Mavzu: Inson organizmiga salbiy tasir etuvchi odat(lar). Reja
Download 68.76 Kb.
|
Zararli odatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakka tartibdagi va ommoviy salomatlik.
Mavzu: Inson organizmiga salbiy tasir etuvchi odat(lar). REJA: Sog‘lom ehtiyojlar va salomatlikka nisbatan ehtiyoj. Yakka tartibdagi (individual) va ommaviy salomatlik. His-hayajon, siqilish, tanglik omillari. Salomatlikni baxolashga turli yondoshuvlar va salomatlikka oid fazilatlarni shakllantirish. Giyoxvand moddalarning asosiy guruxlari. Giyoxvand moddalarning kelib chiqish tarixi va turli mamlakatlarda tarqalishi. Giyoxvand moddalardan tibbiy maqsadda foydalanish. Giyoxvand moddalarning tarkibi, tayyorlash usullari. Giyoxvand moddalarning turlari va ularning inson organizmiga ta’siri. Sog‘lom extiyojlar va salomatlikka nisbatan extiyoj. Yakka tartibdagi (individual) va ommaviy salomatlik. Xis-xayajon, siqilish, tanglik omillari. Salomatlikni baxolashga turli yondoshuvlar va salomatlikka oid fazilatlarni shakllantirish. Insonning sog‘lom ehtiyojlari amalda uning hayotiy faoliyatining barcha sohalari bilan bog‘liq. Ularning istalgan biridagi o‘zgarishlar bevosita yoki vositali xolda sog‘liqning psixosomatik darajasiga chiqadi. U insonning jismoniy, psixik va aqliy qobiliyatining yuqori salohiyatini belgilab beradi va uning to‘laqonli yashashining garovi bo‘lib xizmat qiladi. Axolining salomatligi jamiyatning iqtisodiy rivojlanishining dinamikasiga ulkan ta’sir ko‘rsatadi, hamda uning ijtimoiy-yetik yetukligining o‘lchovi bo‘ladi. O‘z salomatligiga e’tibor berish, uning buzilishlarining individual profilak-tikasini ta’minlay olish, sog‘lom turmush tarzi kishining jamiyatdagi o‘z tutgan o‘rni hamda o‘zi va yaqinlarining oldidagi mas’uliyatini anglashining ko‘rsatkichlari bo‘ladi.Shunday qilib, sog‘liq – bu absolyut va boqiy qadriyat bo‘lib, butun insoniyat qadriyatlarining ierarxik zinapoyasida eng yuqori pog‘onalardan birini egallaydi. Yakka tartibdagi va ommoviy salomatlik. Ommoviy salomatlik - inson salomatligini mustahkamlash, turli kasalliklarning oldini olish va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf qilishni anglatadi. Ijtimoiy profilaktikaning zamonaviy tushunchasi inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, uni jismoniy va ruhiy quvvatini har taraflama rivojlantirishni o‘ziga maqsad qilib olgan davlat, jamoat va tibbiy tadbirlarning kompleks tizimini o‘z ichiga oladi. Axolini ommoviy salomatligini asrash va mustahkamlash rivojlanayotgan davlat sharoitida alohida ijtimoiy mazmun kasb etadi va quyidagi vazifalarni hal etishni talab etadi: - axoli madaniyati va hayot darajasini muntazam oshirish; - tabiy muhitning inson hayoti uchun qulay parametrlarini asrash; - ishlab chiqarish va turmush uchun optimal sharoitlarni yaratish; - har bir insonni, uning ilk bolalik chog‘idan boshlab, jisoniy va ruhiy rivojlantirish; - sog‘lom hayot tarzi, mehnat va dam olishning ratsional rejimini shakllantirish; - axolining turli qatlamlari hususiyatlarini e’tiborga olib har tomonlama gigiyenik tarbiyalash; - axoli salomatligini umum dispanserizatsiya asosida dinamik kuzatish tizimini tadbiq yetish. Ommaviy salomatligi ahvolini kuzatish quyidagilarni ko‘rsatdi: - axolining 16-20% salomatligi darajasi qoniqarli; - axolining 32-44% salomatligi darajasi qoniqarsiz; - axolining 10-34% turli kasalliklarga chalingan yoki kasallik oldi xolatida. Salomatlik darajasi qoniqarsiz xolatda fiziologik tizimning elementlari o‘rtasida kelishmovchiliklar ro‘y beradi, organlar o‘z vazifalarini yaxshi bajarmaydilar, natijada, charchash va xoldan toyish kuzatiladi. Shuning uchun tibbiyotning zamonaviy bosqichida asosiy e’tibor profilaktikaga qaratilgan. Ijtimoiy profilaktika masalalarini hal etish maqsadida «Axoli salomatligini mustahkamlash va kasalliklar profilak-tikasini kuchaytirish ishlarining kompleks dasturi» ishlab chiqildi va uning davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan bajarilishi masalalari hal etildi. Profilaktik yo‘nalish taraqqiyotining asosiy bosqichlari ko‘rsatib berilgan. Hulosa qilib aytganda, ijtimoiy profilaktika tibbiyotda keng ishlab chiqilgan, har bir shaxs salomatligining garovi bo‘lgan individual profilaktikaga esa yetarlicha e’tibor berilmayapti. Ijtimoiy profilaktika individual profilaktik tadbirlar uchun sharoit yaratib berishi kerak. Download 68.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling