Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining


IV bob. Makroiqtisodiy siyosat va bozor institutlarini isloh qilish sohasidagi asosiy chora-


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#227325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
“Covid-19 pandemiyasi sharoitida inqirozga qarshi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar”-1

IV bob. Makroiqtisodiy siyosat va bozor institutlarini isloh qilish sohasidagi asosiy chora-

tadbirlar 

Mamlakat  iqtisodiyotining  tiklanishi  va  keyinchalik  barqaror  rivojlanishi  makroiqtisodiy 

shart-sharoitlar, chora-tadbirlar va tartibga solish vositalarini yaratish bilan bevosita bog„liqdir. 

Strategiyada belgilangan makroiqtisodiy siyosat va institutsional islohotlarni davom ettirish 

bilan  birga,  hozirgi  vaqtning  o„ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda,  2020-yilning  qolgan 

davrida va 2021-yilda quyidagilarga asosiy e‟tibor berish talab qilinadi: 

tashqi  qarzning  o„sishini  cheklash,  qarz  mablag„laridan  foydalanish  samaradorligini  qat‟iy 

nazorat  qilish.  Bu  esa  moliyaviy  xarajatlarni  kamaytirish,  xususiy  investitsiyalarni  har  tomonlama 

targ„ib qilish, shuningdek, keyingi yillarda tashqi qarzdorlikni ustav chegarasidan o„tishining oldini 

olish uchun o„rta muddatli  reja va chora-tadbirlarni tayyorlash, budjet xarajatlarini rejalashtirish va 

O„zbekiston  Respublikasi  tiklanish  va  taraqqiyot  jamg„armasi  tomonidan  moliyalashtirish, 

shuningdek, ulardan foydalanish ustidan qattiq nazorat qilish

tashqi qarzlardan samarali foydalanish, ularni ustuvor ravishda, budjet defitsiti, infratuzilma 

loyihalarini, iqtisodiy o„sishga bevosita va ikkinchi darajali ta‟sir ko„rsatadigan ijtimoiy obyektlarni 

moliyalashtirishga  qaratish,  aholi  bandligini  ta‟minlash,  shuningdek,  kambag„allikni  qisqa  va  o„rta 

muddatda qisqartirishga yo„naltirish; 

texnik-iqtisodiy  asoslash  bosqichida  loyiha  tanlash  mezonlarini  takomillashtirish  orqali 

davlat  investitsiya  xarajatlarini  optimallashtirish,  qiymati  va  amalga  oshirish  vaqti  dolzarbligini 

yo„qotgan  investitsion  loyihalarni  rad  qilish,  shuningdek,  ularning  ishga  tushirilganidan  keyin 

investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirilishi  va  samaradorligini  monitoring  qilish,  loyihalarni 

moliyalashtirishda  xususiy  investitsiya  vositalaridan  foydalanishni  kengaytirish,  shu  jumladan, 

korporativ  va  infratuzilma  obligatsiyalarini  chiqarish  orqali  davlat-xususiy  sherikchilikni  va  fond 

bozorini rivojlantirish; 

soliq va bojxona imtiyozlarini optimallashtirish bo„yicha ishlarni yakunlash; 

sanoat va raqobat siyosatini takomillashtirish. To„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalarni jalb 

qilish  va  “o„sish  nuqtalariga”  moliyalashtirishni  jalb  etish,  eksport  bozorlarida  raqobatbardoshlikni 

oshirish,  xalqaro  qiymat  zanjirlarida  ichki  korxonalar  ishtirokida  izchil  o„sishni  rag„batlantirish 

uchun  yangi  rivojlanish  drayvyerlarini  aniqlash  bilan  o„rta  muddatli  sanoat  siyosati  strategiyasini 

ishlab  chiqish  va  qabul  qilish,  shu  jumladan,  davlat  korxonasi  islohot  jarayonini  yakunlash, 

monopoliyaga  qarshi  kurashni  tartibga  solish  va  raqobat  muhitini  yaratish  chora-tadbirlari  orqali, 

ishlab  chiqarishni  ilm-fan  bilan  birlashtirishning  samarali  tizimini  yaratish  (tadqiqot  markazlari, 

loyihalash byurolari, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar.); 

qishloq  xo„jaligi  sohasini  isloh  qilishni  davom  ettirish.  Qishloq  xo„jaligi  ishlab 

chiqaruvchilarining  xo„jalik  faoliyatiga  ma‟muriy  aralashuvni  to„liq  cheklagan  xolda,  narx 

shakllanishida  bozor  mexanizmlarini  joriy  etish,  moliyaviy  resurslarning  harakati  va  yer 

aylanmasining garov mexanizmini takomillashtirish. Qishloq xo„jaligida qiymat zanjirlarini yaratish 

mexanizmini rag„batlantirish; 

ishlab  chiqarish  xarajatlarini  optimallashtirish,  zamonaviy  texnologiyalarni  joriy  etish  va 

ishlab  chiqarish  jarayonlarini  raqamlashtirish  orqali  iqtisodiyotda  mehnat  unumdorligini  oshirish 

orqali  ish  haqining  hajmini  oshirish,  va  mahalliy  mahsulotlarning  xalqaro  raqobatbardoshligini 

oshirishdan iborat. 


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling