B ibragimov, M. Ibragimov


UEFA – Yevropa ittifoqi futbol uyushmasi. FAHRIYLAR (VETERAN)


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

UEFA – Yevropa ittifoqi futbol uyushmasi.
FAHRIYLAR (VETERAN) – ayrim sport turlarida 35 yoshdan katta 
bo’lgan sportchilar (erkak va ayollar) hisoblanadi.
FINAL – kubok uchun o`tkaziladigan musobaqalarda ikkita raqib 
jamoaning hal qiluvchi uchrashuvi. Shuningdek bu ta`rifni, oldindan o`tkazilgan 
o`yinlardan yoki malaka (kvalifikatsion) o`yinlaridan keyin (masalan, dunyo 
chempionatining final bosqichi) keladigan bellashuvlariga tegishli deb ham 
hisoblash mumkin.
FINT raqibni chalkashtirish, uni aldash maqsadida bajariladigan texnik 
element.
FIFA – futbol assotsiatsiyalarining xalqaro federatsiyasi, futbol 
musobaqalarini nazorat qiluvchi bosh tashkilot. O`z tarixini 21-may 1904-yildan, 
Frantsiyaning poytaxti Parijda oltita Yevropa mamlakatlarining: Belgiya, 
Gollandiya, Frantsiya, Shvetsariya, Daniya va Shvetsiya funktsionerlari to`plangan 
vaqtdan boshlagan. Shu vaqtdan beri FIFA chempionatlarni ham o`z ichiga olgan 
yirik futbol turnirlarini o`tkazishga javob beradi. FIFA ning shtab-kvartirasi 
Shvetsariyaning Tsyurix shahrida joylashgan.
FOL (ingliz. foul) – o`yin qoidasining buzilishi. Mayda fol taktikasi bilan 
provokatsiya (ig`vo) orqali qo`pollik qilishga, majbur qildilar (ingl. foul play tirriq, 
g`irrom o`yin - qo`pol o`yinni bildiruvchi ) atama, masalan, futbolda - qo`pol 
turtish, chalish, raqibga atayin zarba berish va hokazo 


305 
FORVARD – hujum chizig`ining o`yinchisi, uning asosiy vazifasi – raqib 
darvozasiga hujum qilish.
FUTBOL sport turi, to`pni oyoq bilan o`ynash o`yini. Inglizcha “foot” 
(oyoq) va “ball” (to`p) so`zlaridan olingan. Bu so`z ko`plab tillarda 
o`zgartirilmasdan qabul qilingan.
XUSHTAK – futbol hakamining eng muhim va ajratib bo`lmaydigan 
anjomi hisoblanadi. Futbol hakamlarida hushtaklarning paydo bo`lishidan oldin, 
arbitrlar o`yin qoidalarining buzilishi yoki o`yin to`xtatilishi haqidagi signallarni 
ro`molchalari bilan harakat qildirishgan (bu borada juda ko`p qarama-qarshi 
taxminlar mavjud – sirenalar (signal beradigan asbob), qo`ng`iroqchalar va 
baqiriqlar, dod urishlar). 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling