173
o`yin qoidasi buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanishi
kerak.
Agar darvozabon to`pni yon chiziqdan o`yinga kiritgandan so`ng,
to`pga boshqa o`yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to`pni atayin qo`li
bilan o`ynasa:
agar bu qoidabuzarlik o`z jarima maydonchasining tashqarisida yoki raqib
jamoa jarima maydonchasida sodir etilgan bo`lsa, o`sha
nuqtadan raqib
jamoa foydasiga jarima to`pi belgilanadi; *
agar bu qoidabuzarlik o`z jarima maydonchasida sodir etilgan bo`lsa o`sha
nuqtadan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi. *
Agar yon chiziqdan to`pni o`yinga kiritayotgan o`yinchiga raqib
o`yinchisi nohaqlik bilan, qoidaga xilof ravishda to`pni o`yinga kiritishda
xalaqit qilsa:
bu qoidabuzarlik sport qoidalariga xilof ravishda harakat qilish deb topilib,
qoida buzgan o`yinchi sariq kartochka ko`rsatish
bilan ogohlantirilishi
kerak.
15 – Qoida shartlarining qolgan istalgan buzilish holatlarida:
yon chiziqdan to`pni o`yinga kiritish huquqi raqib jamoaga beriladi.
16-QOIDA: To`pni darvoza yonidan erkin zarba bilan o`yinga kiritish
To`pni darvoza yonidan erkin zarba bilan o`yinga kiritish o`yinni davom
ettirish usullaridan biri hisoblanadi.
Bevosita to`pni darvoza yonidan erkin zarba bilan o`yinga
kiritish orqali
darvozaga kiritilgan to`p hisobga olinadi, faqat to`p
raqib jamoa darvozasiga
kiritilsa (o`z darvozasiga urilgan to`p hisobga olinmaydi).
Quyidagi holatlarda o`yin to`pni darvoza yonidan erkin zarba tepish