B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

Nafas olish. Suzishning bu usulida nafas olish va chiqarish ham o`ziga xos 
tarzda kechadi. Masalan, suzuvchi yuqoridagi qo`l bilan eshish harakatini tugallash 
oldida boshini suvdan chiqib turgan yelkasiga qaratadi, qo`li suvdan chiqib 
harakatining birinchi yarmiga kelganida nafas oladi. Keyin suzuvchi yuzini suvga 
botirib nafas chiqaradi va h. k. Keyingi nafas olish va chiqarishlar shu tariqa
davom etib boraveradi. 
Oyoqlar harakati. Bunda ham suzuvchi tayyorlanish va ishchi harakatlarni 
bajaradi. 


117 
Yuqoridagi oyoqning tayyorlanish harakatida uning dastlabki holati tana 
uzunligini davom ettirgancha to`g’ri turadi. Harakatini boshlaganida tizza va 
chanoq-son bo`g’imlaridan bukib oldinga tomon harakat oladi. Tana bilan son, son 
bilan boldir oralig’idagi burchaklar 110-120° ga yetganida, panjalar yuqori boldir 
tomonga qattiq tortilganida tayyorlanish harakati tugaydi. 
Yuqoridagi oyoqning ishchi harakati tayyorlanish harakati tugagan vaqtdan 
boshlanadi. Ya`ni oyoq butun bo`g’imlaridan qattiq va tez harakat bilan yoziladi. 
Panja esa oyoq yozilish oxirida oldinga bukilib (oldingi holatidan yozilib), suvni 
zarb bilan itaradi va dastlabki holatini oladi. Shu paytda sirg’anish yuz beradi. 
Pastki oyoqning tayyorlanish harakatida uning dastlabki holati yuqori 
oyoqnikiga o`xshab turadi, ya`ni ular bir-biriga birikib parallel turadi. Harakat 
boshlanganida uchala bo`g’imidan bukilib orqaga harakat oladi. Shuning uchun 
chanoq-son bo`g’imidagi bukilish burchagi juda kam bo`ladi. Harakat davom etib 
borib, sonning orqaga bukilib borishi taxminan 165-175°ga, son bilan boldir 
orasidagi burchak 85-90° ga etganida tayyorlanish harakati tugaydi. Oyoq shu 
paytda eng oxirgi erkin nuqtasiga etib kelgan, panja esa xiyol ichki tomonga 
burilgan holda yozilgan bo`ladi. 
Pastki oyoqning ishchi harakati hozir aytib o`tgan tayyorlanish harakati 
tugagan vaqtdan boshlanadi. Ya`ni oyoq chanoq-son va tizza bo`g’imidan qattiq 
kuch bilan tez yoziladi, panja usti bilan suvni orqaga zarb bilan itaradi. Shunday 
harakatida pastki oyoq yoy hosil qilib harakatlangan bo`ladi. Tana olg’a sirg’anadi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling