Tadbir ishtirokchilari e'tibori O'zbekistonning islom madaniyati va ilm-fani oldidagi hamda yodgorliklarni saqlash va islom merosini boyitish borasidagi buyuk xizmatlari uchun 2007 yilda Fan, ta'lim va madaniyat masalalari bo'yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) tomonidan Toshkent shahrining jahon islom madaniyatining poytaxti, deb e'tirof etilganiga qaratildi. AQSh akademik va ijtimoiy-siyosiy doiralari vakillari o'z ma'ruzalarida Buyuk Ipak yo'lida joylashgan O'zbekiston ko'p asrlar davomida Sharq va G'arbni bir-biriga bog'lovchi ko'prik bo'lib xizmat qilgani xususida atroflicha fikr bildirishdi. O'zbek xalqining Ibn Sino, Imom Buxoriy, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Al-Farg'oniy, Bahouddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bek, Abduholiq G'ijduvoniy kabi butun dunyoga mashhur vakillari nafaqat jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga, balki sivilizasiyalararo muloqot va jahon xalqlari o'rtasida o'zaro tushunish kayfiyatlarini mustahkamlashga muhim hissa qo'shganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |