B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

Brass usuli 
Brass usulida suzish chindan ham eng qadimiydir. U shuning uchun ham 
qadimiyki, odam suvga u yoxud bu sabablarga ko`ra tushar ekan, albatta brass 
usulida suzishning qandaydir elementlarini bajaradi, endigina suvga tushgan odam 
ham, suzishni o`rganishni maqsad qilib olgan bola ham shartli ravishda brassdagi 
harakat elementlarini bajaradi. Buning sababi mazkur suzish usulining oddiyligida, 
uning hayotga yaqinligidadir. Hatto yerda o`tiradigan bola ayrim vaqtlarda 
oyoqlarini ikki yoniga bukib brass holatini oladi. Bejiz emaski, sport 
mutaxassislari brass usulini tusha suzish usuli deyishadi. 
Brass usulida suzish sportda XVI-XVII asrlarda Yevropada keng tarqalgan 
edi. Hatto nemis o`qituvchisi Nikolay Vinema suzish sportiga oid asari 
(«Vodolaz») da brass usulini bayon qilar ekan, uni qurbaqaning suzishiga 
o`xshatadi. Inglizlar bu usulni «ko`krakda suzish» deb ta`riflaganlar. Frantsuzlar 
esa brasscha suzish deb nomlaganlar. Keyinchalik suzishning bu usuli faqat sport 


112 
musobaqalarida emas, balki harbiy mashq sifatida ham keng yoyiladi va bora-bora 
qo`shinlarda uni o`rgatish; maxsus tayyorgarlikdan o`tish kabi jangovar mashqlar 
qatoridan o`rin oladi. 
Brass usuli qanchalik keng tarqalgan bo`lishiga qaramay, u olimpiada 
o`yinlaridagi musobaqalarga ko`p vaqtgacha kiritilmay keldi. Faqat 1908-yili 
Londonda bo`lib o`tgan IV Olimpiadada mustaqil sport turi sifatida o`yinga 
kiritildi. 
Ma`lumki, brass usulida suzishning tezligi past bo`lgan. Hozir ham nisbatan 
shunday. O`sha paytlarda nemis suzuvchisi Rademaxer tezlikni oshirish uchun 
burilish va finish oldida qo`llarni havoda ko`tarib «uchish» harakatlarini qo`shdi. 
1928-yili Amsterdam (Gollandiya) da bo`lib o`tgan musobaqalarga filippinlik T. 
Il’defonso suv ostida songacha suvni eshish harakatlarini kiritdi. 1956-yildagi 
Mel’burn (Avstraliya)da bo`lgan XVI Olimpiada o`yinida sovet suzuvchi 
sportchisi X. Yunichev 200 metrlik masofaga suzishda «Sho`ng’ib brass» usulini 
qo`llab tezlikni yana ham oshirishga muyassar bo`ldi. Ammo keyinchalik suvga 
sho`ng’ib brasscha suzish man qilindi. 
Yillar o`tib brass usulida suzishning texnikasi takomillashib. boraverdi. Bir 
qator elementlar yangilandi, qo`shildi. Masalan, urushdan keyin gollandiyalik 
trener M.Braun o`z shogirdi A.Xaan bilan birga izlanishda bo`lib, o`ziga xos 
yangilik kiritdi. Ular boshni suvdan ko`tarmagan holda qo`llar bilan eshib, oyoqlar 
suvni depsilayotgan vaqtda panjalar yordamida suvni o`ziga tortish va shu paytda 
boshni ko`tarib nafas olishni qo`lladilar. 
Xullas, brass usulida suzish ancha takomillashtirildi. Bu usulning hayotda 
amaliy ahamiyati ham kattadir. Masalan, cho`kayotganlarni qutqarishda, narsalarni 
olib o`tishda, zaruriyat taqozo qilganida kiyim-bosh bilan suvga tushib suzishda bu 
usul juda qo`l keladi. Chunki asosiy itarish kuchi oyoq bilan bajariladi, qo`llar esa 
biror boshqa ishni bajarishi, ya`ni, masalan, cho`kayotgan odamni ushlab suzish 
mumkin. 


113 
3.4-rasm 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling