B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

Oyoqlar harakati. Sportchi suzib ketayotganida uning oyoq harakatlarining 
roli ham ko`p narsaga bog’liq. Odatda, sportchining oyoqlari muttasid 
qaychisimon harakatlarni bajarib borishi kerak. Chunki oyoqlar harakati gavdani 
gorizontal holatda barqaror ushlashga, tezlikni quvvatlab borishga xizmat qiladi. 
Shu jihatdan ular harakatlariga nom berilgan. Masalan, oyoqlarning pastga harakat 
qilishi ishchi harakati (yoki eshish harakati), yuqoriga harakati esa tayyorlanish 
harakati deyiladi. Ularning vazifalari ham har xil. Chunonchi, ishchi harakatlar 
gavdani olg’a siljishiga bir qadar xizmat qilsa, tayyorlanish harakatlari gavdaning 
siljishiga hech qanday ta`sir ko`rsatmaydi. Uzoqdan suzuvchining orqasiga qarab 
turilsa, uning gavdasi go`yo suvda yotibdi-yu, ortida suv qaynamasi 
bo`layotganday tuyuladi. 
Ishchi harakat paytida oyoq-tizza va boldir-panja bo`g’imlaridan yozilib, son 
bo`g’imidan bukilib boradi. Shu asnoda oyoq pastga harakatlanib boradi va to 
oyoq tizzadan to`la to`g’ri holatga kelgunicha pastga tushadi, son esa boldir va 
panjadan oldinroq yuqoriga harakatlana boshlaydi. Oyoq tizza bo`g’imidan 
batamom yozilib bo`lgach, ishchi harakat tugaydi. 
Tayyorlanish harakati. Hozir aytib o`tganimizdek, oyoq suv ostida tizza 
bo`g’imidan batamom to`g’rilanib olgach, (panja ichkariga burilgan) u gavdaga 
nisbatan pastga egik, ya`ni chanoq-son bo`g’imidan bukilgan holatni oladi. 
Yuqoriga harakat oyoqni chanoq-son bo`g’imidan yozish bilan boshlanadi. Oyoq 
to gorizontal holatga kelguniga qadar ham to`g’ri turadi, sal yuqoriga ko`tarildimi, 
u tizza bo`g’imidan bukila boshlaydi, boldir bilan panja esa yuqoriga harakatini 


104 
davom ettiraveradi. Shu paytda oyoq chanoq-son bo`g’imidan bukila turib pastga 
harakat qiladi. Soy bilan tana burchagi taxminan 170°, tizza bo`g’imidagi burchak 
135° ga etganida oyoqning pastdan yuqoriga bo`lgan harakati tugaydi va 
navbatdagi ishchi harakat boshlanadi, biz buni yuqorida tasvirlab o`tdik. 
Endi ikkala oyoqning bir-biriga monand harakatiga kelsak, bu - suzuvchi 
sportchi uchun juda muhim. Demak, yuqorida aytib o`tganimizdek, tayyorlanish 
harakati o`z chegarasiga etishi bilan u pastga harakat qilib ishchi harakatini 
boshlaydi, xuddi shu paytda esa o`zining ishchi harakatini tugatayotgan ikkinchi 
oyoq yuqoriga harakat qilib, tayyorlanish harakatiga o`tadi. Mana shu dam-badam 
almashinib bajarilayotgan oyoqlar harakati muttasil bir-biriga mos tushib borishi 
va har doim gavdaning olg’a harakatlanishiga xizmat qilishi lozim. 
Ko`krakda krol’ usulida suzishda bu usulning tarixiga asos solgan 
mamlakatimizning ko`pgina suzuvchi-sportchilari qimmatli hissa qo`shishgan. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling