B ibragimov, M. Ibragimov


Suvda sirg’anish mashqlari


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

Suvda sirg’anish mashqlari 
Vaznining solishtirma og’irligi o`rtacha bo`lgan kishilarga o`z muvozanatini 
suvda saqlash oson bo`lsa, gavdasi og’ir kishilarga qiyin bo`ladi. Ko`pchilik 
odamlar gavdasining gorizontal holatini faqat sirg’anish orqali saqlashadi
depsinganda olingan sirg’anish tezligi pasayishi bilan oyoqlar sekin-asta suvga 
bota boshlaydi. Suv yuzasida yotgan odam siljimasdan turib, muvozanat saqlab 
turgan paytda gavdaning biror joyini o`zgartirmoqchi bo`lsa, muvozanati buziladi. 
Chunki bosim markazining holati og’irlik markaziga nisbatan o`zgaradi. 
Suzuvchi sirg’anish mashqida depsinib, gavdasi bilan suv sathida cho`zilib 
yotadi, ko`p kuch sarflamasdan oldinga asta siljiy oladi. Tabiiyki, gavdaning erkin 


100 
holati boshni qanday tutishga va o`pkaning havo bilan to`lish darajasiga bog’liq 
bo`ladi. Bosh ortiqcha ko`tarib yuborilsa, gavda muvozanati buziladi, bunda 
oyoqlar pastga tushadi va yelka-bo`yin muskullari taranglasha boshlaydi. Natijada, 
odam yaxshi suza olmaydi. Demak, suvda sirg’anish mashqlarini to`g’ri bajarish 
zarur. 
1-mashq. Suvda (belgacha chuqurlikda) ikki oyoqlab qattiq depsining 
(albatta, chuqur nafas olib), suv yuzasida cho`zilgancha ko`krakda yoting, qo`llar 
oldinda, bosh qo`llar orasida bo`lsin, oyoqlar uchini ichkariga sal bukib sirg’aning. 
2-mashq. Chalqancha yotgan holatda sirg’anish. Ko`krakkacha suvda turib, 
qo`llarni yuqori ko`taring, chuqur nafas oling, nafasni tutib, orqaga suv tagidan 
depsinib, sirg’anib chalqancha yoting. Bosh tepaga qaragan: oyoqlar birlashgan, 
uchlari cho`zilgan bo`ladi. Mashqlar basseyn devoridan itarilib, bir necha marta 
takrorlanadi va kim uzoqroqqa sirg’anish o`ynaladi. 
Suzish usullari 
Yuqorida aytib o`tilganlardan ma`lum bo`ldiki, har qanday sportdagi suzish 
texnikasi ma`lum qoidaga asoslangan harakat va holatlar majmuasidan iborat ekan. 
Bu harakat va holatlar asosan beshta bo`lib, bular: 1) gavda holati; 2) oyoqlar 
harakati; 3) qo`llar harakati 4) nafas; 5) harakatlarning umumiy uyg’unlashuvidan 
iborat. Har qanday sportdagi suzish usullarining negizi deyarli shularga asoslanadi. 
Shulardan kelib chiqib, butun suzish usullarini ikki guruhga bo`lish mumkin. 1. 
qo`l va oyoqlarni navbatma-navbat harakatlantirib suzish. Bunga: a) ko`krakda 
krol’ usulida suzish va b) chalqancha krol’ usulida suzish kiradi; 2. qo`l va 
oyoqlarni bir vaqtda harakatlantirib suzish. Bunga: a) brass usulida suzish va b) 
batterflyay usulida suzish (buni del’fincha suzish ham deyiladi) kiradi 
(del’finlarning suzishini ko`z oldingizga keltiring). Yonboshlab suzish sportda o`z 
ahamiyatini yo`qotgan. U ba`zi o`yinlarda va maxsus talab qo`yilgan paytlarda 
qo`llaniladi, xolos. Endi bularga alohida-alohida to`xtab o`tamiz. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling