B ibragimov, M. Ibragimov


O`yindagi to`xtalishlar hisobiga yo`qotilgan vaqtni e`lon qilish


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

O`yindagi to`xtalishlar hisobiga yo`qotilgan vaqtni e`lon qilish
Agar o`yin tugamagan bo`lsa, bosh hakam o`yindagi to`xtalishlar uchun 
qo`shimcha vaqt ajratsa, unga juda katta bosim o`tkaziladi. O`yinchilar, 
murabbiylar, jamoalar rahbarlari va axborot vositalari qancha vaqt qo`shilganidan 
bexabar bo`lishadi va bosh hakam tomonidan qo`shib berilgan vaqtda gol urilsa, bu 
holat bosh hakamga e`tirozlarni kuchaytirib yuboradi.
Hakamlar Qo`mitasi qiziqayotgan tomonlar o`yindagi to`xtalishlar uchun 
qancha vaqt qo`shib berilayotgani to`g`risida ogohlantirilsa, bosh hakamga bosim 
keskin kamayadi degan to`xtamga keldi.
Bosh hakam va to`rtinchi hakam o`yindagi to`xtalishlar hisobiga vaqt 
yo`qotilishiga ko`proq e`tibor berishlariga to`g`ri keladi. Hakamlar Qo`mitasi 
oddiy holatlarda o`yinchi almashtirishga 30 soniya, jarohatlangan o`yinchini 
maydon tashqarisiga kuzatish uchun 1 daqiqa qo`shib berishni tavsiya etadi. 
Alohida hollarda bosh hakam yuqorida qayd etilgan holatdan farqli o`laroq, vaqt 
yo`qotilishini aniqroq hisoblashi zarur bo`ladi. (Masalan, maydonda darvozabonga 
yordam ko`rsatilganda).
Italiyada keyingi yillarda to`plangan ijobiy tajribaga asoslanib, Hakamlar 
Qo`mitasi UEFA musobaqalarining barcha o`yinlarida e`lon qilishning quyidagi 
qoidalariga asosan, to`rtinchi hakam tomonidan qo`shib berilayotgan vaqtni e`lon 
qilishni tavsiya etadi:


187 

Har bir bo`limda asosiy o`yin vaqti tugagandan so`ng (45- va 90-daqiqalar 
o`tib bo`lgach) bosh hakam to`rtinchi hakamga imo-ishora yoki ovoz chiqarib, 
qancha vaqt qo`shishga qaror qilganini bildiradi. O`yinga yarim daqiqa yoki 
soniyalar emas, to`liq daqiqalar qo`shib beriladi. Ushbu qoida qo`shimcha 
bo`limlarda ham amal qiladi (15- va 30-daqiqalar tugagandan so`ng).

To`rtchi hakam o`yinchilar, murabbiylar, tomoshabinalar va axborot 
vositalariga eng kamida qo`shib berilayotgan daqiqalarni o`yinchi almashtirishda 
foydalaniladigan raqamlangan (oddiy yoki elektron) tablichkalar yordamida 
ko`rsatadi.

Bir marta va tomoshabinlar uchun ushbu axborot stadionning retranslyatsion 
tizimi yordamida e`lon qilinishi mumkin, shuningdek, qisqa vaqt mobaynida 
stadiondagi gigant monitorda ham ko`rsatilishiga ruxsat beriladi.

O`yinning asosiy vaqti tugagach, ya`ni 45- va 90-daqiqalar o`tib bo`lgach, 
stadiondagi soat to`xtatiladi, agar qo`shimcha bo`limlar o`tkazilsa, 15- va 30-
daqiqalardan so`ng soat yana to`xtatilishi kerak.
O`yinga qo`shib berilgan daqiqalarda biror holat yuz bersa va bu holat o`z-
o`zidan yana vaqt qo`shishni talab qilsa, na bosh hakam, na to`rtinchi hakam yana 
qancha vaqt qo`shilishini ko`rsatmaydi. O`yin qoidalariga muvofiq, qo`shib 
berilgan vaqtda o`yin to`xtalishlari uchun, shubhasiz, yana bir qancha vaqt qo`shib 
beriladi.

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling