B ibragimov, M. Ibragimov


Musobaqani ochilish va yopilish marosimlari


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

6.8. Musobaqani ochilish va yopilish marosimlari 
Musobaqalarning turi (birinchiliklar, saralash musobaqalari, chempionatlar, 
Kubok musobaqalari, xotira musobaqalari, Osiyo yoki Olimpiya o‘yinlari va h.k.) 
va miqyosidan (tuman, viloyat, shahar, Respublika, Osiyo, Yevropa, Jahon) qat’i 
nazar, har bir musobaqa o‘ziga xos ssenariy va dastur asosida o‘tkaziladigan 
ochilish hamda yopilish marosimlari bilan farqlanadi. Musobaqaning ochilishi va 
yopilishiga doir senariyda rasmiy dasturlardan tashqari mahalliy, milliy va 
umumbashariy an’analar, rasm-rusumlar, urf-odatlar hamda udumlarga xos turli 
ko‘ngilochar tadbirlar (san’atkorlar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat 
arboblarining chiqishlari va h.k.) joy olishi mumkin.


249 
Musobaqaning ochilish va yopilish ssenariysida belgilangan dastur avvaldan 
puxta ishlab chiqiladi, muhokama etiladi va tashkiliy qo‘mita tomonidan 
tasdiqlanganidan so‘ng tayyorgarlik jarayoni tashkil etiladi.
Quyida namuna sifatida musobaqaning ochilish va yopilish marosimiga doir 
senariysi keltirilgan: 
- musobaqaning ochilishi: musobaqaning bosh hakami musiqa sadolari ostida 
ishtirokchi jamoalarni maydonga olib chiqadi va ularni saflantirib joylashtiradi; 
- bosh hakam jamoalar e’tiborini ko‘rsatma (jamoa) bilan tashkiliy qo‘mita 
«markazi»ga qaratadi va tantanavor ravishda kelib tashkiliy qo‘mita raisiga 
ishtirokchi jamoalarning musobaqaning ochilishiga saf tortganlari haqida ma’lumot 
beradi; 
- tashkiliy qo‘mita raisi qisqacha musobaqaning maqsadi va ijtimoiy-siyosiy 
ahamiyati haqida gap yuritib, tabrik so‘zini faxriy shaxs (rahbar yoki rahbar 
nomidan tabriklaydigan shaxs)ga beradi; 
- tabrik so‘zi yakunlanganidan so‘ng, bosh hakam ishtirokchi jamoalar 
nigohini davlat bayrog‘i joylashtirilgan tomonga qaratadi; 
- davlat madhiyasi yangraydi, davlat bayrog‘i ko‘tariladi; 
- davlat madhiyasi tugab, davlat bayrog‘i ko‘tarilganidan so‘ng bosh hakam 
musobaqa ishtirokchilariga murojaat qilib, ularga sihat-salomatlik, musobaqa 
o‘yinlarida mahorat va yuksak natijalar tilaydi; 
- bosh hakam ishtirokchi jamoalarni musiqa sadosi ostida maydondan olib 
chiqadi;
- musobaqaning ochilishi marosimidan so‘ng musobaqa jadvali bo‘yicha 
birinchi o‘yinda ishtirok etadigan jamoalar maydonga tashrif buyurishadi va 
musobaqa o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rishadi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling