81
darajasini aniqlash va ularni saralab olish, O`zbekiston milliy terma jamoalari
tarkibini shakllantirish, shuningdek kurash sport turi bo`yicha kuchli sportchilarni
aniqlash, trener va hakamlarning
malakasini oshirish, o`tkaziladigan musobaqalar
natijalarini tahlil qilish orqali kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat.
III. Мusobaqani o`tkazishga rahbarlik
6. Мusobaqalarni o`tkazishga umumiy rahbarlik vazirlik tomonidan hamda
bevosita rahbarlik qilish O`zbekiston kurash federatsiyasi (bundan
buyon matnda
federatsiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
7. Мusobaqani o`tkazishda hakamlar hay`ati tarkibi federatsiya tomonidan
vazirlikka taqdim qilinadi. Hakamlar hay`ati tarkibi O`zbekiston Respublikasi
jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug`I bilan tasdiqlanadi.
8. Мusobaqalarni adolatli va shaffof holda o`tkazilishi hakamlar hay`ati
zimmasiga yuklatiladi.
9. Мusobaqada ishtirok etuvchilarning hujjatlarini
qabul qilish va
rasmiylashtirish federatsiya (uyushma)lar tomonidan amalga oshiriladi.
IV. Мusobaqani o`tkazish joyi va muddati
10. Мusobaqalar Respublika hududida amaldagi Xalqaro federatsiya
qoidalari asosida o`tkaziladi.
11. Vazirlikning 2020 yil uchun sport
va ommaviy jismoniy tarbiya
tadbirlari kalendar rejasiga asosan sportning kurash turi bo`yicha musobaqalar
ro`yxati mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq, sportning kurash turi bo`yicha
o`tkaziladigan musobaqalar Nizomning 2-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Маndat kommissiyasining ish vaqti,
sanasi hamda joyi musobaqa
dasturida ko`rsatib o`tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: