Kirish magistrlik dissertatsiyai mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
II BOB. YOSH VOLEYBOLCHILARNING MAXSUS JISMONIY
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Спорт магистр диссертация Восстановлен
II BOB.
YOSH VOLEYBOLCHILARNING MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIGINI HARAKATLI VA MILLIY O‘YINLAR VOSITASIDA RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI 2.1. Yosh voleybolchilarning umumiy va maxsus jismoniy ko‘rsatkichlari holati Yosh voleybolchilarning kelajakda yuqori natijalarga erishishlarida ulaning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi muxim ahamiyat kasb etadi. Yosh voleybolchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligida qo‘llanilayotgan vosita va usullarning ta’sirini aniqlash maqsadida ular o‘rtasida test sinovlari o‘tkazildi. 0‘tkazilgan test sinovlari natijalari quydagi jadvallarda keltirilgan. Boshlang‘ich o‘rgatish bosqichida 11-12 Yoshli voleybolchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish uchun qo‘llanilgan umumiy va mahsus jismoniy mashqlarning samaradorligini 1-4 jadvallarda ko‘rishimiz mumkin. Shug‘ullanuvchilarning tezkorlik sifatlarini rivojlanganligini tekshirish maqsadida 30 metr masofaga yugurish bo‘yicha o‘tkazilgan test natijalari tajriba guruhida tadqiqotdan oldin o‘rtacha 5.7 sekund, tadqiqotdan so‘ng 5.2 sekund natijani ko‘rsatgan. Nazorat guruhida bo‘lsa tadqiqotdan oldin o‘rtacha 5.6 sekundni ko‘rsatgan tadqiqot ohida bo‘lsa 5.4 sekund natijani ko‘rishimiz mumkin. Demak bu Egiluvchanlik mushak va to'qimalaming elastikligiga bog'liq bo'ladi. Mushaklarning elastiklik xususiyatlari ko'p darajada markaziy nerv tizimining ta'sirida o'zgarishi mumkin. Egiluvchanlikning namoyon bo'lishi muhitning tashqi haroratiga ham bog'liq bo'ladi. Egiluvchanlik charchash ta'sirida sezilarli o'zgaradi, jumladan, faol egiluvchanlik ko'rsatkichlari kamayadi, sust egiluvchanlik ko'rsatkichlari ortib boradi. Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun harakat amplitudasi oshirilgan (cho'ziluvchanlikni oshiradigan) mashqlardan foydalaniladi. Harakatlarda biror bo'g'indagi harakatchanlikning ortishi shu bo'g'indan o'tadigan 49 mushaklarning qisqarishi hisobiga ro'y beradi. Harakatlar bajarilish xarakteriga ko'ra bir-birlaridan farq qiladi: bir fazali mashqlar va prujinasimon mashqlar; silkinish va ma'lum holatlarni qayd qilib turish; og'irliklar bilan mashqlar. Cho'ziluvchanlikni oshiradigan mashqlarni seriyalar bilan har birini bir necha marta takrorlab bajarish tavsiya etiladi. Bunda seriyadan seriyaga o'tgan sari harakat amplitudasi orttirib boriladi. Har bir mashg'ulotda cho'ziluvchanlik mashqlarini sal-pal og'riq paydo bo'lguncha bajarish lozim. Egiluvchanlik mashqlari mustaqil bajarish uchun topshiriq -sifatida berilishi mumkin. Egiluvchanlik mashqlari tayyorgarlik qismida, asosiy qismning oxirida va boshqa mashqlar oralig'ida bajariladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling