B. B. Xolmurodov tktishf, "Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi assestenti


Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasida qo’llaniladigan atamalar


Download 0.51 Mb.
bet8/49
Sana18.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1211776
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlash asoslari va xavfsizlik mezonlari

Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasida qo’llaniladigan atamalar:

  • Ishlab chiqarish jarayoni — bu sistema yoki ma’lum bir mahsulotdagi ketma-ket va qonuniy o‘zgarishlar bo‘lib, natijada ularning yangi xususiyatlari yuzaga chiqadi.

  • Texnologiya — boshlang‘ich xomashyodan ma’lum xossalarga

ega bo‘lgan mahsulot olishga yo‘naltirilgan qator jarayonlarning majmuasi hisoblanadi.

  • Texnologik qurilma — jihoz yoki moslama bo‘lib, texnologik jarayonni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.

  • Mashina — energiya yoki materialni o‘zgartirish uchun mexanik harakat bajaruvchi qurilma.

Oziq-ovqat texnologiyasidagi turli xil jarayonlarning barchasini ularning borish qonuniyatlariga qarab beshta asosiy gruppaga bo‘lish mumkin: gidromexanik, issiqlik almashinish, modda almashinish, mexanik, biokimyoviy va kimyoviy jarayonlar.
Gidromexanik jarayonlarning tezligi gidromexanika qonunlari bilan aniqlanadi. Ularga suyuqlik va gazlarni uzatish, suyuqlik muhitida aralashtirish, turli jinsli sistemalarni fazalarga ajratish kabi jarayonlar kiradi.
Issiqlik almashinish jarayonlari temperaturalar farqi mavjud bo‘lganda bir jismdan ikkinchisiga issiqlikning o‘tishidir. Bu gruhga isitish, sovitish, bug‘latish, kondensatsiyalash va sun’iy sovuq hosilqilish jarayonlari kiradi. Issiqlik almashinish jarayonlarining tezligi issiqlik uzatish qonunlari yordamida aniqlanadi.
Modda almashinish jarayonlari bir yoki bir necha komponentlarning bir fazadan, fazalarni ajratuvchi yuza orqali ikkinchi fazaga o‘tishidir. Ularga absorbsiya, adsorbsiya va desorbsiya, haydash, ekstraksiya, eritish, kristallanish, quritish kabi jarayonlar kiradi. Bu jarayonlarning tezligi modda almashinish qonunlari bilan ifodalanadi.
Mexanik jarayonlar jismlarning o‘zaro mexanik ta’siridir. Bularga maydalash, fraksiyalarga ajratish, presslash va boshqalar misol bo‘ladi.
Biokimyoviy va kimyoviy jarayonlar moddalarning kimyoviy tarkibi va xossalarining o‘zgarishi bilan boradi. Ularning tezligi kimyoviy kinetika qonunlari asosida aniqlanadi. Jarayonning tashkil qilinishiga qarab ular uzluksiz, davriy va kombinatsiyalashgan turlarga bo‘linadi.
Agar jarayonning hamma bosqichlari bir qurilmada birin-ketin bajarilsa, u davriy jarayon deyiladi. Bunda dastlab qurilma xomashyo bilan to‘ldiriladi, keyin ishlov berish boshlanadi. Ushbu operatsiya tugagach, qurilmadan tayyor mahsulot bo‘shatib olinib, jarayonning bosqichlari boshqatdan takrorlanadi.
Jarayonning hamma bosqichlari bir vaqtning o‘zida qurilmaning turli qismlarida yoki o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir necha qurilmada bajarilsa, u uzluksiz jarayon deyiladi. Masalan, mahsulotni konveyer qurilmada quritish jarayoni bunga misol bo‘la oladi.
Agar jarayonning ayrim bosqichlari davriy, ba’zilari esa uzluksiz ravishda amalga oshirilsa, bunday jarayon kombinatsiyalashganjarayon deyiladi.
Bundan tashqari, jarayon parametrlarining vaqt bo‘yicha o‘zgarishiga qarab, turg‘un va noturg‘un turlarga bo‘linadi. Agar qurilma ish hajmining ma’lum bir nuqtasida jarayonning tezligi, mahsulotning konsentratsiyasi, temperaturasi kabi parametrlar vaqt bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lsa, bunday jarayon turg‘un, aksincha bo‘lsa, noturg‘un hisoblanadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling