B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
-bob. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY – IQTISODIY
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.2. Indikativ reja tuzishda iqtisodiy organlarning funksional hamkorligi. 12.3. Rejalarni amalga oshirish mexanizmlari va vositalari.
12-bob.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY – IQTISODIY RIVOJLANISHNI INDIKATIV REJALASHTIRISHNING HOLATI 12.1. Ishlab chiqarish va uning asosiy sohalarini indikativ rejalashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi . 12.2. Indikativ reja tuzishda iqtisodiy organlarning funksional hamkorligi. 12.3. Rejalarni amalga oshirish mexanizmlari va vositalari. 12.1. Ishlab chiqarish va uning asosiy sohalarini indikativ rejalashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi 1 bosqich – Vazirlar Mahkamasi tomonidan o’rta muddatli istiqbolga O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning indikativ rejasini ishlab chiqish haqidagi qarorining qabul qilinadi. Hukumat qarori bilan vazirliklar va idoralardan ma’sul ijrochilarni belgilangan holda o’rta muddatli istiqbol uchun indikativ rejani ishlab chiqish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar ro’yxati va muddatlari o’rnatiladi. Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot vazirligi bilan hamkorlikda indikativ rejani ishlab chiqishning birinchi bosqichini amalga oshiradi. Hukumat bo’linmalari va Iqtisodiyot vazirligi aniq maqsadlar, asosiy vazifalarni va dasturlarni shakllantirish va asoslash yo’li bilan ijitmoiy-iqtisodiy rivojlanishining istiqbollarini ishlab chiqadi. 2 bosqich – Prognoz ishlarini tashkil etilishida o’zaro kelishuvni va ketma-ketlikni ta’minlash maqsadida Iqtisodiyot vazirligi boshqa vazirliklar, idoralar va korxonalar bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti va rivojlanishining ohirgi 3-5 yil makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini muammoli savollarni aniqlagan holda kompleks tahlilni amalga oshiradi. Kompleks tahlil quyidagilarni ochib berishi zarur: - tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirish va yangilarini ishlab chiqish bo’yicha xukumat qarorlarining ijro etilishini; - ishlab chiqarish quvvatini, iqtisodiyot rivojlanishining ichki va tashqi tendenstiyalarini, iqtisodiy siyosat va davlat me’yorlashtirish tizimlari natijaliligi holatini; 164 - ishlab chiqarish quvvatlarining tarkibi va dinamikasini, shuningdek shu jarayonlarga ta’sir etuvchi omillarni hamda jahon iqtisodiyoti rivojlanishi bilan taqqoslanishi; - mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha korxonalarning maqsadlari va imkoniyatlarini, ularni eksportga chiqarish, quvvatlarni texnik ta’minlashni. 3 bosqich – strategik maqsadlarni va ustuvorliklarni aniqlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqish birinchi olti oylikda Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa iqtisodiy organlar, ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda o’rta muddatli istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning asosiy yo’nalishlari, ustuvorliklari va maqsadli ko’rsatkichlarini ishlab chiqadi. 4 bosqich –makroiqtisodiy prognozlarni, maqsadli yo’nalishlarni va rivojlanish indikatorlarini ishlab chiqish. Iqtisodiyot vazirligi makroiqtisodiy siyosatning muvofiqlashtirilishiga javobgar markaziy iqtisodiy organlari bilan hamkorlikda ro’y berayotgan o’zgarishlarni hisobga olgan holda o’rta muddatlarga ssenariyli makroiqtisodiy prognozlarni va iqtisodiy siyosatni aniqlashtirishga oid takliflarni ishlab chiqadilar. Prognoz variantlarida: - iqtisodiyot rivojlanishining maqsadlari va ustuvorliklari; - tarkibiy va investistion siyosatning yo’nalishlari; - ilmiy texnik taraqqiyoti rivojlanishi; - Respublkada iqtisodiyotning ijtimoiy chegarlari va boshqa tayanch savollari qayta ko’rib chiqiladi. O’rta muddatli istiqbol uchun ssenarli makroiqtisodiy prognozlarni ishlab chiqishga asosiy talabalar bo’lib iqtisodiy organlar tomonidan makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlanishi hisoblanadi. Mazkur bosqich vazifalarini amalga oshirish uchun markaziy iqtisodiy organlarning ilmiy ekspertlar, rahbar xodimlar hamda tajribali mutaxassislari tarkibida tashkilotlararo ishchi guruh tashkil etiladi. Tashkilotlararo ishchi guruh vazifalariga prognozning bir qancha ssenarli variantlarini ishlab chiqish va har xil maqsadli ustuvorliklarini hamda siyosat vositalari o’zgarishi negizida ularning muvozanatini ta’minlash kiradi. Vazirlar Maxkamasida maqsadli yo’nalishlar, ustuvorliklar, ijitmoiy- iqtisodiy rivojlanish konsepsiyalari, iqtisodiy siyosatning asosiy yo’nalishlari hamda makroiqtisodiy prognoz variantlari ko’rib chiqilganidan keyin belgilangan tartibda asosiy yo’nalishlar sifatida 165 vazirliklarga, tashkilotlarga, mahalliy ma’muriyatlarga, korxonalarga etkaziladi. 5 bosqich – maqsadli va tarmoq ko’rsatkichlarini amalga oshirish shartlari va indikatorlarini hamda rivojlanish dasturlarini aniqlash Iqtisodiyot vazirligi va tarmoq vazirliklari, tashkilotlar va korxonalar iqtisodiy siyosatning ehtimolli yo’nalishlarini va hukumat yo’nalishlarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda o’z rivojlanishining prognoz ko’rsatkichlarini aniqlaydilar hamda bashorat qilinayotgan davr uchun o’z faoliyatlari haqida ularni umumlashtirish uchun hududiy va tarmoq organlariga taqdim qiladilar. Boshqaruvning hududiy va tarmoq organlari korxonalar bajarmoqchi bo’lgan ishlarini umumlashtiradilar va keyinchalik Iqtiosdiyot vazirligiga taqdim etadilar. 6 bosqich – makroiqtisodiy prognozlarni maqsadli va tarmoq ko’rsatkichlari hamda rivojlanish dasturlari bilan muvofiqlashtirish. Bu bosqichda Iqtisodiyot vazirligining makroiqtiosdiy bashoratlarni real sektorning tarmoq tashkilotlari, hududiy organlar, vazirliklar va ijtimoiy soha tashkilotlari rivojlanish prognozlari bilan muvofiqlashtirish va integrastiyalashtirishga oid ishlari amalga oshiriladi. Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi hamkorlikda davlat ehtiyojlarini resurs ta’minotini tavsiflovchi iqtiosdiy muvofiqlashtirgich va ko’rsatkichlar tizimini hisobga olgan holda, keyingi yilgi davlat byudjeti loyihasi va bashorat ko’rsatkichlarini o’zaro bog’liqligini amalga oshiradilar. 7 bosqich – Vazirlar Mahkamasiga indikativ rejaning oxirgi variantini taqdim etish. Vazirlar Mahkamasiga indikativ rejaning oxirgi variantini taqdim etishi uni Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan Hay’atda ko’rib chiqilganidan keyin Iqtisodiyot vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlisga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning indikativ rejasini Davlat byudjeti bilan bir vaqtda kiritadi. Oliy Majlisda o’rta muddatli indikativ reja ko’rib chiqilishidan keyin ommaviy axborot vositalarida chop etiladi. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling