B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

6.7. Musobaqa Nizomi 
(O‘zbekiston Chempionati misolida) 
Chempionatning maqsadi va vazifalari 
- O‘zbekistonda voleybolni yanada ommalashtirish; 
- voleybolni rivojlantirish va jamoalarning sport mahoratini oshirish; 
- mamlakat yagona sport tasnifi talablariga muvofiq voleybolchilarga sport 
razryadlarini rasmiylashtirish; 
- kuchli klublarni aniqlash va Osiyo musobaqalarida ishtirok etish uchun 
mamlakat terma jamoasini tuzish. 
Musobaqaga rahbarlik qilish 
Musobaqalar FIVB – Halqaro voleybol Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan 
rasmiy qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘yinlarda «Mikasa» firmasining MVP 200 
rangli to‘plari qo‘llaniladi.
Musobaqaga rahbarlik qilish mas’uliyati O‘zbekiston voleybol federatsiyasiga 
yuklatiladi.
Musobaqa o‘yinlarini Respublika hakamlar uyushmasi tomonidan 
tasdiqlangan hakamlar guruhi boshqaradi. Musobaqaning bosh hakami vazifasiga – 
milliy toifadagi hakam tayinlanadi.
Jamoalarni qabul qilish, joylashtirish va musobaqa o‘tkazish joylarini 
tayyorlash musobaqa o‘tkazilayotgan shahar klubi zimmasiga yuklatiladi. 
Mehmonxona, ovqatlanish va safar xarajatlari muvofiq jamoa-klublari 
tomonidan qoplanadi. 
Musobaqa o‘tkazish joyi va vaqti 
Chempionatni o‘tkazish tartibi, tizimi, joylari va vaqti ishtirokchi jamoalar 
soniga qarab chempionatdan 1 oy oldin e’lon qilinadi. 
Musobaqa ishtirokchilari 


247 
Chempionatda klublar jamoalari, ko‘ngilli sport jamiyatlari, tashkilot va 
korxonalar, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar terma 
jamoalari ishtirok etishi mumkin. 
O‘zbekiston voleybol Federatsiyasining ijroiy qo‘mitasi qaroriga muvofiq 
chempionatda ishtirok etish istagini bildirgan jamoalar O‘VF hisob raqami ______ 
ga ________ so‘m miqdorida a’zolik badali uchun mablag‘ o‘tkazishlari lozim. 
Chempionatda 
ishtirok 
etishni 
tasdiqlovchi 
xabarnoma 
_______ 
yil 
_______oktabrgacha taqdim etilishi shart. Ushbu muddatdan kech taqdim etilgan 
xabarnoma qabul qilinmaydi va jamoa chempionatda ishtirok etish huquqidan 
mahrum qilinadi. 
Chempionatda ishtirok etish huquqini olgan jamoa tarkibi 22 kishi, shu 
jumladan 18 nafar o‘yinchilar, 2 ta murabbiy, shifokor va jamoa rahbaridan iborat 
bo‘lishi mumkin.
Jamoa tarkibiga ko‘pi bilan 2 nafar chet el o‘yinchilari federatsiya ruxsati 
bilan jalb qilinishi mumkin. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling