B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

TO`RTINCHI HAKAM 
Musobaqa reglamentiga ko`ra har bir o`yinga to`rtinchi hakam tayinlanishi 
mumkin. Agar maydonda harakat qilayotgan 3 hakamdan birontasi o`zining 
vazifasini bajara olmaydigan darajadagi vaziyatga tushib qolsa, unda 4-hakam 
uning o`rniga almashtiriladi.


185 

Agar hakam o`z vazifasini bajara olmaydigan darajadagi vaziyatga tushib 
qolsa unda hakamlarni almashtirish tartibi musobaqa reglamenti asosida amalga 
oshiriladi.

Bosh hakam ko`rsatmasiga binoan to`rtinchi hakam o`yingacha, o`yin 
paytida va o`yindan keyin bosh hakamga barcha tashkiliy ishlarda yordam berishi 
mumkin.

To`rtinchi hakam o`yin paytida futbolchilarning almashtirish jarayoniga 
bevosita yordam berishga majbur.

Agar o`yin jarayonida o`yindagi to`pni almashtirish zaruriyati tug`ilsa, unda 
to`rtinchi hakam bu ishga ma`suldir. O`yin vaqtini cho`zmaslik uchun to`rtinchi 
hakamda zahira to`pi bo`lishi lozim.

To`rtinchi hakam futbolchi zahiradan maydonga tushishidan oldin 
o`yinchini tekshirib ko`rish huquqiga ega. Agar futbolchining kiyinishida xatolikni 
sezsa buni darhol bosh hakam yordamchisiga ma`lum qiladi. U esa o`z o`rnida 
bosh hakamga bu haqda ma`lumot beradi.

To`rtinchi hakam barcha masalalarda bosh hakamga yordam beradi.

O`yin tugashi bilan to`rtinchi hakam o`yin haqidagi bayonnomani musobaqa 
o`tkazuvchi tashkilotga olib borib beradi. Agar o`yin vaqtida bosh hakam va uning 
yordamchilari rasmiy shaxslarning o`zlarini noto`g`ri tutishi va baxtsiz hodisalarni 
nazaridan chetda qoldirgan bo`lsa, unda to`rtinchi hakam hakamlar jamoasi bilan 
kelishilgan holda bu haqda bayonnomada aks ettirish lozim. 
 O`yin qoidalari va reglament
To`rtinchi hakam tomonidan o`yindagi to`xtalishlar hisobiga yo`qotilgan 
vaqtni e`lon qilish
7 – Qoida: O`yining davomiyligi. Vaqt qo`shib berish.
O`yinning har bir bo`limida quyidagi holatlar uchun vaqt yo`qotilishi tufayli 
qo`shimcha vaqt qo`shib beriladi:

o`yinchi (lar) almashtirish,

o`yinchi jarohati darajasining jiddiyligini baholash,


186 

kuzatib qo`yish (o`yinchiga yordam ko`rsatilishi uchun maydondan 
tashqariga chiqarish),

o`yinni cho`zish,

boshqa biror sabab. 
Vaqtni qo`shish bosh hakam ko`rsatmasiga binoan amalga oshiriladi.
Musobaqalar reglamentida belgilanishicha, o`yin vaqtida stadionlardagi 
soatlar ishlashi mumkin, yagona shart shundan iboratki har bir bo`lim, ya`ni 45 va 
90 daqiqa tugagach, soatlar to`xtatiladi. Ushbu shart final o`yinlarining qo`shimcha 
bo`limlari uchun ham taalluqli. (Ya`ni, soatlar 15 va 30 daqiqa o`tgach, 
to`xtatiladi).

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling