B ibragimov, M. Ibragimov


II. Мusobaqaning maqsad va vazifalari


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

II. Мusobaqaning maqsad va vazifalari 
4. Мusobaqaning maqsadi sportchilarni kurash sport turiga jalb qilish 
natijasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish, kurash sport turini aholi o`rtasida 
ommalashtirish va uni yanada rivojlantirish, musobaqalarni o`tkazish orqali 
iqtidorli sportchilarni saralab olib, milliy terma jamoa tarkibiga kiritishdan 
iboratdir. 
5. Мusobaqalarning vazifasi Respublika hududlari va sport tashkilotlarida 
turli yosh toifalarida kurash sport turi bo`yicha sportchilarning tayyorgarlik 


81 
darajasini aniqlash va ularni saralab olish, O`zbekiston milliy terma jamoalari 
tarkibini shakllantirish, shuningdek kurash sport turi bo`yicha kuchli sportchilarni 
aniqlash, trener va hakamlarning malakasini oshirish, o`tkaziladigan musobaqalar 
natijalarini tahlil qilish orqali kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat.
III. Мusobaqani o`tkazishga rahbarlik 
6. Мusobaqalarni o`tkazishga umumiy rahbarlik vazirlik tomonidan hamda 
bevosita rahbarlik qilish O`zbekiston kurash federatsiyasi (bundan buyon matnda 
federatsiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. 
7. Мusobaqani o`tkazishda hakamlar hay`ati tarkibi federatsiya tomonidan 
vazirlikka taqdim qilinadi. Hakamlar hay`ati tarkibi O`zbekiston Respublikasi 
jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug`I bilan tasdiqlanadi. 
8. Мusobaqalarni adolatli va shaffof holda o`tkazilishi hakamlar hay`ati 
zimmasiga yuklatiladi.
9. Мusobaqada ishtirok etuvchilarning hujjatlarini qabul qilish va 
rasmiylashtirish federatsiya (uyushma)lar tomonidan amalga oshiriladi.
IV. Мusobaqani o`tkazish joyi va muddati 
10. Мusobaqalar Respublika hududida amaldagi Xalqaro federatsiya 
qoidalari asosida o`tkaziladi. 
11. Vazirlikning 2020 yil uchun sport va ommaviy jismoniy tarbiya 
tadbirlari kalendar rejasiga asosan sportning kurash turi bo`yicha musobaqalar 
ro`yxati mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq, sportning kurash turi bo`yicha 
o`tkaziladigan musobaqalar Nizomning 2-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Маndat kommissiyasining ish vaqti, sanasi hamda joyi musobaqa 
dasturida ko`rsatib o`tiladi.

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling