B ibragimov, M. Ibragimov


Himoyalanayotgan jamoa darvozaboni jamoadoshi jarima maydonchasi


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

Himoyalanayotgan jamoa darvozaboni jamoadoshi jarima maydonchasi 
ichiga kirib olsa yoki darvoza chizig`iga 11 metrdan yaqinroq yoki 11 metrlik 
nuqtaga 9,15 metrdan yaqinroq masofaga joylashib olsa:

hakam jarima to`pi tepilishiga ruxsat beradi;

agar to`p darvozaga kiritilsa, gol hisobga olinadi;

agar to`p darvozaga kiritilmasa, zarba qaytadan amalga oshiriladi. 
Ikkala jamoa o`yinchilari ham bir vaqtda o`yin Qoidasini buzsa:

zarba qaytadan amalga oshiriladi. 
Agar, 11 metrlik jarima to`pi amalga oshirilgandan so`ng:
Jarima to`pini amalga oshirgan o`yinchi to`pga boshqa o`yinchi 
teginmasdan turib, ikkinchi marta tegsa (faqat qo`li bilan emas):

o`yin qoidasi buzilgan joydan himoyalanayotgan jamoa foydasiga erkin 
zarba belgilanishi kerak (to`pga ikkinchi bor tegingani sabali). * 
Jarima to`pini amalga oshirgan o`yinchi to`pga boshqa o`yinchi 
teginmasdan turib, atayin to`pni qo`li bilan o`ynasa:  


171 

o`yin qoidasi buzilgan joydan himoyalanayotgan jamoa foydasiga jarima 
to`pi belgilanishi kerak. 
11 metrlik jarima to`pi amalga oshirilib, darvoza tomon yo`naltirilgan 
to`p begona shaxsga tegsa:

zarba qaytadan amalga oshiriladi. 
11 metrlik jarima to`pi amalga oshirilgandan so`ng, to`p darvozabon
darvoza ustuni yoki to`sinlariga tegib maydonga qaytib begona shaxsga tegsa:

hakam o`yinni to`xtatishi kerak;

to`p maydonning begona shaxsga tekkan joyidan «baxsli to`p» orqali o`yin 
davom ettiriladi.
Izoh: 1891-yili birinchi marta 11 metrlik penalti belgilandi. Asoschisi 
Irlandiyalik mutaxassis Jon Mak Penalti.
15-QOIDA: To`pni yon chiziqdan o`yinga kiritish 
To`pni yon chiziqdan o`yinga kiritish o`yinni davom ettirish usullaridan biri 
hisoblanadi. 
Yon chiziqdan o`yinga kiritilgan to`p bevosita hech kimga tegmay darvoza 
chizig`ini kesib o`tsa, gol hisobga olinmaydi.

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling