172
To`pni yon chiziqdan o`yinga kiritish tartibi va yo`l-yo`riqlari
O`yinchi to`pni yon chiziqdan maydonga tashab berayotgan paytda quyidagi
talablarni bajarishi kerak:
maydonga
yuzi bilan turishi kerak;
ikkala oyog`i tovonlarini shunday
holatda joylashtirishi kerakki,
ularning
hech bo`lmasa bir
qismi yon chiziqning ustida,
yoki maydonning
tashqarisida
turishi lozim;
to`pni ikkala qo`li bilan o`yinga kiritishi kerak;
to`pni boshidan oshirib sezilarli harakat bilan o`yinga kiritish kerak.
To`pni yon chiziqdan o`yinga kiritgan o`yinchi to`pga boshqa o`yinchi
tegmasdan turib ikkinchi marta to`pga tegishga haqqi yo`q.
To`p maydon ichiga kirishi bilan o`yin holatida deb hisoblanadi, ya`ni o`yin
davom ettiriladi.
Qoida buzarliklar, jazolar
Agar o`yinchi to`pni yon chiziqdan o`yinga kiritgandan so`ng, to`pga boshqa
o`yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to`pga tegsa (faqat qo`li bilan emas):
o`yin qoidasi buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanishi
kerak. *
Agar o`yinchi to`pni yon chiziqdan o`yinga kiritgandan so`ng, to`pga
boshqa o`yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to`pni atayin qo`li bilan
o`ynasa:
o`yin qoidasi buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga jarima to`pi
belgilanishi kerak;
agar o`yinchi o`z jarima maydonchasida to`pni qo`li bilan o`ynagan bo`lsa,
11 metrlik jarima to`pi belgilanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: