Kirish magistrlik dissertatsiyai mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/43
Sana20.12.2022
Hajmi0.73 Mb.
#1040120
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Спорт магистр диссертация Восстановлен




KIRISH 
Magistrlik dissertatsiyai mavzusining asoslanishi va 
uning dolzarbligi 
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardanoq 
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish 
ishlariga katta e’tibor berib kelinmoqda. Barkamol yosh avlodni tarbiyalash davlat 
siyosatining ustvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Bu borada qator
farmon va qarorlar qabul qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “O‘zbekistonda 
jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 2017 yil 3 iyunda qabul qilingan (PQ-3031-sonli) qarorida
“Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ayniqsa yosh avlodning 
jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun zamon 
talablariga mos shart-sharoitlar yaratish sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z 
irodasi kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash mardlik va 
vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish maqsad va 
vazifalar dolzarb etib belgilandi.” 
Bundan tashqari yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini 
tizimli takomillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Yurtimiz vakillarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo 
o‘yinlari va chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari hamda xalqaro 
musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-
e’tibori va sport saloxiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon 
andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va 
talaba yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan iborat “Umid nihollari”, “Barkamol 
avlod” va “Universiyada” sport o‘yinlari ommaviylashib borayotganligi ayniqsa 
e’tiborlidir. 



Shu bilan birga mamlakatning barcha hududlarida ommaviy saortning oila 
hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi 
ekanini targ‘ib tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni 
zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga 
chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish ular orasidan iqtidorli 
sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish 
borasida muhim va dozarb vazifalar turibdi. 
Ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari ahlining keng qatlamlari o‘rtasida 
sog‘lomlashtirish, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport 
musobaqalarini o‘tkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va 
ularni maqsadli tayyorlash vazifalari belgilab olindi. 
Respublikamizning barcha o‘quv yurtlari, ta’lim muassasalarida voleybol 
sport turi dars va darsdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etilib uch 
bosqichli maktab o‘quvchilarining “Umid nihollari” akademik litsey va kasb-
hunar-maktablari, texnikum hamda, BUSMlar, IBUSM va boshqa ta’lim 
yo‘nalishlarida “Barkamol avlod” hamda talaba-yoshlarning “Universiada” sport 
o‘yinlari dasturidan keng o‘rin olib bosqichma-bosqich amalga oshirib 
kelinmoqda. Bu tizimning yaratilishi yoshlarimizning ma’naviy ma’rufiy axloqiy, 
jismoniy sog‘lom va barkamol avlod bo‘lib tarbiyalanishida muxim ahamiyat kasb 
etmoqda. 
Zamonaviy valeybolda samarali o‘yin ko‘rsatish va yuqori natijalarga erishish 
faqat o‘ta shakllangan jismoniy tayyorgarlik evaziga amalga oshiriladi. 
Valeybolchilarning o‘yin samarasini ta’minlovchi maxsus jismoniy sifatlar 
tayyorgarlik davrida barcha bosqichlarda ikki omil bilan belgilanadi: tezkor-
kuchlilik 
tayyorgarligi 
va 
tayyorgarlikning 
aralash 
omili. 
Jismoniy 
tayyorgarlikning aosiy maqsadi sportchini har tomonlama rivojlantirish, uning 
funksional imkoniyatlarini oshirish va salomatligini mustahkamlashdir. 
Valeybolda jismoniy tayyorgarlikning aniq bo‘limlari quyidagi vazifalarni hal 
etishga qaratilgan. 



1. Organizmni funksional tayyorgarlik darajasining safarbarlik darajasini 
oshirish. 
2. O‘yin faoliyati samaradorligini ta’minlab beradigan jismoniy sifatlar 
fazilatlar (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik) bilan bevosita 
bog‘langan jismoniy qobilyatlar sakrovchanlik sport tezkorligi va irg‘ituvchanlik 
harakatning quvvati, o‘yin chaqqonligi o‘yin chidamliligi va atletik tayyorgarlik 
darajasini oshirish. 
Umuman olganda jismoniy tayyorgarlik jarayoni sportchining organizmida 
voleybol o‘yniga xos bo‘lgan katta jismoniy yuklamalar ta’sirida ko‘nikish hosil 
qilib borish kerak. Unda funksional va atletik tayyorgarlikning asosiy vositalari 
jismoniy mashqlar hisoblanadi. Ular o‘zining asosiy yo‘nalishiga ko‘ra quyidagi
guruhlarga bo‘linadi. 
a) Organizm ichki a’zolarining funksional imkoniyatlarini oshirishga 
qaratilgan mashqlar. 
b) Kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik kabi jismoniy 
fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar. 
Voleybolda jismoniy tayyorgarlik xarakterli kompleksi bo‘lganligi uchun 
ham mashg‘ulotlar jarayonida turli usullar va tashkiliy-uslubiy shakllaridan ya’ni: 
1. “Aylanma mashg‘ulotlar” variantlari. 
2. “Qo‘shimcha ta’sir” usullaridan va asosida jismoniy tayyorgarlik-ning 
(texnika-taktika bilan bevosita chambarchas bog‘langan) boshqa turlari bilan 
birgalikda foydalanishga qaratilgan. 
Ushbu mavzuni amalga oshirishda yetakchi olimlarimizdan T.S. 
Usmonxo‘jaev, P.Xo‘jaev, Nasriddinov, L.R.Ayrapetyans, A.A.Po‘latov, 
Ummatov, Sh.X.Isroilov, M.A.Qurbonova, M.A.Qodirova, M.U.Kursimova, 
R.X.To‘laganov, M.M.Raximov, J.Toshpo‘latov, U.I.Ibragimov, Ye.Ch.Donieva,
O.J.Begimqulov, I.A.Daminov, .T.Hasanov, A.Ustoev, P.To‘raev, M.Usmonov, 
X.K.Berdieva va juda ko‘plab yosh iqtidorli o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchi-
yoshlarimiz o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. 



O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya 
va sport ham tamomila yangicha maqom yo‘nalishida shakllanib, yuksak cho‘qqi 
sari qanot yozmoqda. Darhaqiqat Mamlakatimiz rahbari Sh.Mirzaevning 
tashabbuslari va bevosita rahbarligi ostida jismoniy tarbiya va sportni keng 
ommaviylashtirish va rivojlantirish orqali sog‘lom barkamol avlodni tarbiyalash 
vositasi sifatida siyosatning ustvor yo‘nalishlari doirasidan joy oldi 
Hamdo‘stlik davlatlari ichida mamlakatimizda birinchi bo‘lib “Jismoniy 
tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonun (1992, 2002, 2015) qabul qilindi. 
Ushbu konsaitual hujjatlar jismoniy tarbiya va sport sohasida ulkan 
islohotlar, beqiyos bunyodkorliu ishlarini amalga oshirish imkoniyatini yaratdi. 
So‘nggi yillar ichida yurtimiz hududlarida, hatto uzoq qishloq va tumanlarda ham 
ko‘pdan ko‘p zamonaviy sport inshootlari barpo etildi va ayni kunda ular
farzandlarimiz, xalqimiz xizmatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 
Kundan-kunga jismoniy tarbiya va sport jumladan milliy sport turlari va 
milliy, harakatli o‘yinlar milliy qadriyatlar sifatida, ayniqsa o‘quvchi-yoshlarning
kundalik hayotiy ehtiyojiga aylanib bormoqda. 
Yosh voleybolchilarning jismoniy va texnik mahoratlarini tarbiyalashda 
harakatli va milliy xalq o‘yinlaridan o‘quv hamda to‘garak mashg‘ulotlarida 
foydalanish samaradorligi past darajada desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
O‘smir yosh voleybolchilarni umumta’lim maktablarida dars va darsdan 
tashqari to‘garak mashg‘ulotlarda qo‘llash zarur deb o‘ylaymiz. Harakatli va milliy 
o‘yinlarni BUSMning boshlang‘ich tayyorlov guruhlarida ham foydalansa 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
O‘smir voleybolchilarning harakatli va milliy o‘yinlar orqali o‘yin usullarini 
rivojlantirish va ularning jismoniy qobiliyatlarini tarbiyalash xorijiy hamda
mahalliy olimlarimiz o‘zlarining ilmiy tadqiqotlarida isbotlab berishgan o‘smir 
voleybolchilarni jalb etishda asosan harakatli o‘yinlar, o‘yinli mashqlar orqali hal 
etish mumkin, ularning mazmuni birinchi navbatda koordinatsion qobiliyatlarning 
makonda mo‘ljal olish vaziyatlarga reaksiya qilish va harakatlarda payti kelganda 
o‘zgartirish, qayta qurish tezkorligi hamda aniqligi harakatlarning fazoviy, ritmni 



his qilishni shakllantirish va rivojlantirishga maqsadli ta’sir ko‘rsatish imkonini 
beradi.
Bir qator mualliflar tomonidan aniqlanganki boshlang‘ich sinflarda darslarga 
25-30% hajmda maxsus yo‘naltirilgan harakatli – o‘yinlardan foydalanish turli xil 
jismoniy qobiliyatlarning rivojlanishi suratlarini 8-30% oshirishga muvaffaq 
bo‘ladi. 
Boshqa tadqiqotlar harakatli o‘rinlarning bolalar va yosh voleybolchilarning 
psixomotor qobiliyatlariga ijobiy ta’sir qilishni aniqlaganlar. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling