B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

Del’fincha suzish 
Del’fincha suzish yoki batterflyay usulida suzish brass usulida suzishning bir 
turi sifatida maydonga keldi. Uning sportcha suzish turi o`rnida rivojlanib
takomillashib borishida ko`pgina sportchilar salmoqli hissa qo`shdilar. Masalan, 
1936-yili B. Boychenko 100 metrga, 1941-yili 200 metrga suzish bo`yicha olib 
borilgan musobaqalarda o`sha davrning jahon rekordchisi bo`ldi. Ammo bu 
paytlarda suzishning bu usuli hali mustaqil sport turi deb tan olinmagan edi. Faqat 
1953-yili FINA maxsus qaror qabul qilib, suzishning bu del’fincha usulini suzish 
sportining mustaqil turi ekanligini rasmiy xabar qildi. Shundan keyin olimpiada 
o`yinlarida bu usulda bellashuvga ayollar uchun 100 metr, erkaklar uchun 200 
metrli dastur kiritildi. 1968-yildagi Mexiko (Meksika)da bo`lgan XIX Olimpiadada 
yana ikkita programma: ayollar uchun 200 metr, erkaklar uchun 100 metrli 
masofada musobaqalashish qo`shildi. Shu yo`sinda suzishning bu usuli rivojlanib 
bordi, uni bajarish texnikasi esa takomillashaveradi. Natijada 1972-yilgi Myunxen 
(GFR)da, 1976-yilgi Monreal’ (Kanada)da o`tkazilgan XX va XXI Olimpiada 
o`yinlarida ikki zarbli texnika usuli amaliy jihatdan eng afzal usul deb tan olindi. 
Bunda qo`llar yordamida qattiq zarb bilan eshish, eshish vaqtida tirsaklarni yuqori 
tutish, o`rtacha amplitudada gavda bilan to`lqinsimon harakat qilib borish, ikki 
zarbli del’fincha suzish usulining eng zarur elementlari sifatida ma`qullandi. 
Del’fincha suzish usuli ikkala qo`l va ikkala oyoq bilan bir vaqtda, 
simmetrik ravishda bajarilgan tananing to`lqinsimon harakatlari majmuasini o`z 
ichiga oladi. Uning ayrim harakat elementlari borki, bular ko`krakda krol’ usulida 
suzishdagiga o`xshash bajariladi, tezligi jihatidan undan keyingi, ya`ni ikkinchi 


109 
o`rinda turadi. Biz quyida ikki zarbli del’fincha suzish usulining texnikasi xususida 
to`xtalamiz. Bunda har bir tsikl bir marta qo`llar bilan harakatlanib, ikki marta 
oyoqlar bilan zarb berish va bir marta nafas olib, bir marta nafas chiqarish bilan 
tugaydi. Suzuvchining gavdasi suv yuzida qo`l - oyoqlari uzatilgan, boshi yuzni 
suvga botirgan holatda bo`ladi (3.3-rasm). 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling