Kirish magistrlik dissertatsiyai mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Спорт магистр диссертация Восстановлен
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Jismoniy va texnik tayyorgarlik ish qobiliyatini rivojlantirishning asosiy vositasi sifatida
11 I BOB. UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA VOLEYBOLCHILARNING UMUMIY VA MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI 1.1. Jismoniy va texnik tayyorgarlik ish qobiliyatini rivojlantirishning asosiy vositasi sifatida Zamonaviy voleybol musobaqalariga xos yuklamalarni „yengish” va keskin raqobat ostida o’tadigan o’yinlarda foydali natijaga erishish o’quvchilarning jismoniy va funksional imkoniyatlari bilan belgilanadi. Demak, bugungi voleybolchi yuksak jismoniy, funksional, texnik-taktik va psixologik tayyorgarlik qobiliyatlariga ega bo’lishi lozim. 1 O’quvchinig ish qobiliyati mashg’ulot va musobaqalar davomida shakllanib boradi. Ammo, meyordan ortiq katta xajmli hamda o’ta shiddatli mashg’ulot va musobaqa yuklamalari o’quvchilar organizmiga salbiy tasir ko’rsatish natijasida funksional organlarda toliqish alomatlari kuchayadi, ayrim hollarda zo’riqish asoratlari yuzaga keladi. Bunday holatlarda texnik-taktik mahorat zaiflashadi, o’yinda rejalashtirilgan natijalar amalga oshmaydi. Ko’p yillik sport jarayonida malakali o’quvchilarni tayyorlash va ularning qobiliyatlarini shakllantirish samaradorligi dastlabki o’rgatish bosqichini qanday tashkil qilinishiga va shu bosqichni qanchalik rejali amalga oshirilishiga bog’liqdir. Sport zaxiralarini tayyorlash amaliyotida shunday vaziyatlar ustunligi kuzatiladiki, yosh o’quvchilar bilan mashg’ulotlar olib boruvchi ayrim trenerlar dastlabki o’rgatish bosqichiga jiddiy etibor qaratishmaydi. Ular qisqa muddat ichida malakali o’quvchi tayyorlash niyatida, o’rgatuvchi va takomillashtiruvchi (trenirovka) mashqlarni qo’llash chastotasi va shiddatini oshiradilar hamda bolalarning jismoniy va funksional imkoniyatlarini ko’pincha etiborga olmaydilar. Natijada xajm va shiddat ko’rsatkichlarni me’yoridan orttirilgan mashg’ulot (mashqlar) yuklamalari shug’ullanuvchi bolalar organizmida salbiy funksional o’zgarishlarga olib keladi, ichki organlar (yurak-qon tomir tizimi, 1 A.A.Po’latov, M.A.Qodirova. Sport pedagogik maxoratini oshirish(voleybol).0’quv qo’llanma T.;-2018 12 o’pka, buyrak, jigar va hokazo) faoliyatida zo’riqish va o’ta charchash alomotlari vujudga keladi. Boz ustiga na trenerlar amaliyotida, na BO’SMlarda mo’ljallangan dasturlarda mashg’ulotlar yuklamalaridan so’ng, bolalar organizmining funksional holatini tiklovchi, ish qobiliyatini kuchaytiruvchi mashqlar yoki boshqa tadbirlar (sauna, massaj, autotrening, vitaminoterapiya va hokazo) e’tiborga olinmagan. Ish qobiliyatini shakllantiruvchi, tiklovchi va kuchaytiruvchi maxsus mikromashg’ulotlar o’quv-trenirovka va sport takomillashuvi guruhlashga mo’ljallangan dasturlarda ham qayd etilmagan. Takidlash joizki, ushbu dasturlarda tayyorgarlikning shakllanishi dinamikasi nazorat qilish tadbirlari uchun ham alohida soatlar ajratilmagan. 1.1-jadval Voleybol bo’yicha dastlabki tayyorgarlik guruhiga mo’ljallangan o’quv- dasturi (Yu.D. Jeleznyak bo’yicha) Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling