B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

Chalqancha krol’ usuli 
Chalqancha krol’ usuli ham ancha qadimiy sportcha suzish usullaridandir. 
Masalan, u olimpiada o`yinlari dasturida dastlab 1904-yili Sent-Luis (AQSH)da 
bo`lib o`tgan musobaqada kiritildi. Bu III Olimpiadada faqat erkaklar qatnashgan 
edi. 1924-yili Parij (Frantsiya)da bo`lib o`tgan Olimpiadadan boshlab, bunday 
musobaqalarda ayollar ham qatnashadigan bo`ldi. 1964-yili Tokio (Yaponiya)da 
bo`lib o`tgan XVIII Olimpiadada erkaklarning 100 m masofaga suzish dasturi 200 
m qilib o`zgartirildi. 1968-yilgi Mexiko (Meksika)da bo`lgan XIX Olimpiadada 
mazkur usulda suzish bo`yicha ikki xil masofa belgilandi. Ya`ni ayollar ham, 
erkaklar ham 100 va 200 metrga musobaqalashadigan bo`ldilar. Bu dasturga 
keyinchalik 50 metr masofa ham kiritildi. Shunday qilib, hozir chalqancha krol’ 
usuli bo`yicha 50, 100 va 200 metr masofalarga suzish dasturlashtirilgan. Ammo 
bu usulda suzishning texnikasi borgan sari takomillashtirib borildi. Masalan, 1973-
yili jahon chempioni bo`lgan, ikki marta olimpiada chempionligini qo`lga kiritgan 
AQSHlik M. Bellount va qator musobaqa sovrindorlari: S. Etvud (AQSH), A. 
D’yarmat (Vengriya), e. Brigita (Gollandiya) va boshqalar chalqancha krol’ 
usulida suzish musobaqalarida suzish texnikasiga o`zlariga xos elementlarni 


105 
qo`shib, ajoyib san`atlarini namoyish etdilar. Masalan, ular qo`l bilan uzluksiz, 
chuqur eshishga, qo`lni tirsakdan 90-100° gacha bukishga, elka og’ishiga, tanani 
gorizontal holatda yaqinroq keltirishda ancha yutuqlarga erishdilar; boshlari suvda 
bir tekislikda turgani holda, oyoqlari kichik amplitudada ketma-ket muntazam 
harakat qildilar. 
Shunday qilib, suzishning bu usuli bo`yicha olib borilgan qator 
musobaqalarda sportchilar uning takomillashgan zamonaviy texnikasiga erishdilar. 
Chalqancha krol’ usulida suzish ko`krakda krol’ usulida suzishga 
o`xshashdir. Buning o`ziga xos ko`zga tashlanib turadigan tomoni odam suvda 
chalqancha yotib harakat qiladi. Oyoqlar bilan qo`llar to`xtovsiz navbatlashib 
harakat qiladi, nafas olish ham, chiqarish ham suvdan tashqarida bo`ladi, gavda 
gorizontal holatga yaqin turadi (8° atrofida), ensa suv ichida, yuz suv sathida, 
engak bo`yinga xiyol tortilgan bo`ladi (3.2-rasm). 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3.2-rasm 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling