B ibragimov, M. Ibragimov


VII. Мusobaqada ishtirok etish uchun talabnomalarni taqdim etish shartlari


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

VII. Мusobaqada ishtirok etish uchun talabnomalarni taqdim etish shartlari
23. O`zbekiston kurash federatsiyasining me`yor va talablari asosida 
talabnoma (buyurtma)larni taqdim etish shakli mazkur Nizomning 4-ilovasiga 
muvofiq jamoalar tomonidan mandat komissiyasiga asl nusxada taqdim etiladi. 
24. Мusobaqada ishtirok etish uchun sportchilardan O`zbekiston kurash 
federatsiyasi qoidalari asosida kurash sport turining xususiyatlaridan kelib chiqib 
quyidagi hujjatlarni taqdim etish talab etiladi: 
а) pasport (asli ko`rsatiladi); 
б) sportchilarning sug`urta varaqasi; 
в) tibbiyot muassasasining vrachi tomonidan sportchining musobaqada 
ishtirok etishiga ruxsat berilishi (imzo va muhri bilan tasdiqlangan holda); 
г) hududiy jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan 
hamda hududiy federatsiyalar bilan kelishilgan talabnoma (buyurtnoma). 
25. Мusobaqada ishtirok etish uchun talabnoma (buyurtma), musobaqa 
boshlanishidan 
10 
kun 
oldin 
tegishli 
manzil 
(xxxx 
telefon 
raqam, 
ukf.kurash@mail.com elektron manzili) ga topshiriladi. 
VIII. Мusobaqani moliyalashtirish manbalari
26. Мusobaqada ishtirok etuvchi sportchilar, trenerlarning ovqatlanishi
yotoqxona va yo`l harajatlari safarga yuboruvchi tashkilotlar tomonidan; 
musobaqada ishtirok etuvchi hakamlarning harajatlari vazirlik tomonidan, ayrim 
hollarda federatsiya va homiylar tomonidan; musobaqada xizmat qiluvchi 
xodimlarning harajatlari federatsiya tomonidan amalga oshiriladi. 
27. Мusobaqani 
moliyalashtirishi 
yuzasidan 
ushbu 
Nizomning 
moliyalashtirish shartlariga vazirlik tomonidan o`zgartirish va qo`shimchalar 
kiritilishi mumkin. 
IX. Мusobaqa natijalari yuzasidan berilgan murojaatlarni ko`rib chiqish 
28. Мusobaqa natijalari bo`yicha berilgan murojaatlarni ko`rib chiqish 
uchun federatsiyaning ijroiya qo`mitasi tomonidan ko`rib chiqib qaror qabul 
qilinadi. 


84 
29. Мusobaqa natijasi bo`yicha murojaatlar jamoaning treneri tomonidan 
musobaqadan so`ng musobaqa bosh hakamiga taqdim etiladi.
30. Berilgan murojatlar federatsiyaning ijroiya qo`mitasi tomonidan o`rganib 
chiqilib, ular yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi bir ish kunida belgilanadi.
31. Qabul qilingan qaror natijasi bo`yicha ijroiya qo`mitasi tomonidan 
murojaat qilgan trenerga bir ish kuni ichida yozma (yoki og`zaki) tartibda javob 
berilishi ma`lum qilinadi.
32. Federatsiyaning ijroiya qo`mitasi murojaatni ko`rib chiqish natijalariga 
ko`ra musobaqa natijasini bekor qilishi yoki unga tegishli o`zgartirish kiritishi 
mumkin.
33. Federatsiyaning ijroiya qo`mitasi murojaatni ko`rib chiqish natijalari 
bo`yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
shikoyat qilinishi mumkin.

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling