B ibragimov, M. Ibragimov


Yaroqsiz holatga kelgan to`pni almashtirish


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

Yaroqsiz holatga kelgan to`pni almashtirish
Agar to`p o`yin paytida o`z holatini yo`qotsa, unda:

Uchrashuvni to`xtatish zarur,

To`p almashtirilgandan so`ng o`yin to`xtagan nuqtadan «baxsli to`p» 
orqali davom ettirish zarur. 
Agar to`p o`z holatini: maydon tashqarisiga chiqib ketganda, jarima 
to`pi belgilanganda, burchak to`pi tepilayotganda, 11 metrli jarima to`pi 
tepilayotganda, yon chiziqdan o`yinga kiritilayotgan paytda yo`qotsa, unda: 

To`p almashtirilgandan so`ng o`yin to`p kiritilishi bilan davom ettirilishi 
ko`zda tutiladi.
O`yin paytida hakamning ruxsatisiz to`pni almashtirish mumkin emas. 
3-QOIDA: O`yinchilar soni 
O`yinchilar:
O`yinda ikki jamoa har birida 11 tadan oshiq bo`lmagan o`yinchi qatnashadi. 
11 o`yinchidan bittasi darvozabon bo`lishi kerak. Agar jamoalarda 7 tadan kam 
o`yinchi bo`lsa, unda uchrashuvni boshlash mumkin emas.
 


144 
4.4-rasm 
Rasmiy uchrashuvlar: FIFA, qit`a konfederatsiyalari yoki milliy 
assotsiatsiyalar tomonidan o`tkaziladigan uchrashuvlarda uchtagacha o`yinchi 
almashtirishga ruxsat etiladi. Agar musobaqa reglamentida ko`proq o`yinchi 
almashtirish mumkin bo`lsa, unda yettitagacha o`yinchi almashtirish mumkin.
Boshqa uchrashuvlar:
Boshqa uchrashuvlarda quyidagi shartlarga asosan 5 tagacha o`yinchi 
almashtirish mumkin:
Ikki uchrashadigan jamoa maksimal darajada o`yinchi almashtirishga 
kelishganda, bosh hakam ushbu kelishuv haqida uchrashuv boshlanguniga qadar 
ogoh etilsagina. Agar uchrashuv hakami kelishuv haqida o`yin boshlanguniga 
qadar ogohlantirilmasa yoki ikki jamoa maksimal darajada o`yinchi almashtirishga 
kelisha olmasa, uchrashuvda 3 tagacha o`yinchi almashtirish mumkin.

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling