B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
Xulosalar
Demografik prognoz qilish zarurati umuman ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognoz qilish va rejalashtirish vazifalari bilan bog’liq. Aynan shuning uchun aholi soni va tarkibi, oilalar soni va tarkibi, alohida demografik jarayonlar dinamikasini prognoz qilish faoliyati xalqaro, davlat va nohukumat tashkilotlari, muassasalari va ilmiy muassasalar umumiy faoliyatining muhim qismini tashkil qiladi. Aholining reproduktiv, o’zini asrash va migrastiya harakatlari o’zgarishining tendenstiyalari haqida to’g’ri, ilmiy asoslangan taxminlar, prognoz aniqligining muhim sharti hisoblanadi, ular haqidagi ma’lumotlarni maxsus tashkil etilgan ijtimoiy-demografik tadqiqotlar yordamida olish mumkin. Demografik prognozning ishonchliligi boshlang’ich demografik axborotning aniqligi, qabul qilinayotgan farazlarning asosliligi va prognoz davrining uzoqligi bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda demografik prognozlar O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi va ayrim ilmiy tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda ishlab chiqiladi va e’lon qilinadi. Shu nuqtai nazardan tahliliy prognoz yuzaga kelishi ehtimolini aniqlash uchun demografik prognoz amalga oshiriladigan salbiy oqibatlar va muammoli vaziyatlar paydo bo’lishining oldini olishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy va xususan, demografik siyosat maqsadlarini belgilashga xizmat qiladi. Davlat darajasida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda ijtimoiy hamkorlik instituti hal qiluvchi rol o’ynaydi. Turmush darajasi indikatorlarining tizimi salomatlik ko’rsatkichlari va sog’liqni saqlash, bandlik, ovqatlanish, uy-joy sharoitlari ko’rstkichlarini, ro’zg’or buyumlarining mavjudligini, madaniyat darajasi, puli xizmatlar ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. O’zbekiston Respublikasining bandlik to’g’risidagi qonun hujjatlaria shu narsa nazarda tutilganki, mamlakatning har bir fuqarosi ijtimoiy foydali faoliyatning qonun hujjatlariga zid bo’lmagan istalgan turini ixtiyoriy ravishda tanlashga, ish o’rni va turini erkin tanlashga haqli, ya’ni mehnat qilishning ixtiyoriyligi demokratik tamoyili amal qilmoqda. Insonlarni mehnat qilishga ma’muriy majburlash taqiqlanadi. Hozirgi vaqtda kasanachilik, uy xo’jaligi, bolalarni tarbiyalash, qariyalar va nogironlarni parvarish qilish va hokazolar mehnat faoliyatining qonunan ijtimoiy tan olingan shakllari sifatida namoyon etilgan. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling