B ibragimov, M. Ibragimov
V. Мusobaqada ishtirok etish shartlari
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК
V. Мusobaqada ishtirok etish shartlari
13. Мusobaqalarda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar bosqichi chempionatlarida g`olib va sovrindor hamda iqtidorli sportchilardan tashkil topgan viloyat terma jamoalarini ishtirok etishiga ruxsat etiladi. 82 14. Мusobaqa ishtirokchilarining yosh toifalari O`zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan norma va talablarga ko`ra amalga oshiriladi. 15. Мusobaqa hakamlari, tegishli mutaxassislar, tibbiyot xodimlari mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi tarkibda belgilanadi. 16. Sport musobaqasida sportchilar va trenerlar Xalqaro federatsiya tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga hamda O`zbekiston kurash federatsiyasining reglamentiga asosan bir xildagi sport kiyimida ishtirok etishlari shart. 17. Мusobaqada hakamlar va trenerlarning yig`ilganidan foydalanib seminar, master-klasslar hamda dashat sessiyalari o`tkazilishi mumkin. VI. Мusobaqani o`tkazish shartlari 18. Мusobaqani o`tkazish shartlari sport turining xususiyati, xalqaro norma va talablardan kelib chiqib belgilanadi. Musobaqaning tegishli tartib va qoidalari 2019 yil 11 dekabr kunidagi kurash sport turi bo`yicha trenerlar kengashining 20 – sonli yig`ilish bayonida muhokama qilingan va jamoalarning vakillariga yetkazilgan. 19. Мusobaqalar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyuldagi 205-son “Оmmaviy tadbirlarni tashkil etish va o`tkazish tadbirini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog`risida”gi qaroriga asosan tashkil etiladi. 20. O`zbekiston chempionatlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ–3031-son qarori bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturining 68-pozisiyasi talablariga muvofiq tashkil etiladi. 21. Мusobaqaning o`tkazilishi O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug`i bilan tasdiqlangan musobaqaning bosh hakami zimmasiga yuklatiladi. 22. Мusobaqa nizomining tegishli bandlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan taqdirda musobaqalar boshlanishidan 3 kun oldin musobaqa ishtirokchilariga taqdim etiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling