B ibragimov, M. Ibragimov


Jamoalar, o’yinchilar, zahiradagi o’yinchilar, sardor, murabbiylar


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

5.2. Jamoalar, o’yinchilar, zahiradagi o’yinchilar, sardor, murabbiylar 
Har bir jamoa murabbiy va ko’pi bilan 10 ta o’yinchidan iborat bo’ladi. 
O’yinchilardan biri sardor bo’lib hisoblanadi. Har bir jamoa tarkibida murabbiy 
yordamchisi bo’lishi mumkin. Agar jamoa biron bir turnirda uchtadan ortiq 
o’yinda ishtirok etadigan bo’lsa, har bir jamoaning o’yinchilari soni 12 tagacha 
ortishi mumkin. O’yin paytida har ikkala jamoadan beshtadan o’yinchi maydonda 
bo’lishi kerak. Ular qoidalarga muvofiq almashishlari mumkin. 
Agar jamoa a’zosi maydonda bo’lsa, u o’yinchi bo’lib hisoblanadi va o’yinda 
qatnashish huquqiga ega. Boshqa hollarda u zaxiradagi o’yinchi bo’lib hisoblanadi.
Agar hakam zahiradagi o’yinchiga maydonga tushish uchun ruxsat bersa
unda u o’yinchiga aylanadi.
Har bir o’yinchining ko’krak va orqa tomonida raqami bo’lishi kerak. Bu 
raqamlar tushunarli va bir xil rangda, maykaning rangidan yaqqol ajralib turishi 
zarur. Raqamlar aniq ko’rinib turishi lozim: orqadagi raqamlarning balandligi 
kamida 2 sm, ko’krakdagi raqamlarning balandligi kamida 1 sm bo’lishi shart. 
Raqamlar uchun ishlatiladigan ashyoning eni 0,2 sm dan kam bo’lmasligi kerak. 
Jamoalar 4-chidan 15-chigacha bo’lgan raqamlarni ishlatishlari lozim. Bir jamoa 
o’yinchilari takrorlanadigan raqamli maykani kiyib chiqishlari mumkin emas.
O’yinchining sport kiyimi quyidagilardan iborat:

bir jamoaning hamma o’yinchilari old va orqa tomonlari bir xil va 
umumiy rangda bo’lgan maykalarni kiyishlari shart. Yo’l-yo’l maykalarni kiyish 
man etiladi; 


204 

bir jamoaning hamma o’yinchilari bir xil va umumiy rangda bo’lgan 
shortik kiyishlari kerak; 

maykalar tagidan kalta yengli maykalar kiyish mumkin. Lekin kalta 
yengli maykalar kiyilsa, ularning rangi mayka rangiga mos bo’lishi shart; 

kalta shim tagidan pastga chiqib turadigan ichki kiyim kiyilsa, uning 
rangi kalta shim rangiga mos kelishi kerak.
Sardor zaruriyati tug’ilganda maydonda o’z jamoasining vakili bo’lib 
hisoblanadi. Bu qoidalarni izohlash bilan bog’liq bo’lgan savollar bo’yicha yoki 
kerakli ma’lumot olish uchun hakamga murojaat qilish mumkin. Bu narsa 
xushmuomalalik bilan qilinishi lozim. Sardor biron-bir uzrli sabab bilan 
maydondan chiqib ketishdan oldin, katta hakamga o’yinchilardan qaysi biri uning 
o’rniga sardor sifatida qolayotganligini ma’lum qiladi.
Tartib bo’yicha o’yin boshlanishiga hech bo’lmaganda 20 daqiqa qolganida 
har bir murabbiy kotibga o’yinda qatnashadigan o’yinchilarning familiyalari va 
raqamlarini, shuningdek jamoa sardori, murabbiyi va murabbiy yordamchisining 
familiyalarini ma’lum qilishi kerak.
O’yin boshlanishiga 10 daqiqa qolganida murabbiylar o’z o’yinchilarining 
familiyalari va raqamlarni tasdiqlaydilar va qaydnomaga qo’l qo’yadilar hamda 
shu vaqtning o’zida o’yinni boshlaydigan 5 ta o’yinchini belgilab qo’yadilar. «A» 
jamoasi murabbiyi shu ma’lumotni birinchi bildirayotgan bo’lib hisoblanadi. 
Agar o’yinchi o’yin jarayonida o’z raqamini o’zgartiradigan bo’lsa, unda bu 
haqida kotib va katta hakamga ma’lum qilishi zarur. 
Bir daqiqalik tanaffuslar haqidagi iltimoslarni murabbiy yoki murabbiy 
yordamchisi qilishlari mumkin. Agar murabbiy yoki murabbiy yordamchisi 
o’yinchini almashtirish kerakligi to’g’risida bir qarorga kelsalar, unda zahiradagi 
o’yinchi shu iltimosni yetkazish uchun kotibga murojaat qilishi kerak va o’yinga 
darhol tushish uchun tayyor turishi zarur. 
Agar jamoada murabbiy yordamchisi mavjud bo’lsa, uning familiyasi o’yin 
boshlanishidan oldin qaydnomaga yozilgan bo’lishi shart. 


205 
Agar murabbiy turli sabablarga ko’ra o’z vazifasini davom ettira olmasa, 
bunda murabbiy yordamchisi murabbiy vazifasini bajaradi. 
Jamoa sardori murabbiydek harakat qilishi mumkin. Agar u biron bir uzrli 
sabab bilan maydondan chiqib ketishi kerak bo’lsa, unda u murabbiy sifatida 
harakatini davom ettirishi mumkin. Lekin, agar u qoidani buzganligi tufayli 
o’yinda qatnashish huquqidan mahrum etilgan bo’lsa yoki og’ir jarohatlanganligi 
sababli murabbiylik vazifasini bajara olmasa, uning o’rniga sardor sifatida o’yinga 
tushgan o’yinchi uni murabbiy sifatida ham almashtirish kerak. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling