Kirish magistrlik dissertatsiyai mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/43
Sana20.12.2022
Hajmi0.73 Mb.
#1040120
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
Bog'liq
Спорт магистр диссертация Восстановлен

Tadqiqot vazifalari 
Joriy tadqiqotlar va pedagogik tajriba quyidagi vazifalar asosida amalga 
oshirildi: 

Yosh voleybolchilarni tayyorlashda qo’llaniladigan maxsus o’yinlarni 
turlarga ajratish. 

Yosh voleybolchilar jismoniy tayyorgarliklari darajasiga maxsus 
o’yinlar ta’sirini, uning xususiyatlarini aniqlash. 

Yosh voleybolchilarni jismoniy tayyorlashda maxsus o’yinlardan 
foydalanish samarasini aniqlash. 

Dastlabki sport tayyorgarligi davrida yosh voleybolchilarni mashq 
bajarishda, maxsus mashqlardan foydalanishni ishlab chiqish va tajribalar bilan 
asoslab berish. 

Yosh voleybolchilarda harakatlanish tezligi va to’p uzatish aniqligini 
maxsus o’yin mashqlari yordamida shakllantirish samaradorligini o’rganish. 
Joriy tadqiqot va pedagogik tajriba natijalari, xulosa va amaliy tavsiyalar, 
voleybolga xos tezkorlik va to’p uzatish aniqligini shakllantirishga 
moslashtirilib ishlab chiqilgan maxsus o’yinlarni yosh voleybolchilar 
tayyorlash amaliyotiga joriy etish foydali natija beradi. 
Ushbu maxsus o’yinlar birinchidan shug’ullanuvchilarda katta qiziqish 
uyg’otadi, ularni kayfiyatini ko’taradi va faollashtirib borsa, ikkinchidan 
voleybolga xos tezkorlikni ham, to’p uzatish aniqligini ham jadal shakllanishiga 
olib keladi. Ammo, meyordan ortiq-katta xajmli hamda o’ta shiddatli 
mashg’ulot va musobaqa yuklamalari o’quvchilar organizmiga salbiy tasir 


69 
ko’rsatish natijasida funksional organlarda toliqish alomatlari kuchayadi, ayrim 
hollarda zo’riqish asoratlari yuzaga keladi. 
I. Maxsus adabiyotlarni o’rganib chiqish voleybolda, boshlang’ich 
tayyorgarlik davrida, yosh voleybolchilarni tayyorlashda ba’zi jihatlari 
etarlicha ishlab chiqilmaganligini ko’rsatadi. 
Maxsus 
tanlab 
olingan maxsus 
o’yinlar 
yosh 
voleybolchilarni
tayyorlashda, bolalarning individual xususiyatlarini o’rganishning eng qulay 
shakli hisoblanadi, chunki o’yin iste’dodi tuzilishini tashkil etadigan birliklarda 
turli xususiyatlari va sifatlarini namoyon etishga yordam beradi. Afsuski, 
voleybolchilarni tayyorlashda, maxsus o’yinlardan foydalanish masalasi 
adabiyotlarda faqatgina tavsiyalar kurinishida bayon etiladi yoki mantiqiy 
yakuniga ega bo‘lmagan alohida tadqiqotlar natijasi yoritib beriladi. 
II. Zamonaviy valeybolda sakrab ijro etiladigan o’yin malakalarining 
samaradorligi sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi bilan bevosita bog’liq. 
Binobarin, yuqori mahoratli valeybolchilami tayyorlash jarayonida jismoniy 
sifatlarni, maxsus chidamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish 
muhim ahamyat kasb etadi. 
Valeybol sport turi bilan shug‘ullanish chidam va irodani, sabr-toqatni 
tarbiyalash, Ma‘naviy sifatlardan ayniqsa qat‘iyatlilik, maqsadga intilishlilik, 
samimiylik, odillik, o‘zaro yordam kabi fazillatlarni shakllantiradi. Bundan 
tashqari yurak-qon tomir, nafas olish, suyak-muskul va boshqa ta’na 
a’zolarining sog’lom bo’lishiga, Bo’yning o’sishiga, oshqozon-ichak 
a’zolarining faoliyatining yaxshilanishiga asab tizimining ham ijobiy 
o’zgarishiga aqliy salohiyatining o’sishiga yordam beradi. 
O’quvchi yoshlarning jismoniy sifatlarining rivojlanishiga jismoniy, 
ma’naviy, irodaviy, ruhiy, texnik va taktik, nazariy hamda amaliy 
tayyorgarliklarining yanada shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling