B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

 
 
 
 
 
 
 
 
 
3.3-rasm 
Qo`llar harakati. Aytaylik, qo`llar bilan suv ustida qilinayotgan harakat 
tugadi, endi to`g’ri uzatilgan qo`llarni yelka kengligida oldin panja, keyin bilak va 
yelka suvga botiriladi. Suvga botgan to`g’ri holatdagi qo`llar oldinga va pastga 
harakat boshlaydi. Buni suzish texnikasida qo`lni suvga botirish va suzish bosqichi 
deyiladi. Bu bosqichdan keyin eshishning tayanch qismi boshlanadi. Bunda qo`llar 
tirsak va bilak-panja bo`g’imlaridan bukila boshlaydi va pastga harakatini davom 
ettiradi, panjalar suzuvchi harakatlanayotgan tomonga perpendikulyar holda 
yaqinlashadi. Suv sathi bilan qo`llar oralig’idagi burchak 30° ga yetganida bu 
bosqich tugaydi. endi eshishning asosiy qismi boshlana-da: qo`llar hozir 
aytganimizdek, pastga va orqaga harakatlana borib, tirsak bukimidan bukilishda 
davom etadi va taxminan 125° ga yetganda tortish kuchi eng cho`qqisiga chiqadi, 
panjalar esa vertikal holatga kelib harakatini davom ettiradi. Qo`llarni suvdan 
chiqarish oson bo`lishi uchun eshishning asosiy qismini tugatish oldida panjalarni 
orqaga va biroz tepadan chetroqqa olish lozim. 
Qo`llar suvdan olishda navbat bilan yelkalarga, so`ng bilaklar va panjalarga 
keladi. Bunda qo`llar tirsak bo`g’imidan xiyol bukiladi. Keyin qo`llarning suv 
ustidagi harakati boshlanadi. Bunda ikkala qo`l deyarli cho`zilgan holatda, 


110 
zo`riqmay, ammo tezlik bilan harakatlanishi lozim. Panjalar kaft yuzasi bilan suv 
tomonga qaratiladi va faqat suvga kirish oldida bilak bilan birga pastga 
yo`naltiriladi. Shu bilan del’fincha suzishning bir sikli tugaydi. 
Nafas olish va chiqarish. Ma`lumki, qo`llar bilan eshishning asosiy qismi 
bajarilayotgan vaqtda elka kamari eng yuqori cho`qqiga ko`tarilgan payt bo`ladi, 
bosh suvdan chiqadi va nafas olinadi. Bu vaqtda qo`llarni suv sathidan ko`tarib 
ishlashning birinchi yarmi tugaydi. Keyin bosh suyagi yuz tomon bilan tusha 
boshlaydi, qo`llar suv sathidan ko`tarib tushishi tugaydi. Sal o`tmay nafas 
chiqariladi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling