B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

 
 


54 
II BOB. KURASH TURLARI BO`YICHA MUSOBAQALAR 
TASHKIL QILISH VA HAKAMLIK QILISH 
 
Yoshlarimizga ta’lim berish va ularni kamol toptirishga yo`naltirilgan 
xizmatlar ko`rsatuvchi muassasalar tarmog`ini kengaytirish va bunday xizmatlar 
turlarini masalan, xalq hunarmandichiligi bilan shug`ullanadigan «Ustoz-shogird» 
guruhlarini ko’paytirish talab etiladi. 
Kurash bo`yicha xalqaro tashkilot tuzilganligini avvalo mustaqil 
Vatanimizning jahondagi yana bir e’tirofi deb baholagan bo`lardik. Yurtimizga 
kelgan o`ttizga yaqin mamlakatlarning vakillari ta’sis Kongressida milliy 
kurashimizning dunyo maydoniga chiqishga yakdillik bilan ovoz berdilar. Yaqin 
vaqtlar ichida o`z davlatlari va boshqa ko’plab mamlakatlarda bu xalqaro 
Asosastiyaning federastiyalarini tashkil etish istagida ekanliklarini bildirdilar. 
Dunyodagi barcha xalqlarning, millatlarning o`z tarixi, madaniyati bor. Milliy 
sport o`yinlari bor. Lekin birdan-bir milliy sport turini dunyo maydoniga olib 
chiqish hammaga ham nasib etavermaydi. Bu sanoqli davlatlargagina nasib etgan, 
xolos. Masalan: Angliya futbol vatani deyiladi. Dzyu-do, karate yaponlarniki 
ekanligini hamma biladi. 
Dunyo sport lug`atida misol uchun amerikancha futbol taylandcha boks 
kabi iboralar bor. Endi ana shu lug`at kurashimiz qoidalaridagi o`zbekcha «Halol», 
«Yonbosh», «Chala», «G`irrom», «Dakki», «Tanbeh» kabi so`zlar bilan boyidi. 
Endi butun dunyoda «o`zbeklarning kurashi» iborasi paydo bo`ldi. Bu bizning juda 
katta g`alabamizdir. Bu yutuqqa o`z-o`zidan erishilgani yo`q. Kurashimizning 
ravnaqiga ishonmay, bepisand qaraganlar ham bo`ldi. Lekin mamlakatimiz 
rahbarining ishonchi, qo`llab-quvvatlashlari bizga juda katta dalda bo`ldi. 
Yana shunisi quvonarliki, kurashimizda eng yuqori baho «Halol» so`zi 
bilan ifodalanadi. Bu sof g`alaba degani. Raqibiga hurmatsizlik qilib, unga 
noto`g`ri usul ishlatib, nayrang bilan yutmoqchi bo`lgan sportchiga «g`irrom» 
bahosi beriladi va bu bahoni olgan maydondan chetlatiladi. 


55 
Kurash musobaqalarida muxlislar eng odil hakam hisoblanadi. Halol 
bilan g`irrom o`z olqishu e’tirozlari bilan baholanadi. Kurashning qoidasi 
oddiy: zo`rmisan yigit, yengildingmi - tan ber! 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling