B ibragimov, M. Ibragimov
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musobaqaga rahbarlik qilish
- Musobaqa o‘tkazish joyi va vaqti
6.7. Musobaqa Nizomi
(O‘zbekiston Chempionati misolida) Chempionatning maqsadi va vazifalari - O‘zbekistonda voleybolni yanada ommalashtirish; - voleybolni rivojlantirish va jamoalarning sport mahoratini oshirish; - mamlakat yagona sport tasnifi talablariga muvofiq voleybolchilarga sport razryadlarini rasmiylashtirish; - kuchli klublarni aniqlash va Osiyo musobaqalarida ishtirok etish uchun mamlakat terma jamoasini tuzish. Musobaqaga rahbarlik qilish Musobaqalar FIVB – Halqaro voleybol Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan rasmiy qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘yinlarda «Mikasa» firmasining MVP 200 rangli to‘plari qo‘llaniladi. Musobaqaga rahbarlik qilish mas’uliyati O‘zbekiston voleybol federatsiyasiga yuklatiladi. Musobaqa o‘yinlarini Respublika hakamlar uyushmasi tomonidan tasdiqlangan hakamlar guruhi boshqaradi. Musobaqaning bosh hakami vazifasiga – milliy toifadagi hakam tayinlanadi. Jamoalarni qabul qilish, joylashtirish va musobaqa o‘tkazish joylarini tayyorlash musobaqa o‘tkazilayotgan shahar klubi zimmasiga yuklatiladi. Mehmonxona, ovqatlanish va safar xarajatlari muvofiq jamoa-klublari tomonidan qoplanadi. Musobaqa o‘tkazish joyi va vaqti Chempionatni o‘tkazish tartibi, tizimi, joylari va vaqti ishtirokchi jamoalar soniga qarab chempionatdan 1 oy oldin e’lon qilinadi. Musobaqa ishtirokchilari 247 Chempionatda klublar jamoalari, ko‘ngilli sport jamiyatlari, tashkilot va korxonalar, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar terma jamoalari ishtirok etishi mumkin. O‘zbekiston voleybol Federatsiyasining ijroiy qo‘mitasi qaroriga muvofiq chempionatda ishtirok etish istagini bildirgan jamoalar O‘VF hisob raqami ______ ga ________ so‘m miqdorida a’zolik badali uchun mablag‘ o‘tkazishlari lozim. Chempionatda ishtirok etishni tasdiqlovchi xabarnoma _______ yil _______oktabrgacha taqdim etilishi shart. Ushbu muddatdan kech taqdim etilgan xabarnoma qabul qilinmaydi va jamoa chempionatda ishtirok etish huquqidan mahrum qilinadi. Chempionatda ishtirok etish huquqini olgan jamoa tarkibi 22 kishi, shu jumladan 18 nafar o‘yinchilar, 2 ta murabbiy, shifokor va jamoa rahbaridan iborat bo‘lishi mumkin. Jamoa tarkibiga ko‘pi bilan 2 nafar chet el o‘yinchilari federatsiya ruxsati bilan jalb qilinishi mumkin. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling