B ibragimov, M. Ibragimov
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК
Oyoqlar harakati. Del’fincha suzishning o`ziga xos tomoni oyoqlarning bir
vaqtda yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga to`xtovsiz harakat qilishi va tananing faol ishtirok etishidir. Tayyorlanish harakati oyoqlarni paydan yuqoriga harakatlantirish bilan boshlanadi. Buning uchun: oyoqlar eng pastki nuqtaga tushirilgan, tizzadan xiyol bukilgan, panja ichkariga qaragan bo`lishi kerak. Chanoq-son bo`g’imi tanaga nisbatan taxminan 155° burchak ostida bukilgan (son-qorin burchagi). Tana ustki qismigacha suvga botib turadi. Harakat oyoqlarni cho`zib yuborib, chanoq-son bo`g’imidan yozgan holda belni xiyol bukishdan boshlanadi. Oyoqlar to gorizontal holatga kelgunicha to`g’ri uzatgan vaziyatda yuqoriga harakatlanadi, so`ng tizza bo`g’imida taxminan 130° burchak ostida bukiladi. Bu paytda panjani ichkariga qaratiladi, tizzalar esa bir-biridan 15-20sm atrofida ajralib turadi. Shundan keyin ishchi harakat boshlanadi - yuqoridan pastga, ya`ni oyoqlarni tizza va boldir-panja bo`g’imlaridan yoza boshlanadi va shu paytning’ o`zida chanoq-son bo`g’imidan hamda beldan yuqoriga bukishga o`tiladi. So`ng boldir va panjalar zudlik bilan pastga harakat qiladi, bel va chanoq suv yuziga yaqinlasha boshlaydi. Qachonki, oyoqlar tizaa bo`g’imidan butunlay yozib yuborilganda ishchi harakat tugagan hisoblanadi. Har qanday sportcha suzishda harakatlarning bir-biriga uyg’unlashuvi, monand kelishi shart bo`lganidek, del’fincha suzish usulida ham oyoq-qo`llar harakati va ularga monand tana harakati masofaning oxirigacha bir-biriga mos 111 kelishi, bir-birini quvvatlab borishi shart. Buning uchun qo`llar oldinga cho`zilib suza boshlaganda bosh suvga botib turishi, oyoqlar yuqoridan pastga birinchi zarb bilan depsinishi va bu qo`llar suzishni tamomlayotganda tugallanishi kerak. So`ng qo`llar eshishning tayanch qismi bilan asosiy qismining uchdan birini bajarayotganida eng yuqori holatni olishi lozim. Qo`llar eshish asosiy qismining qolgan uchdan ikki qismini bajarayotganida oyoqlar bilan ikkinchi zarb beriladi. Qo`llar chanoq ro`parasidan o`tayotgan paytda esa oyoqlar bilan zarb berish tugallanadi. Qo`llar suvdan ko`tarilib, suv ustidan o`tayotgan va oyoqlar suvga kirayotgan paytda ikkinchi marta eng yuqori holatga o`tiladi. Shu bilan bir sikl tugagan bo`ladi (1 min da 54-64 sikl bajarish mumkin). Mana, nima uchun del’fincha suzishning bu usulini ikki zarbli del’fincha suzish deyiladi. Bunda qo`llar bilan zo`r berib eshish ularni tirsak bo`g’imidan chaqqonlik bilan bukish, yozish va burishlar bilan amalga oshiriladi. Bularning hammasi qo`llar, yelka kamari va tana mushaklari yordamida bajariladi. Suvni zarb bilan panjalar yordamida tepish, qo`llar yordamida suvni orqaga itarish bilan gavdani oldinga itqitish, nihoyatda bir-biriga monand tushishi kerak. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling