B ibragimov, M. Ibragimov
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- HARAKATLARNING KOORDINASIYAVIY MURAKKABLIGI
- HUJUM
- HUJUM TAKTIKASI
QOTIB CHARCHASH - unda kishi go’yo gavdasini ezilgan yoki
majag’langan gumon qilib tanasida issiqlik va bo’shashishni sezadi. G`OLIB – mamlakat chempionati g`olibi, Osiyo chempionlar ligasi g`olibi yoki va hokazo. G`OLIB JAMOA – o`yin davomida eng ko`p to`p urgan jamoa g`olib bo`ladi. Agar ikkala jamoada to`plar nisbati teng bo`lsa yoki bitta ham to`p urilmagan bo`lsa bunday o`yin natijasi durang bo`ladi . HAA – hakamlar va axborot apparatlari. HARAKAT KO’NIKMALARI VA MALAKALARI – mashqlarni harakat ko’nikmasi va harakat malakasi bo’lgan taqdirdagina bajarish mumkin. Bu ko’nikma va malakalar harakatlarni bajarishning muayyan usullarini ifoda etadi. HARAKATLI O’YINLAR - jismoniy tarbiya vositasi sifatida jamoali, jamoaga uyushmay, o’zining ma’lum sport maydoniga, standart qoidasiga ega bo’lmagan, qiyin jismoniy mashqlarning ayrim elementlarini o’z ichiga olgan harakatlar tarzida ular asta-sekinlik bilan kiyinlashtirilib bir shaklga kirgizilib, sport o’yinlariga aylandi. Demak, sport o’yini ham harakatli o’yindir. HARAKAT REAKSIYASINING TEZLIGI – Individning qandaydir tanlangan signalga, buyruqqa, ovozga javoban tezkorligini tushuniladi. HARAKAT REAKSIYASI IKKI TURGA AJRATILADI – sodda (oddiy) reaksiya - bu kutilgan signalga oldindan belgilangan harakatlar orqali beriladigan javob. HARAKATLARNING KOORDINASIYAVIY MURAKKABLIGI - chakkonlikning birinchi o’lchovidir. Agar harakatning fazo, vaqt, kuch xarakteristikalari harakat vazifasiga mos bo’lsa, harakat yetarli darajada anik bo’ladi, harakat vazifalari harakatning apiqligi tushunchasini keltirib chiqaradi. Harakatning aniqligi chaqqonlikning ikkinchi o’lchovidir. 309 HIMOYA – jamoadoshlarining kuchli xatti-harakati bilan o`z darvozasi oldidagi xavfni bartaraf etish yoki xavfli vaziyatning paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik. HUJUM – o`yinchilarning to`p bilan raqib darvozasi tomon iloji boricha yaqinroq borib gol urishga harakat qilishi. Raqib darvozasi tomon zarbalar, to`p oshirishlar, to`pni olib yurishlar, himoyachilarni aldashlar, to`psiz raqib tomon yurishlar, darvoza tomon kuchli zarbalar – bularning barchasi futbolchilarning yorib kirish, hujumkor harakatlaridir. Hujumga, shuningdek, o`yinchining raqibdan to`pni olib qo`yib uni o`zida egallashga intilishi ham kiradi. HUJUM TAKTIKASI – to`p ixtiyorida bo`lgan jamoaning raqib darvozasini zabt etish uchun qiladigan harakatlarini uyushtirish tushuniladi. Himoya (nazorat)ga olish – himoyani amalga oshirish usullari, ular quyidagilar: asosiy himoyachi bo`sh zonalarni qisqartiradi va hujum qilayotgan jamoaning zarbasi yo`liga to`g`anoq bo`ladi (zonal himoya); himoyachi raqib hujumchilariga imkon qadar yaqin yuradi, bo`sh zonalarni yopadi va raqibga zarba berish, qisqa va uzoq masofalarga to`p oshirishga xalaqit beradi (shaxsiy nazorat). Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling