B ibragimov, M. Ibragimov
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nafas olish.
- Oyoqlar harakati.
Qo`llar harakati. Dastlab qo`llar cho`ziladi va panjalar yoni bilan
birlashtiriladi, kaftlar pastga qaragan bo`ladi (4-rasm). So`ng qo`llar pastga va ikki yon tomonga kerilib harakat qiladi. Shu vaqtning o`zida kaftlar tashqariga qaratiladi va suzuvchi harakatiga perpendikulyar qilib suvni torta boshlaydi. Qo`llar bilan suv sathi oralig’idagi burchak taxminan 15-20° ga etganida ishchi harakat eng samarali holatga kelgan bo`ladi. Ya`ni qo`llar tirsak bug’imidan xiyol bukilib orqaga - pastga va yon tomonga harakat qilarkan, zarb bilan suvni panjalar yordamida orqaga itaradi. Bunda ularning oxirgi harakat nuqtasi qo`llar vertikal holatga yetgan payti bo`ladi. Shu bilan ishchi harakat kam tugaydi. Endi tayyorlanish harakati boshlanadi. Bunda kaftlar tana tomonga, ya`ni ichkariga burilar ekan, shu bilan bir vaqtda qo`llar tirsak bo`g’imidan taxminan 95-100°ga bukiladi. Keyin ular bukilishda davom etib tirsak pastga tushadi, panjalar esa yuqoriga ko`tarilib, ular bilan bir chiziqqa yetadi va oldinga cho`zilib ko`krak ostiga keladi. Shundan keyin kaftlar oldinga-orqaga, yuqoriga harakatlanib, qo`llar tirsakdan yozib yuboriladi va dastlabki holatga - ishchi harakatiga tayyorgarlik ko`radi. Shu bilan tayyorlanish harakati ham tugaydi, ya`ni ko`llar bir harakat tsiklini bajargan bo`ladi. Nafas olish. Suzuvchi sportchi nafas olish uchun dastlab yelka kamarishi yuqoriga ko`tarishi kerak. Bu holat qo`llar bilan eshishni tugatish paytiga to`g’ri keladi. Xuddi shunda u og’iz ochib nafas oladi. Keyin yuzni suvga botirib bir ozdan keyin og’iz-burundan nafas chiqaradi. Nafas olish va chiqarish musobaqa oxiriga qadar bir maromda, shu zaylda davom etishi lozim. Oyoqlar harakati. Dastlabki holatda oyoqlar uzatib yuborilgan, bir-biriga birlashtirilgan, oyoqlar uchi ham cho`zilgan bo`ladi. Harakat boshlanishi bilan ikkala oyoq tizzadan va chanoq-son bo`g’imlaridan bukiladi. Shu paytning o`zida oyoqlar tizzadan ikki yon tomonga yelka kengligida keriladi va sal pastga tushiriladi, oyoqlar panjasi esa (kafti) suv sathiga yetar-yetmas vaziyatda tanaga 114 tomon harakatlanadi va tashqariga buriladi. Shu harakat oxirgi nuqtasiga yetganida tayyorlanish harakati tugaydi. Bunda son bilan tana oralig’idagi burchak taxminan 125° atrofida, son bilan boldir burchagi 45-50° atrofida bo`ladi. Bir so`z bilan aytganda, tizzalar suv sathiga perpendikulyar holatga kelgan bo`ladi. Uni juda tez bajarish kerak. Aks holda uning suzuvchi harakatiga qarshiligi yana ham ortib ketadi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling