 

Iqtisodiyotda  tarkibiy  islohotlarni  tiklash  va  davom  ettirish  chora-tadbirlarini  amalga 

oshirish  bo„yicha  “yo„l  xaritasi”  (keyingi  o„rinlarda  —  “Yo„l  xaritasi”) 

2-ilovaga

 muvofiq 

tasdiqlansin. 

3. O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o„rinbosarlari (A.J. Ramatov, J.A. Qo„chqorov, 

S.U. Umurzakov) va Bosh vazir maslahatchisi (O.M. Umarov) bir hafta muddatda tadbirlarni amalga 

oshirishning aniq bosqichlari va muddatlarini ko„rsatgan holda, Harakatlar rejasi va “Yo„l xaritasi”ni 

amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ishlab chiqilishi hamda ularning tegishli vazirliklar, idoralar 

va xo„jalik birlashmalari kesimida tasdiqlanishini ta‟minlasin. 

4.  Mutasaddi  vazirliklar,  idoralar  va  xo„jalik  birlashmalari  rahbarlarining  zimmasiga 

O„zbekiston  Respublikasi  Iqtisodiy  taraqqiyot  va  kambag„allikni  qisqartirish  vazirligiga  har  oyda 

ma‟lumot  kiritgan  holda  Harakatlar  rejasi  va  “Yo„l  xaritasi”dagi  tegishli  tadbirlar  o„z  vaqtida  va 

sifatli amalga oshirish ta‟minlanishi uchun shaxsiy mas‟uliyat yuklansin. 

5. O„zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag„allikni qisqartirish vazirligi: 

iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari, shuningdek, hududlar kesimida “Yo„l xaritasi” doirasidagi 

tadbirlarning  amalga  oshirilishi  tizimli  asosda  tahlil  qilinishini  va  ularning  Harakatlar  rejasida 

belgilangan asosiy maqsad va vazifalarga erishishga ta‟sirini baholashni ta‟minlasin; 

zarur bo„lganda, “Yo„l xaritasi”ga manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo„jalik birlashmalari 

bilan  kelishgan  holda,  Harakatlar  rejasini  amalga  oshirish  samaradorligini  oshirishga  yo„naltirilgan 

o„zgartirish va qo„shimchalar kiritsin; 

Harakatlar  rejasi  va  “Yo„l  xaritasi”  doirasida  amalga  oshiriladigan  chora-tadbirlarning 

makroiqtisodiy  barqarorlikni  ta‟minlash  va  iqtisodiyotda  tarkibiy  islohotlarni  amalga  oshirishga 

ta‟sirini  baholash  to„g„risida  O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  va  O„zbekiston 

Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har oyda axborot kiritib borsin. 

6.  Mazkur  qarorning  bajarilishini  nazorat  qilish  O„zbekiston  Respublikasi  Bosh  vazirining 

moliya-iqtisodiyot  va  kambag„allikni  qisqartirish  masalalari  bo„yicha  o„rinbosari  —  iqtisodiy 

taraqqiyot va kambag„allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo„chqorov zimmasiga yuklansin. 




Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling