B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

YAKUNIY BAYONNOMA – sportchilarning yengil atletika musobaqalari 
bo’yicha egallagan o’rni, eng yaxshi natijalari qayd qilingan xujjat hisoblanadi.
YAQSI – yangi qurilgan sport inshootlari 
YUGURISH – bitta tayanch va uchish fazalaridan tashkil topgan, odamning 
harakatlanish usuli hisoblanadi.
YUQORI START – o’rta va uzoq masofaga yugurishda yugurish 
masofasining boshlanishi usuli, bunda ikkita tayanch nuqtasining mavjudligi 
(yo’lakka ikkala oyoq bilan tegib turish, qo’llar erkin holatda) va quyidagi 
buyruqlardan foydalanish: «Startga», «Qadam bos» («Marsh») bilan tavsiflanadi.
YUGURISH futboldagi asosiy harakatlanish vositasi yugurishdir. To`pni 
boshqarmayotgan futbolchilar yugurish yordamida maydonda turlicha joylashib 
oladilar. Bundan tashqari yugurish tarkibiy qism sifatida to`pni boshqarish 
texnikasiga ham kiradi. Futbolda yugurishning quyidagi usullari qo`llaniladi: oddiy 
yugurish, tisarilib yugurish, chalishtirma qadam tashlab yugurish, juftlama qadam 
tashlab yugurish. 
YUKLAMA – sport o`yinlarida raqib jarima maydonchasiga to`pni 
havolatib o`zining jamoadoshi hujumchisiga yetkazib berish raqibning mustahkam 
himoyasidan o`tishda qo`l keladi.
YULDUZ – mashhur sportchi.
O`YIN, bahs (match) – ikki futbol jamoasining futbol qoidasi va hakam 
qo`shgan vaqti mobaynida musobaqalashishi. O`yin ikki taymdan iborat.
O’RTA MASOFAGA YUGURISH – 500 metr va 2000 metr masofaga 
guruh holida yugurish dasturidan tashkil topgan yengil atletika sport turi 
hisoblanadi.  


308 
O’TIB TUSHISH (ZASTUP) – gorizontal holatda sakrash davomida 
itarilishda plankaning chekka sohasi bo’ylab oshib o’tish. O’tib tushish holatida 
sportchining urinishi hisobga olinmaydi.

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling