B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

QOTIB CHARCHASH - unda kishi go’yo gavdasini ezilgan yoki 
majag’langan gumon qilib tanasida issiqlik va bo’shashishni sezadi. 
G`OLIB – mamlakat chempionati g`olibi, Osiyo chempionlar ligasi g`olibi 
yoki va hokazo.
G`OLIB JAMOA o`yin davomida eng ko`p to`p urgan jamoa g`olib 
bo`ladi. Agar ikkala jamoada to`plar nisbati teng bo`lsa yoki bitta ham to`p 
urilmagan bo`lsa bunday o`yin natijasi durang bo`ladi

HAA – hakamlar va axborot apparatlari. 
HARAKAT KO’NIKMALARI VA MALAKALARI – mashqlarni harakat 
ko’nikmasi va harakat malakasi bo’lgan taqdirdagina bajarish mumkin. Bu ko’nikma 
va malakalar harakatlarni bajarishning muayyan usullarini ifoda etadi. 
HARAKATLI O’YINLAR - jismoniy tarbiya vositasi sifatida jamoali
jamoaga uyushmay, o’zining ma’lum sport maydoniga, standart qoidasiga ega 
bo’lmagan, qiyin jismoniy mashqlarning ayrim elementlarini o’z ichiga olgan 
harakatlar tarzida ular asta-sekinlik bilan kiyinlashtirilib bir shaklga kirgizilib, 
sport o’yinlariga aylandi. Demak, sport o’yini ham harakatli o’yindir. 
HARAKAT REAKSIYASINING TEZLIGI – Individning qandaydir 
tanlangan signalga, buyruqqa, ovozga javoban tezkorligini tushuniladi. 
HARAKAT REAKSIYASI IKKI TURGA AJRATILADI sodda 
(oddiy) reaksiya - bu kutilgan signalga oldindan belgilangan harakatlar orqali 
beriladigan javob. 
HARAKATLARNING KOORDINASIYAVIY MURAKKABLIGI - 
chakkonlikning birinchi o’lchovidir. Agar harakatning fazo, vaqt, kuch 
xarakteristikalari harakat vazifasiga mos bo’lsa, harakat yetarli darajada anik 
bo’ladi, harakat vazifalari harakatning apiqligi tushunchasini keltirib chiqaradi. 
Harakatning aniqligi chaqqonlikning ikkinchi o’lchovidir. 


309 
HIMOYA – jamoadoshlarining kuchli xatti-harakati bilan o`z darvozasi 
oldidagi xavfni bartaraf etish yoki xavfli vaziyatning paydo bo`lishiga yo`l 
qo`ymaslik.
HUJUM – o`yinchilarning to`p bilan raqib darvozasi tomon iloji boricha 
yaqinroq borib gol urishga harakat qilishi. Raqib darvozasi tomon zarbalar, to`p 
oshirishlar, to`pni olib yurishlar, himoyachilarni aldashlar, to`psiz raqib tomon 
yurishlar, darvoza tomon kuchli zarbalar – bularning barchasi futbolchilarning 
yorib kirish, hujumkor harakatlaridir. Hujumga, shuningdek, o`yinchining raqibdan 
to`pni olib qo`yib uni o`zida egallashga intilishi ham kiradi.
HUJUM TAKTIKASI – to`p ixtiyorida bo`lgan jamoaning raqib 
darvozasini zabt etish uchun qiladigan harakatlarini uyushtirish tushuniladi. 
Himoya (nazorat)ga olish – himoyani amalga oshirish usullari, ular quyidagilar: 
asosiy himoyachi bo`sh zonalarni qisqartiradi va hujum qilayotgan jamoaning 
zarbasi yo`liga to`g`anoq bo`ladi (zonal himoya); himoyachi raqib hujumchilariga 
imkon qadar yaqin yuradi, bo`sh zonalarni yopadi va raqibga zarba berish, qisqa va 
uzoq masofalarga to`p oshirishga xalaqit beradi (shaxsiy nazorat).

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling