B ibragimov, M. Ibragimov
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo`llar harakati.
Yonboshlab suzish
Yonboshlab suzish nomidan ham tushunib turibmizki, chalqancha yotib emas, ko`krak bilan ham yotib emas, balki yonga yotib suzishdir. Bu suzish usulining amaliy ahamiyati shundaki, bir qo`l istalgan vaqtda bo`sh bo`lishi, biror narsa - buyumni ushlay olishi mumkin. Shuning uchun ham yonboshlab suzish usulini harbiy xizmatchilarga o`rgatish ular faoliyatida juda qo`l keladi. Masalan, suv tegishi mumkin bo`lmagan asbob-uskunalar, qurol-aslahalar, o`q-dorilarni daryoning bir sohilidan ikkinchisiga olib o`tishda xuddi shu suzish usuli qo`llaniladi. Hatto, bolalar ham cho`milayotganlarida kiyimlarini bir qo`llarida tutib, yonboshlab suzgan holda suvning bu betidan u betiga olib o`tadilar. Biz mazkur usulda suzishni ta`riflaganimizda bir qo`llab suzishni emas, balki ikki qo`ylab suzishni va bunda oyoqlar harakatini, nafas olishni o`rgatishni lozim topdik. Qo`llar harakati. Yonboshlab suzishda qo`llar harakati hech qachon bir- biriga mos kelmaydi - biri bir xil harakat qilganida ikkinchisi ikkinchi xil harakatni bajaradi. Shu sababli ham bunda bir qo`l tayyorlanish harakatini boshlaganda, ikkinchi qo`l ishchi harakatni boshlaydi va h. k. Yuqoridagi qo`lning tayyorlanish harakatini tasvirlaydigan bo`lsak, bunda uning dastlabki holati suvda, ya`ni tanadan songacha uzatilgan holatda bo`ladi. Tayyorlanish harakati esa quyidagicha kechadi: suvdan oldin yelka, bilak va keyin panja tirsakdan bukilgan holda chiqadi. So`ng qo`l tirsakdan yozilgan holda oldin panja, keyin bilak yelkadan oshib o`tarkan, to`g’rilanadi va oldinga iloji boricha uzatiladi. Shunday uzatiladiki, butun panja uchi, bilak, yelka kamari tana bilan oyoqlarning gorizontal holatiga to`ppa-to`g’ri bo`lib qoladi. Shundan keyin shu qo`l suvga botib borarkan, tirsakdan sal bukiladi. Qo`l holati bilan suv sathi oralig’ida taxminan 45° burchak hosil bo`lganida tayyorlanish harakati tugaydi. 116 Yuqoridagi qo`lning ishchi harakati boshlanish oldida hozir aytib o`tganimizdek, qo`l tanaga nisbatan perpendikulyar holatda turgan bo`ladi. Endi u tana bo`ylab oldindan orqaga harakat qilib ish bajarishi, ya`ni eshish harakatiga o`tishi lozim. Eshishning birinchi yarmidayoq tirsak burchagi sal yozilib taxminan 90° atrofida bo`ladi. Songa yaqinlashib qolganida esa u tamoman yozilib to`g’rilanib oladi. Binobarin, qo`l chanoq yonidan o`tayotganida bu bosqich ham tugaydi, demak, eshish harakati - ish bajarish oxiriga yetadi. Endi u tayyorlanish harakatiga ko`chadi va h. k. Pastki qo`lning ishchi harakatida uning dastlabki holati suv ostida to`g’ri uzatilgan vaziyatda, kaft eshishga tayyorlanayotganday pastga qaragan bo`ladi. U harakatni, odatda, pastga-orqaga eshish bilan boshlaydi. Qo`l pastga harakat boshlaganida tirsakdan sal bukiladi. Ishchi harakatning o`rtalariga yetganida tirsak burchagi taxminan 100° atrofida bo`ladi. Qo`l yoy hosil qilib bo`lganida uning ishchi harakati tugagan bo`ladi. Pastki qo`lning tayyorlanish harakatini mutaxassislar odatda ikki qismga bo`ladilar: qo`lning tanaga tomon harakati va oldinga tomon harakati. Qo`l tanaga tomon harakati boshlanganida u tirsak bo`g’imidan bukiladi, yelka tanaga olib kelinadi. Qo`l tirsakdan taxminan 40° atrofida bukilib, kaft tanaga qaragan paytda pastki qo`lning tayyorlanish harakatining birinchi qismi tugaydi. Keyin qo`l yozilarkan, oldinga uzatiladi va kaft pastga qaratiladi. Shu bilan uning ikkinchi qismi ham tugaydi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling