B ibragimov, M. Ibragimov


Musobaqa o‘tkazishning ilmiy-tashkiliy asoslari


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

6.5. Musobaqa o‘tkazishning ilmiy-tashkiliy asoslari 


245 
Sport musobaqalarini tashkil qilish va o‘tkazish shu musobaqalarga rahbarlik 
qiluvchi (sport federatsiyasi, tashkiliy qo‘mita va h.k.), mezbon tashkilotchi, 
hakamlar uyushmasi hamda nazoratchi (ekspert) hakamlarga katta mas’uliyat 
yuklaydi. Ular musobaqa o‘tkazish joylarini (sport saroylari, kommunikatsion, 
tibbiy va yordamchi xonalar) rasmiy musobaqa qoidalari, musobaqa Nizomi va 
boshqa me’yoriy standartlar talablariga muvofiq tayyorlash ekspertiza va sinovdan 
o‘tkazish choralarini ko‘rish tadbirlarini amalga oshiradi. Tomoshabinlar, 
ishtirokchi sportchilar, murabbiylar, tibbiy va xavfsizlik xizmati xodimlari, 
akkreditatsiyadan o‘tgan barcha ommaviy axborot vositalari vakillariga barcha 
qulayliklar yaratilishi mezbon tashkilotchilar tomonidan ta’minlanadi.
 
6.6. Musobaqa o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish 
Musobaqalar muvofiq mutasaddi tashkilot (yoki tashkilotlar) tomonidan 
tasdiqlangan yillik musobaqa taqvim rejasiga asosan o‘tkaziladi. Odatda musobaqa 
o‘tkazish joyi (mamlakat, viloyat, shahar va h.k.) va vaqti shu taqvim rejasida qayd 
etiladi. 
Musobaqaning nomi, maqsad va vazifalari, o‘tkazish joylari va muddatlari, 
musobaqada ishtirok etish huquqiga ega jamoalar (klublar, terma jamoalar), 
musobaqada ishtirok etish shartlari, bosh hakam, musobaqaga rahbarlik qiluvchi 
tashkilot, musobaqa shart-sharoitlarini ta’minlovchi mezbon tashkilot, musobaqa 
o‘tkazish va o‘rinlarni aniqlash tizimi, rag‘batlantirish kabi masalalar musobaqa 
Nizomida batafsil ifodalanadi.
Musobaqa o‘tkazishdan avval nazoratchi (ekspert) hakam (yoki hakamlar) 
musobaqa o‘tkazish joyini qabul qilingan ilmiy-texnologik vositalar (o‘lchov 
asboblari) yordamida ko‘zdan kechiradi. Jumladan, musobaqa o‘tkaziladigan sport 
inshootida havo namligi, harorat, atmosfera bosimi, tabiiy va sun’iy yorug‘lik, 
maydon chiziqlari, to‘r va ustunlar, o‘rindiqlar, bo‘shlik zonalar va boshqa 
ko‘rsatkichlar belgilangan me’yoriy standartlar asosida ekspertizadan o‘tkaziladi. 
Sportchilarga mo‘ljallangan yechinish-kiyinish, yuvinish, gigiyenik
kommunikatsion, tibbiyot va hakamlar xonalari nazoratdan o‘tkaziladi. 


246 
Amalga oshirilgan ekspert-nazorat tadbirlari natijalariga ko‘ra xulosa 
tayyorlanadi va bu haqida musobaqa o‘tkazuvchi mas’ul tashkilot rahbariga 
ma’lumot beriladi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling