B ibragimov, M. Ibragimov
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nafas olish va chiqarish.
3.3-rasm Qo`llar harakati. Aytaylik, qo`llar bilan suv ustida qilinayotgan harakat tugadi, endi to`g’ri uzatilgan qo`llarni yelka kengligida oldin panja, keyin bilak va yelka suvga botiriladi. Suvga botgan to`g’ri holatdagi qo`llar oldinga va pastga harakat boshlaydi. Buni suzish texnikasida qo`lni suvga botirish va suzish bosqichi deyiladi. Bu bosqichdan keyin eshishning tayanch qismi boshlanadi. Bunda qo`llar tirsak va bilak-panja bo`g’imlaridan bukila boshlaydi va pastga harakatini davom ettiradi, panjalar suzuvchi harakatlanayotgan tomonga perpendikulyar holda yaqinlashadi. Suv sathi bilan qo`llar oralig’idagi burchak 30° ga yetganida bu bosqich tugaydi. endi eshishning asosiy qismi boshlana-da: qo`llar hozir aytganimizdek, pastga va orqaga harakatlana borib, tirsak bukimidan bukilishda davom etadi va taxminan 125° ga yetganda tortish kuchi eng cho`qqisiga chiqadi, panjalar esa vertikal holatga kelib harakatini davom ettiradi. Qo`llarni suvdan chiqarish oson bo`lishi uchun eshishning asosiy qismini tugatish oldida panjalarni orqaga va biroz tepadan chetroqqa olish lozim. Qo`llar suvdan olishda navbat bilan yelkalarga, so`ng bilaklar va panjalarga keladi. Bunda qo`llar tirsak bo`g’imidan xiyol bukiladi. Keyin qo`llarning suv ustidagi harakati boshlanadi. Bunda ikkala qo`l deyarli cho`zilgan holatda, 110 zo`riqmay, ammo tezlik bilan harakatlanishi lozim. Panjalar kaft yuzasi bilan suv tomonga qaratiladi va faqat suvga kirish oldida bilak bilan birga pastga yo`naltiriladi. Shu bilan del’fincha suzishning bir sikli tugaydi. Nafas olish va chiqarish. Ma`lumki, qo`llar bilan eshishning asosiy qismi bajarilayotgan vaqtda elka kamari eng yuqori cho`qqiga ko`tarilgan payt bo`ladi, bosh suvdan chiqadi va nafas olinadi. Bu vaqtda qo`llarni suv sathidan ko`tarib ishlashning birinchi yarmi tugaydi. Keyin bosh suyagi yuz tomon bilan tusha boshlaydi, qo`llar suv sathidan ko`tarib tushishi tugaydi. Sal o`tmay nafas chiqariladi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling